Sizni qachondir ilon yoki chayon chaqib olganmi? Ba’zan yovvoyi hayvonlar bilan yuzma-yuz duch kelib qolish hech qanday xatarli oqibatlarsiz o’tadi, lekin bu har doim ham shunday bo’laveradi degani emas. Ayrim hayvonlar odamga juda katta zarar yetkazishlari mumkin. Bu albatta dahshatli va vahshiy ayiq bo’lishi shart emas.
Kichikgina o’rgimchak yoki qurt ayiqdan ko’ra ancha xavfliroq bo’lishi mumkin! Quyidagi siz sayyoramizdagi 25 nafar eng zaharli mavjudotlar to’g’risida bilib olasiz.
25. Meksikalik zahartish
Bu kaltakesakning qoziqtishlari o’z-o’zidan zaharli emas, lekin xavf uning toksik so’lagida yashiringan. Eskorpion (turning boshqacha nomlanishi) o’z qurbonini tishlagan yoki chaynayotgan paytida, uning zaharli so’lagi yaraga kirib qolib raqibi (yoki o’lchasi)ni kurashishning har qanday imkonidan mahrum qiladi. Odamlar uchun unchalik xavfli emas, ammo bu siz bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan juda ham ko’ngilsiz holatdir.
Ayrim jabrlanuvchilarda og’riqdan tashqari shish, lohaslik, bosh aylanishi, yuqori qon bosimi va juda kam hollarda nafas yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.
24. Brazil chopag’on o’rgimchagi
Brazil chopag’on o’rgimchagining zahari shu qadar kuchliki, u xatto ko’p ilonlarning chaqishi bilan raqobatdosh bo’lishi mumkin. Bu mavjudotlarning neyrotoksini bilan zaharlanish alomatlari o’z ichiga og’riq hissiyoti, paralich va ayrim xollarda o’limga olib boruvchi nafas qisib entikib qolishni oladi.
23. Androktonus
Shimoliy Afrikada ro’yhatga olinadigan chayon nishi sababchi bo’lgan o’lim hodisalarining 90% ida aynan mana shu qora dumli bo’g’imoyoq jonivorlar aybdor.
22. Bumslang
Bu ilonning chaqishi uning o’ljasi uchun xaqiqiy dahshatga aylanadi. Bumslang chaqqanda uning qurboni oxir-oqibat azobli ajaldan o’ladi. Bunday azobning sababi – makkorilon zahrining gemotoksik xususiyatlaridir.
21. Laqqa baliq
Laqqa baliq? Rostdanmi deysizmi? Xa, aniqlanishicha, ko’pincha bizning oshxonamizga kelib qoladigan va taom sifatida tanovul qilinadigan laqqasimon baliqlar – anchagina zaharli mavjudotlardir. Masalan, agar sizni beso’naqay laqqa baliq tishlab olsa (akvarium balig’i), siz darhol tibbiy yordamga murochaat qilishingiz kerak.
Bu laqqa baliqning zahri juda og’riqbahsh, hissiyotlar nimasi bilandir asalarining chaqishini eslatadi va laqqa baliq toksinidan odamlar halok bo’lgan xodisalar ham ma’lum.
20. Hindiston krayti
Bu ilonning chaqishi uncha og’riqli ham emas, ammo chaqqanda kurbonning qon aylanish tizimiga kirib qolgan zahar o’ta kuchli neyrotoksin ekanligini namoyon qiladi. Balki bu ko’zga tashlanmas zaharli ilon tomonidan chaqilgan odam tushunmay va xatto sezmay ham qolishingiz mumkindir, ammo bir necha soatdan keyin unda nafas olishingiz bilan jiddiy muammolar boshlanadi. Bu ilon turi Nepalda, Hindistonda , Pokistonda, Afg’onistonda va Shri-Lankada keng tarqalgan.
19. Zanjirli qora ilon yoki Rassela qora iloni
Bu ilonning chaqishi juda xavfli. Zanjirli qora ilon qurbonlarining ko’pchiligi azobli ajal bilan o’ladi va ko’p hollarda ular qatorida odamlar ham bo’ladi. Janubiy Osiyoda bu tur eng havfli ilonlar to’rtligiga kiradi.
18. Jigarrang qirol yoki mulga
Bu ilon atigi bir chaqishining o’zida o’z qurboniga 150 milligramm zaharni yuborishi mumkin. Baxtimizga, jigarrang qirollar faqat Avstraliyada uchraydilar.
17. O’rdakburun
Xa, bu dahshatli ilon emas va qo’rqinchli xasharot ham emas… Oldingizda o’rdak tumshuqli va suvsar dumli yoqimtoygina jonivor turibdi. Uning pixi (orqa oyoqlaridagi shohsimon o’simtasi) igna kabi badaningizga kirib ketsa, xaftalab sizni og’riqdan qiynaydi! Avstraliyalik bu hayvon ilk bor kashf etilib tavsiflanganida yevropalik olimlar o’rdakburun hazil emas, xaqiqiy mavjudot ekanligiga ishona olmaganlar.
16. Ko’zoynakli ilon yoki hind kobrasi
Bu ilonlarning zahri tarkibida asab tizimini ham, qon aylanish tizimini ham batamom ishdan chiqarish xususiyatiga ega moddalar mavjud. Shuning uchun ham bu ilon inson uchun o’ta xavfli sanaladi.
15. Hexathelidae oilasi o’rgimchaklari
Bu o’rgimchaklar turiga mansub bo’lgan ayrimlarining zahri sianiddan 2 barobar kuchliroq! Atigi bir marta chaqish xatto voyaga etgan odamni ham o’ldirishi mumkin. Hexathelidae oilasining eng zaharli vakillari Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu erda ular inson yashash joylari bilan yonma-yon joylashishni yaxshi ko’radilar. Ularni girdobni eslatuvchi to’rsimon uyasidan tanib ajratib olish esa juda oson. Bu qit’ada o’lim xavfini tug’diruvchi zaharli hayvonlar yetarligidan ancha ortiq...
14. So’galchi yoki tosh-baliq
So’galchi dunyodagi eng zaharli baliq xisoblanadi! Dengiz yirtqichi korral riflar tevarak-atroflarida istiqomat qiladi, toshlar tusiga kirib a’lo darajada maskirovka qila oladi, orqasidagi 13 ta tikanaklari esa unga tekkan har qanday kimsaga o’lim olib keluvchi zaharli bezlar bilan jihozlangan. Agar tezkor ravishda shifokorga murojaat qilinsa o’limdan saqlanib qolish mumkin.
13. Arizona zahartishi
Bu kaltakessakning tishlashi ko’pchilik hollarda o’lim bilan tugaydi va boshqa alomatlar bilan birga nafaqat qon bosimining ortishi, balki tizimli qon quyilishi ham kutiladi. Yaxshi hamki, bu hayvon tajovuzkor emas va odam bilan ortiqcha uchrashuvlarni yomon ko’radi.
12. Hindiston qizil chayoni, Hottentotta tamulus turi
Bu chayonning aybi bilan Hindiston va Nepalda ko’p odam olamdan ko’z yumadi, ularning aksariyati esa bolalardir. Uning zahridan o’lish ehtimoli tahminan 40% ga teng.
11. Jigarrang o’rgimchak yoki Loxosceles reclusa
Bu o’rgimchakning zahri tuzukkina zarar yetkazishi mumkin, yosh bolalar uchun esa (7 yoshdan past) u mutlaqo halokatli. Jigarrang o’rgimchakning chaqishidan kelgan zarar arzimasgina bo’lishi bilan birga qurbonning qoniga kiritilgan zaharning miqdoriga qarab jiddiy ham bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgan alomatlari - qoplovchi to’qimalar nevrozi, gangrena alomatlari, ko’ngil aynishi, isitmali qaltiroq, gemoliz va ayrim hollarda xatto ichki a’zolarning ishdan chiqishi.
10. Qora beva
Bu turning nomlanishi o’zi uchun o’zini ta’riflaydi, holbuki u eng xavfli urg’ochi jonivorlardan biridir. Qora bevalar chaqqanda o’z qurbonlariga o’ta og’riqli mushaklar spazmlari, qayt qilish, gipertoniya, nafas qisish va xalokat xavfini tug’diruvchi yana bir qator eng ko’ngilsiz oqibatlarga sabab bo’luvchi o’ta kuchli neyrotoksik moddani kiritadi.
9. Qumli efalar
Bu gazandalar – o’ta xavfli mavjudotlar va ularning aybi bilan Afrika hamda Osiyoda ozmuncha begunoh odamlar nobud bo’lmaydi. Qumli efalarning zahri o’ta kuchli gemolitik ta’sirga ega (eritrotsitlarni parchalaydi).
8. Konuslar
Bu qorin-oyoqli mollyuska chig’anog’ining maftunkor ko’rinishi tufayli aldanib qolmang. Shilliq qurt-konuslar – aslida juda xavfli mavjudotlardir. Xo’sh, bu mollyuskaning zahri qanchalik kuchli ekan, deb so’rash niyatidamisiz? Ulardagi konotoksinining bir tomchisi 20 ta katta odamni o’ldirish uchun kifoya qiladi! Zaharga qarshi dori hali ham mavjud emas, shuning uchun ham ehtiyot bo’ling!
7. Leiurus quinquestriatus turidagi chayon
Bu chayonning zahrida neyrotoksinlarning juda xavfli aralashmasi mavjud, lekin, aksariyat hollarda chaqqanidan so’ng odamlar yashab qoladilar. Ammo o’ta kuchli og’riq va xatto anafilaktik karaxtlikdan qochib qutilishning imkoni bo’lmaydi.
6. Janubiy kalta dumli burozubka
Yer sayyorasida zaharli sut emizuvchilar unchalik ko’p emas va mana bu jonivorcha ulardan biri. Xavfli zaharning manbai shimoliy amerikalik yer o’yuvchining aynan so’lagi, garchi u oddiy sichqonni o’ldirishga qodir bo’lsa ham. Bu yer o’yuvchi burozubkaning tishlashidan halok bo’lish insonga tahlika tug’dirmaydi, ammo uni og’riqsiz ham deb bo’lmaydi.
5. Rombsimon shaqildoq
Bu Shimoliy Amerikaning eng yirik va eng zaharli gazandalaridan bittasi. Uning zahrining 100-150 mg miqdori bir kishini o’ldirish uchun yetarli.
4. Dyubua dengiz iloni yoki Aipysurusduboisii
Oldingizda dunyodagi eng xavfli dengiz iloni va barcha ilonlar ichida zaharliligi bo’yicha uchinchi o’rinni egallab turgan mavjudot. Agar bu mavjudot biror kimsani chaqib olguday bo’lsa, yutinish, nutq va nafas olish bilan bog’liq muammolarga tayyorlansa bo’laveradi…
3. Qirg’oqoldi taypani
Bu dunyodagi ikkinchi o’rinda turadigan eng zaharli ilon. Katta odam u chaqqandan keyin 30 daqiqa ichida o’lib qolishi mumkin. Taypan zahri qonning quyulish xususiyatini ishdan chiqaradi va neyrotoksik ta’sirni o’tkazadi (mushak va nafas paralichi). Bu ro’yxatdagi boshqa hayvonlardan farqli o’laroq qirg’oqoldi taypani ancha tajovuzkor hayvon, shuning uchun ham u bilan uchrashuvdan yaxshilik kutmang...
2. Qanotli baliq
Bu baliqchalar ko’rinishidan u juda chiroyli mavjudot, lekin ularning rang-barang suzgichlari o’zining ichida o’tkir va o’ta zaharli ignalarni saqlaydi. Bu tikanaklarning biri badanga kirib ketsa, isitma ko’tarilishi, konvulsiyalar paydo bo’lishi yoki xatto o’lim bilan tugash xavfini tug’diruvchi paralich ham rivojlanishi mumkin.
Сообщения из Facebook