Fransuz dizaynerlari Filipp Stark (Philippe Starck) va Jerom Olive (Jerome Olivet) gologramma qabul qilish va ovoz orqali boshqarish texnologiyasiga asoslangan kelajak smartfoni konsepsiyasini taklif qilishdi. Smartfon Alo ovoz orqali boshqarish texnologiyalari ustun turadigan zamonlar uchun ishlab chiqilgan.
Uning korpusi qulay tarzda qo’lga sig’adigan uzaytirilgan korpusga ega. Sensor ekrani o’rniga telefon xohishiy video yoki maktublarni 3D-gologramma ko’rinishida ko’rsatib beradi. U to’lig’icha ovoz yordamida boshqariladi. Smartfon Alo barcha funksiyalari uchun ovozli interfeys bilan ta’minlangan bo’ladi. U maktublarni va electron pochtani o’qiydi va hatto uning foydalanuvchisiga smslarni harfma-harf kiritishni emas, matnini aytishni va u yozib olishiga imkon beradi.
Telefonning kamerasi matnlarni o’qishga va yuzlarni tanib olishga imkon beruvchi “ko’z” funksiyasiga ega. Shu bilan birga u, filmlarni va smslarni qarab chiqish uchun 3D-gologrammalarni ko’rsatishi mumkin.
Smartfonning yadrosi alyuminiy qorishmasidan qilingan, javob reaksiyasini issiqlik va vibratsiya yordamida ifodalaydigan, sensor interfeys funksiyasini bajaradigan qulay korpusi mavjud.
Shaffof korpus issiqlik orqali vibratsiyalanadi va smslarni yuboradi. Jarohat olgan vaqtida korpus o’zidan o’zi tiklanadi.
Alo hozirgi smartfonlardan mutlaqo farq qilsada, ovozli boshqarishga bo’lgan yo’nalish “aqlli yordamchilar” Amazon Echo va Google Home kabi zamonaviy mahsulotlarda allaqachon ishlatilib kelinmoqda.
Smartfon Alo ovoz bilan boshqarish shunchalik rivojlangan va boshqa boshqarish uslublari kerak bo’lmaydigan davr uchun yaratilgan.
Hozircha Alo shunchalik konsepsiyadir, ammo dizayner Olive uning prototipi yaratishni rejalashtirmoqda.
"Bu haqiqiy sun’iy intellekt", - deydi Olive. "Biz allaqachon u bilan bog’lanib qolganmiz".
Сообщения из Facebook