Mashhur rassom Titsian Xurram sulton suratini chizgani rostmi?
Mashhur rassom Titsian Xurram sulton suratini chizgani rostmi?
Turkiya kino ijodkorlari tomonidan ishlangan mashhur serial orqali tillarga tushgan Xurram sulton aslida qanday tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan? Buni sulton rafiqasining bizning kunga qadar yetib kelgan yagona surati orqali bilish mumkin.

Titsian Xurram sulton suratini chizishga muvaffaq bo‘lgan yagona rassom edi.

Usmonlilar imperiyasida Xurram sulton butun dunyoga mashhur insonlardanbiri edi. Roksolana hayotlik paytlarida shunchalar katta yutuqlarni qo‘lga kiritadiki, tez orada butun dunyo u haqida gapirishni boshlaydi. G‘arb hukmdorlari u bilan uchrashish haqida orzu qilardilar.  Yevropalik diplomatlar Xurram sultonning qabulidan umid qilar, uning o‘zi esa ko‘plab qirolichalar bilan yozishmalar olib borardi. Shu sababli ham Xurram sulton Qayta uyg‘onish davrining eng mashhur rassomlaridan biri Titsian uchun ilhom parisi vazifasini o‘tgani ajablanarli emas. Ayni paytda Titsian tomonidan yaratilgan san’at asari, aniqrog‘i Xurram sultonning portreti AQSHning Florida shtatida saqlab kelinadi. 

Titsian tomonidan chizilgan surat

 

"La Sultana Rossa" portreti 1550 yilda ijod qilingan. Bu paytlarda Xurram sulton 48 yoshda edi. 

Ammo suratdagi ayol tasviriga qarab uning 48 yoshli ayoldan ko‘ra ancha yoshroq ekanligini ko‘rish mumkin. Shubha yo'qki, Xurram juda yosh va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan. Suratdagi malika och pushti rangli ko‘ylakda, uning ustidan esa qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan yopinchiq kiyib olgan. Uning bosh kiyimi esa alohida diqqatga sazovor – yuqori qismi uchli shakldagi tojning hoshiyasi ham qimmatbaxo toshlar bilan qoplangan, o‘rta qismiga esa ulkan rubin toshi o‘rnatilgan. 

"La Sultana Rossa" portreti

"La Sultana Rossa" portreti

Tarixdan ma’lumki, Sulton Sulaymon sevimli yorining liboslari va taqinchoqlari uchun juda sahiylik qilgan. Xurramning quloqlarini bezab turgan ziraklar marvarid va olmosdan yaratilgan bo‘lsa, bo‘yin qismiga marvarid toshlaridan ishlangan nafis marjon, bilak qismiga esa qimmatbaho toshlar va marvaridli bilaguzuk taqib olgan. Eng qizig‘i, suratda Xurram mitti jonivorni ushlab turibdi. Mutaxassislar buni uning sevimli jonivori bo‘lishi mumkin ekanligini taxmin qiladilar. 

O‘sha davr guvohlarining yozib qoldirishlaricha, Xurram Sulton boshqa ayollardan o‘zining o‘ta go‘zalligi bilan ajralib turmagan. Ammo jozibasi va aqli bilan barchani lol qilib qo‘ya olardi. Biroq Titsian tasvirlagan ayolning tashqi ko‘rinishi juda go‘zal. Shaffof teri, chiroyli burun qismi, qalin lablar uning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Xurram sulton rassomga nazar tashlash barobarida nima tabassum ham qilgan. 

Titsian Xurramni qayerda ko‘rgan?

Titsian tasvirlagan suratda Xurram sultonning yosh ekanligini payqash mumkin. Xo‘sh, rassom Titsian yosh malika bilan qayerda uchrashgan? Agar u rassomning surat ishlash paytida ko‘rinish bergan bo‘lsa asarda 48 yoshli ayol tasvirlangan bo‘lishi kerak edi-ku? Biroq  nima uchundir suratdagi ayol endigina 20 yoshdan oshgandek taassurot uyg‘otadi. 

Taxminlarga ko‘ra, Titsian Xurram sulton bilan uchrashmagan, uning suratini malikaning tashqi ko‘rinishi va guvohlarning ta’riflariga asoslangan holatda chizgan. Yana bir taxminda Italyan rassomi ushbu suratni chizib bo‘lgach, sultonga yuborgani, bu orqali o‘z mamlakati va Usmonlilar imperiyasi orasida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgani aytiladi.

Bundan kelib chiqadiki, rassom sultonga Xurramning rasmini sovg‘a qilgan va uning himmatiga erishmoqchi bo‘lgan. Agar ushbu taxmin rost bo‘lsa, suratdagi Xurramning o‘zi emas, aniqrog‘i uning o‘ziga qarab chizilmagan qiyofa. 

Keyinchalik Vashington hududidan Titsian qalamiga mansub yana bir surat - "Xonim portreti" asari topilgan. Undagi ayol tasviri ham Titsian chizgan Xurramga juda o‘xshaydi.

"Xonim portreti"

"Xonim portreti"

"La Sultana Rossa" tarixi

Xurram sulton portretining o‘ziga hos tarixi ham bor.1612 yilga qadar u Usmonlilar imperiyasida saqlangan bo‘lsa, keyinchalik  noma’lum yo‘l bilan Florentsiyaga, Palatso del Jardinoning kolleksiyasiga kelib qoladi. Portret 1815 yilga qadar shu yerda bo‘lgan. Oradan bir muddat o‘tib uni Lyusen Bonapart sotib olgan. 1843 yilda uni qayta sotganlaridan keyin asar Londonga kelib qolgan. 1936 yilga kelib esa Xurram Sulton suratini Floridadagi Ringling muzeyina taqdim qilganlar.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook