просмотров
Qahva ko'pigidagi rasmlar
Seullik yosh va iste’dodli barista Kanbin Li mazali qahva tayyorlaydi va uning ko’pigini ajoyib rangli suratlar bilan bezaydi. Uning sevimli syujetlariga hayvonlar, gullar, multfilm qahramonlari, yana Van Gog va Deganing ijod namunalari kiradi. Ushbu g’aroyib ichimlikni C.Through kafesiga kirib tatib ko’rishingiz mumkin, rassom baristaning ishiga esa uning instagramdagi sahifasida baho bersangiz bo’ladi.
Velosipedlar to’xtash joyish
Yapon dizayneri Yuma Kano har bir joyi miniatur velosiped ko’rinishidaa bo’lgan, original velosipedlar to’xtash joyini loyihalashtirdi. Ushbu loyiha, dizayner fikriga qaraganda, ko’chalarning ajoyib bezagi bo’ladi va to’xtash joyi muammolarini yechishga yordam beradi.
Minimalistik tatular
Nemis-eron tatu-ustasi Mo Ganji o’zining do’stlari va mijozlarining tanalarini bir chiziqda chizilgan minimalistik tatular bilan bezaydi. Ushbu ustaning rasmlari oddiy bo’lishiga qaramasdan, ularning har biri o’zida chuqur falsafiy ma’no yashiradi va shunchaki noyob ko’rinadi.
Poyabzal-kaptar
Yaponiyalik Keyko Osuxata kaptarlarni va baland poshnalarni yaxshi ko’radi. Aynan shu ikki ishtiyoqi uni g’ayrioddiy kaptar ko’rinishiga ega tuflilarni yaratishga ilhomlantirdi. Ushbu kreativ oyoq kiyim rasmlari internetga tarqaldi va jamiyatda shov-shuv uyg’otdi.
Jildlardan ko’ylak
Yosh rassom Emili Seylxemer axlatdan eksklyuziv narsalar yasaydi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida rassom o’zining yangi ijod namunasi – konfet rangli jildlaridan yasalgan ko’ylakning fotosuratlari bilan bo’lishdi. Emilining so’zlariga qaraganda ushbu ko’ylakni yaratishga 10 000 dan ortiq jild ketgan va ularni rassom to’rt yil davomida avaylab yiqqan.
Bog’ anjomi shaklidagi yoritgichlar
O’zining noodatiy fikrlari bilan mashxur Italiyalik dizayner Matteo Ugolini, qishloqdagi aholi hayotidan ilhomlanib, bog’ anjomlari shaklidagi yoritgichlar kolleksiyasini yaratdi. Kolleksiyada xaskash, payshaxa va belkuraklar bor, ular yoritgich orqasidagi yuzani yoritish qobiliyatiga ega, butun kengligi bo’yicha svetodiod tasmalar bilan tortilgan oq texnopolimerdan yasalgan.
Tarvuz ko’rinishidagi non
Tarvuzli non – bu Tayvandagi Jimmiy’s Bakery novvoyxonasi tarmog'ida o’ylab topilgan, ajoyib unli mahsulot. Yashil non ichidan mazali tarvuzga o'xshaydi, ushbu yangilik bolalarga yoqishi aniq. Ushbu mahsulotni tayyorlash uchun butunlay tabiiy bo’yoqlardan foydalanishadi: ko’k choy, qulupnay va ko’mir. Ajoyib batonlarning suratlari internetda juda tez tarqaldi va dunyoning boshqa novvoyxonalari ham ushbu fikrdan foydalana boshladi.
Ichi ko’rinadigan shim
Yaqinda Topshop savdo belgisi jamiyatga ichi ko’rinadigan plastikdan tikilgan shimni taqdim etdi, bu esa katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Kompaniya dizaynerlari xaridorlarni nostandart o’ylashga chaqirdi, ushbu kiyim ichidan kiyiladigan yorqin kiyimlar bilan hamoxang bo’lishini bildirishdi.
Lampa-kapsula
Zamonaviy minimalistik lampa, kichik misli kapsulaga yashirilgan. Bu mashxur DCW kompaniyasining yangiligi. Dizaynerlar fikricha ushbu lampani devorga osish mumkin, undan stol ustida yoki fonar sifatida foydalanish ham qulay.
Ksenomorf o’yinchoq
Yumshoq ayiqchalar o’rniga Begonalar olamidan yangi o’yinchoqlar keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Begona” filmining yangi qismi chiqishidan oldin, ajoyib ksenomorf yumshoq o’yinchog’ining suratlari chiqib ketdi.
Yonadigan sochlar
Sartarosh-stilist Gay Tang zamonaviy qizlarga sochlarni tunda yonadigan neonli bo’yoqlarda bo’yashni taklif etdi. Bunday yorqin va kreativ turmakni tayyorlash uchun, sochlar oldin rangsizlantiriladi, keyin butunlay neonli bo’yoq bilan bo’yab chiqiladi. Yangiligi va qiyinligiga qaramasdan, sochlarni bunday bo’yash trendi g’arb qizlari orasida urf bo’ldi.
Ekranli krossovkalar
Dizaynini istalgan vaqtda o’zgartirish mumkin bo’lgan ajoyib kedalar. Bu samartfondan mahsus programma orqali rasmlari boshqariladigan, krossovkaga chuqur o’rnatilgan ekranlar hisobidan amalga oshiriladi.
Yog’och velosiped
Eshik ishlab chiqaradiga Belorus kompaniyasi, ajoyib yog’ochli velosipedlar ishlab chiqarishni boshladi. Har bir velosiped qo’l mehnati bilan yasaladi, yog’och faqat rama asosiga qilingan, boshqa detallar po’latdan ishlanadi. Yog’och velosipedlar 5 yilgacha kafolatga ega va ushbu transport vositasining narxi 1000 dollardan boshlanadi.
Сообщения из Facebook