Nagapanchami - hindilarning bayrami: unda hamma ishlash o'rniga ilonlarni rishvalaydilar
Nagapanchami - hindilarning bayrami: unda hamma ishlash o'rniga ilonlarni rishvalaydilar
Hindiston va Nepalda iyul oxirida Nagapanchami bayrami nishonlanadi.

Sharvan muqaddas oyining beshinchi kunida hindilar ilonlarga sajda qiladilar, ularni yerdagi nag ning timsoli deb hisoblaydilar. Nag lar - bu odam boshi va gavdasili ilon sifat afsonaviy mavjudotlardir. Shravan oyi boshlanishi bilan mussonlar mavsumi kiradi va ilonlar o'zlarining suv bosgan uyalaridan chiqishga majbur bo'ladilar. Yuqorida ularni keng quloch yozib odamlar kutib oladilar. 

Nagapanchami kunida xech kim ishlamaydi. Tantana sababchilarini o'rmondan olib kelib, shahar ko'chalari va xovlilarga qo'yib yuboradilar. Odamlar o'zlarini ilonlar oldida qarzdor deb hisoblaydilar. Chunki, ular hosilni yo'q qiluvchi kemiruvchilarni yeydilar. Shuning uchun ilonlarni iliq kutib oladilar. Ularni ustidan gul changini sepadilar, sut, asal va qovurilgan guruch bilan mehmon qiladilar. Ilon inlari oldiga oleandr, jasmin va qizil lotos gullarini qo'yadilar. 

Yo'lida ilonni uchratish katta omad belgisi hisoblanadi, ayniqsa, turmushga chiqmagan qizlar uchun - bu yaqin orada o'z baxtini topish belgisidir. 

Ayniqsa dabdabali tantanalarga eng havfli ilonlardan biri - kobra muyassar bo'ladi. U bilan chiroyli hindi afsonasi bog'liq. Kunlardan bir kun bir braxman Napanchami kuni haqiqatda qadimiy udumni esidan chiqarib, o'z dalasiga yo'l olgan. Egatni qila turib, behosdan ilon bolalarini ezib ketdi. Ona-ilon qasd olishga qaror qiladi. U kechasi braxmanning uyiga o'rmalab kirib, hamma uxlab yotganlarni o'ldiradi. Keyin braxmannig qizlaridan biri turmushga chiqqani va qo'shni qishloqda yashashi esiga tushib qoladi. Kobra o'sha yerga boradi, lekin yosh ayol Nagapanchami bayramiga barcha tayyorgarchiliklarni ko'rganini, ilonlar uchun noz-ne'matlarni eshik oldiga olib chiqib qo'yganini ko'radi. 

Kobra yaxshi niyatli qizning e'tiboridan mamnun bo'ladi va jaxlidan tushadi. Beka ilonga yoqqanini ko'rib, otasi va qolgan qarindoshlarini qayta tiriltirishini iltimos qiladi. Kobra buni ijobat qiladi. Shuning uchun, ko'pgina hind shtatlariga ayollar ona-kobraning tosh haykaliga ibodat qilib, ilohlar ularga farzand ato etishini so'raydilar. 

Nagapanchami bayrami uzot tungacha davom etadi. Ilon o'rgatuvchilari bu kunda katta xurmatga ega bo'ladi va o'z maxoratlarini hammaga namoyish etadilar: ular zaxarli ilonlarni qo'llariga olib, bo'ynilariga tashlab oladilar. Mard tomoshabinlar ulardan namuna olib, ular kabi ilonlarni qo'lga olishga harakat qiladilar. 

Ilonlar chaqish hollari juda ham kam. Balki ular bu ularning bayrami ekanini bilsalar kerak va bayramda xech kimni ko'nglini og'ritgisi kelmaydi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook