Yer sayyorasida bizga ma’lum bo’lgan 8,7 millionga yaqin hayvon turlari mavjud. Bunday sonni hisobga olgan holda balki, ularning har birini diqqat bilan kuza olmagandirsiz. Bizga sherlar, yo’lbarslar, ayiqlar haqidagi ko’plab ma’lumotlar tanish, albatta. Ammo hayvonot olamiga salgina chuqurroq nazar tashlasangiz, yovvoyi tabiatda naqadar g’aroyib hayvonlarni uchratish mumkin ekanligidan taajjubda qolasiz.
Amfibiyalarning g’alati ko’rinishidan tortib ajoyib sut emizuvchilarigacha bo’lgan hayvonot olamining ulkan hilma-hilligi har qanday insonni hayratda qoldiradi! Yangi ma’lumotlarga ega bo’lishingiz uchun naqadar o’ziga hos jonivorlarni topganimizga bir nazar tashlang. Quyida siz bilmagan 23 nafar g’aroyib hayvonlar to’g’risida ma’lumotlar to’plangan.
Gavial
Albatta, bilasizki gavial timsohlar turkumining vakillaridan biri. Uni “mehribon” jonivor deb hisoblashadi – sababi u hech kimga hech qachon hamla qilmaydi, buning boisi tumshug’ining juda ingichka ekanligidadir balki .
Dumbo sakkizoyog’i
Hatto 3962,4 metr chuqurlikda ham istiqomat qila oladigan ushbu kichkinagina jonivorni Dumbo sakkizoyog’i deb ataydilar. Ushbu mittivoy okeanning tubidagi shilliqqurtlar va qurtlarni ovlab yuradi.
Jirafa-qo’ng’iz
Bu antiqa qo’ng’iz g’ayrioddiy uzun bo’yni tufayli o’z nomiga ega bo’lgan. Jirafa-qo’ng’iz — Madagaskar orolida istiqomat qiluvchi xasharotlardan biri. Uning tashqi ko’rishini juda g’alati bo’lib ko’rinsa ham, bu noodatiy xususiyat mitti hasharotning xayotida juda katta axamiyat kasb etadi. Sababi hasharot erkaklari uchun bo’yinlari boshqa hasharotlar bilan kurashish uchun qurol sifatida xizmat qiladi. Erkaklarining bo’yinlari urg’ochilarining bo’yinlaridan ikki barobar uzunroqdir.
Gerenuk
Gerenukning eng ko’zga tashlanadigan tomoni – bu uning o’ta uzun bo’yni hisoblanadi. Bu kiyiklar oilasidagi eng bo’yni uzun vakildir. Gerenuk — juda tortinchoq hayvon, uni ko’rib qolishganida, odatda qochib ketadi yoki harakatsiz qotib qoladi.
Kal Uakari
Kal Uakari — Braziliya va Perudagi maymunlarning biр turi. U o’zining yorqin qizil yuzi bilan juda mashhur. Bu turdagi maymunlar to’dalarga bo’linib, surunkali suv toshqinlari tufayli baland daraxtlarda chiqib yashaydilar. Ushbu suv toshqinlari o’rmonlardagi kal uakari va boshqa bir necha antiqa xayvonlarning istiqomat muhitini asta sekinlik bilan yo’q qilib boryapti.
Olimlarning ta’kidlashicha, maymunninng qizil yuzi – qon qizil tus bilan teri orqali boyitiladigan maxsus pigmentning borligidan darak beradi. Ammo ushbu sifat maymunning kamchiligi va uni sog’-omon qolishiga zarracha yordam bermaydi, chunki yirtqich hayvonlar bu maymunlarni juda oson topib oladilar.
Eng achinarlisi shundaki, maymunlar ovchilar tufayli ham qirilib borishyapti. Yuzining tusi ancha ochroq bo’lgan kal uakari malyariya kasalligiga nisbatan ta’sirchandir. Ular o’zlarini boshqa maymunlardan ajratib yuradilar va ko’paymaydilar. Bu maymunlarning eng g’aroyib turlaridan bittasi.
Yaguarundi
Yaguarundi nomi bilan tanilgan bu Janubiy Amerikalik g’alati mushuk latcha suvsarga o’xshaydi, u sarvqomat tanasi va yassi boshi bilan sifatlanadi. YAguardan farqli o’laroq, uning badanida dog’lari yo’q, lekin bu hayvon o’z turi doirasida tusning hilma-hilligi bilan bemalol maqtansa arziydi. Ular Janubiy Amerikalik deb tan olingan bo’lsada, aslida Shimoliy va Markaziy Amerikadan ham topilgan.
Atretochoana Eiselti iloni
Atretochoana Eiselti ilonining boshqacha, ilmiy bo’lmagan nomlanishi ham bor. Odatda bu tasqara jonzotni ichak-chavoqqa o’xshatishadi. Bu mavjudot ilonga o’xshashi mumkin, lekin aslida u sudralib yuruvchi emas, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlardan biri.
Avvalo u suvda yashaydi, uning o’pkasi yo’q va terisi orqali nafas oladi. Tasqara ilon 2011 yilda Braziliyada topilguniga qadar dunyoda faqat ikki nusxada, 1998 yilga qadar esa bir nusxada namoyon bo’lgan.
Muz baliq
Dastlab 1927 yilda topilgan muz baliq Antarktida qirg’oqlarida va ularning atroflarida istiqomat qiluvchi g’alati ko’rinishga ega bo’lgan mavjudotdir. Bu ekzotik baliq ajoyib xususiyatlarga ega, uning qoziq tishlari va shaffof tanasi ko’pchilikni hayratga soladi. Bunday shaffoflik uning qonida gemoglobinning yo’qligi natijasidir.
Ushbu baliqlar gemoglobinsiz yashay olishining siri tadqiqotchilarni 60 yildan ortiqroq o’yga soldi. Nihoyat, olimlar muz baliq kislorodni jabralari orqali emas, teri orqali o’zlashtirishi to’g’risida nazariyani ishlab chiqdilar. Xamma gap kislorodni qon aylanish tizimidan kislorodni olib o’tuvchi moddada jamlangan.
Boshqa taxminga ko’ra, muz baliqda qon vazifasini plazma bajarar emish. Plazmaning sarg’ish rangi bu baliqning o’ta och sariq tusga ega ekanligiga ham sabab bo’lishi mumkin.
Oddiy yazikan
Oddiy yazikan - tasavvurga sig’ishi qiyin bo’lgan uyg’unlikning namoyandasi. Hasharot kolibri kabi gullar ustida gulshira terib parvoz qiladi, ammo ko’rinishi qirg’iyga o’xshaydi. Aslida esa bu hayvon emas, kuyadir.
Gilamli sakkizoyoq
Yangi Zellandiya va Avstraliya dengizlarida istiqomat qiladigan gilamli sakkizoyoq (uni Supermen-sakkizoyoq yoki Betmen sakkizoyoq ham deb atashadi) sayoz suv havzalarida yashaydi. Bu turning erkaklari bilan urg’ochilarini ajratish juda oson, chunki erkaklari deyarli 2 metrga uzunroq bo’lishadi. Uning "gilami" esa o’ljani zabt etish uchun ishlatiladi.
Pushti rang pari (bronenosets)
Eshak qurt va dengiz cho’chqasining aralashmasiga o’xshash Pushti rang pari jonivori kurrai zamindagi eng g’aroyib hayvonlardan biri. Uni hech qachon yovvoyi tabiatda uchratib bo’lmaydi, chunki ular uchun yer ustida yurgandan ko’ra yo’lni tuproqning ichida qazib o’tkazish qulayroq.
Ular shu darajada kamyobki, olimlar bu hayvonni yo’qolib ketish xavfi bor yoki yo’qligini shu kunga qadar bilmaydilar.
Akula-ajina
Uzunligi 3,6 metrga, vazni 208,6 kilogrammgacha etadigan akula- ajina Yaponiya qirg’oqlarining atrofidagi okean tubiga yaqin suvlarda yashaydi. Bu jonzotning eng g’aroyib jihati shundan iboratki, u o’lchani tutib olish maqsadida jag’ini tashqariga cho’zib chiqarish qobiliyatiga ega.
Tasmaniya iblisi
U o’z nomiga ega bo’lgan payt - kolonizatsiya davri hisoblanadi. Ko’chmanchilarning tovuqlarini birma-bir bo’g’izlab tashlagan bu hayvon - qopchiqli bo’lsa ham yirtqich jonivorlar sirasiga kiradi!
Uzun yolli bo’ri
Uzun yo’lli bo’rining baland oyoqlari — evolyutsiya jarayonining natijasidir. Bu oyoqlar unga Janubiy Amerika tekkisliklaridagi baland o’t-o’lanlarni yengib o’tishda yordam beradi.
Ola-bula tenrek
Jayraga o’xshash ola-bula tenrekni faqat Madagaskar orolida uchratish mumkin. Ular orolning sharqiy tomonidagina istiqomat qiladi. Agar tenrek umumiy guruhdan uzoqlashsa, u boshqalar bilan aloqada bo’lishi va ayni paytdagi joyini bildirish maqsadida o’ziga hos tovushli tebranishlarni taratadi.
Bobiks Mori (Bombyx Mori)
Bobiks Morini Xitoy ipak qurti deb ham atashadi. U chernikaga oid daraxtu butalarda tentrab yurishni yaxshi ko’radigan momiq kuyadir. Bobiks Mori juda yoqimtoy bo’lib ko’rinishiga qaramay, aslida yetarlicha jirkanch va yoqimsiz hayvonlardan biridir.
Atlantik glavki (Glaucus atlanticus)
Atlantik glavkining nomi juda ko’p. Ular qatorida "moviy farishta", "moviy ajdar" va "moviy dengiz shilliqqurti" deganlarni ham uchratish mumkin. U dengizda va tashqarida yirtqichlardan o’zini himoya qilishi uchun aqlli niqobni ishga soladi.
Bundan tashqari ular germafroditlar deb ham ataladi. Eng qizig’i ularning erkaklari ham, urg’ochisi ham tuhum qo’yadi.
Qizil labli netopir
Chamasi, bu baliq o’z lablarini yorqin qizil rangli pomada bilan bo’yab olganiga o’xshaydi. Qizil labli netopirni baliqdan ko’ra ko’proq sudralib yuruvchi skat, desa bo’ladi. U juda yomon suzuvchi va odatda o’ziga yemish qidirib okean tubida sudralib boradi.
Umboniya Spinoza (Umbonia Spinosa)
O’simlikning bargiga o’xshagan bu g’alati mavjudotning nomi Umboniya Spinoza yoki "tikanak qo’ng’iz". U Floridadagi mevali daraxtlarda osilib turadi. Bu qo’ng’iz o’simliklarni teshib olib ulardan sharbatini so’rishi mumkin. Aslida, Floridadagi daraxtlarning ayrim tanalari shu darajada qo’ng’izlar bilan tor-mor qilingan ediki, natijada bu o’simliklarning nobud bo’lishiga olib kelgan.
Beshiktervatar krevetka
Beshiktervatar krevetka nafaqat chiroyli, balki ayrim juda qiziq o’ta kuchli xususiyatlarga ega mavjudot. bu chaqchaygan ko’zlarda spektrning inson ko’ra oladigan ranglaridan o’n baravar ko’proq ranglarni, shu jumladan ultrabinafsha yorug’likni ҳam qabul qila oladigan 16 nafar retseptorlari bor.
Bundan tashqari, bu mavjudotning ko’zlari bir biridan mustaqil ravishda xarakatlana oladi. U o’z o’lchasiga hamla qilayotgan paytida bu xususiyati uning orqasida nima ro’y berayotgani ko’rib, vaziyatni nazorat qilib turish imkonini beradi.
Panda-chumoli
Aslida, panda-chumoli —panda ham, chumoli ham emas, u juda kuchli og’riq berib chaqadigan ari hisoblanadi. Uni yana "qotil chumoli", "sigir qotili" deb ham atashadi. Tabiatiga ko’ra yolg’iz yashovchi bu mavjudotlar Chili va Argentinada istiqomat qiladilar.
Do’zaxiy qonxo’r, vampir.
Do’zaxiy qonxo’r, ya’ni vampir (Vampyroteuthis infernalis) - bu sakkizoyoq ham, kalmar ham emas, aloxida bir tur — vampirlardir.
Do’zaxiy vampir — 600-900 metr va undan qam ko’p chuqurlikda istiqomat qiladi. Okeanning bu hududida kislorod etishmaydi, chunki uning jipslashuvi haddan tashqari past. Shunga qaramay do’zaxiy vampir bu hududda bemalol istiqomat qila oladi. U o’zini sezdirmasligi uchun moviyrang yorug’lik taratadi.
Shu yorug’lik bu mavjudotnining shaklini yetarli darajada xiralashtirib tashlaydi. Do’zaxiy vampirning ko’zlari eng nimjon yorug’likni ham seza oladi. Tahmin qilinishicha bosh qismidagi fotoretseptorlar jufti tepadagi harakatdan darak beradi.
Minoga
Minoga baliq emas, dumaloq og’izlilar sinfidan bo’lgan baliqlarning o’tmishdoshidir. U aslida baliqning paraziti hisoblanadi. Baliq go’shti esa minoganing asosiy yemishlaridandir.
Minogalar suv tubida o’lik yoki tirik baliqlarni topib o’zlarining katta og’izlari bilan baliq tanasiga yopishib oladilar va ko’p sonli tishlari bilan baliqning terini teshib, shundan keyin esa uchida tishlari joylashgan tilini ishga soladi. Shu tarzda minoga o’ljasining tanasiga chuqur kirib oladi.
Keyin esa o’ljaning badaniga hazm qiluvchi shira kiritadi va bir qancha vaqt o’tganidan so’ng qisman hazm bo’lgan yemishni so’rib o’zlashtiradi. Ushbu jonivorlar qirilib ketish xavfi ostida, chunki minoganing go’shti juda ham mazali.
Сообщения из Facebook