O’zlarining jozibadorliklari bilan ayollarni maftun qilgan taniqli turk akterlari
O’zlarining jozibadorliklari bilan ayollarni maftun qilgan taniqli turk akterlari
Turk seriallarining shaydolari uchun ushbu maqolamizda taniqli turk akterlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyati bor. Marhamat, ular bilan tanishing.

Burak Ozchivit

Burak Ozchivit
Tug’ilgan sanasi 24 dekabr 1984 yil/32 yosh Burji – tog’ echkisi Tug’ilgan joyi – Istambul Quv qarashi bilan ko’pgina ayollarni o’ziga rom etgan mo’ylovdor Burak Ozchivit bugungi kunda Turkiyaning eng maftunkor erkak akteri hisoblanadi. Bir oz avval bu aktyorning ashaddiy muhlislari armonda qoldilar – Burak bo’ydoqlik hayoti bilan hayrlashib, aktrisa Faxri Evjega uylandi. Juftlik “Choliqushi” filmining suratga olish jarayonida tanishgan edi. Darvoqe, bu film Ozchivitning akterlik faoliyatidagi “Muhtasham 100 yil” serialidan keyin ikkinchi xiti bo’lib qoldi. Akter karyerasidagi uchinchi o’rinni esa “Qora sevgi” nomli o’tkir syujetli serial o’rin olgan. Burak Ozchivitning muhlisalari esa ekranlardan hamon ko’zlarini uzolmay turibdilar, sababi o’tkir dramatik syujet emas, akterning ko’zni qamashtiruvchi husnidir.

SAdnan Koch

SAdnan Koch
Tug’ilgan sanasi 26 iyun 1981 yil/36 yosh Burji – qisqichbaqa Adnan Koch bizning ro’yxatdagi ko’pgina hamkasblari kabi “Muhtasham 100 yil” seriali orqali tomoshabinlarga tanildi. U serialda Bahrom- pasha obrazini talqin qilgan. Undan keyin Adnan rossiyalik va turk kinochilari bilan hamkorlikda suratga olingan “Sharq-G’arb” nomli muhabbat haqidagi serialda shifokor obrazini ijro etdi. Shu yerga kelganda eng qalbi qattiq muhlisalar ham tan berdilar. “Muhtasham yuz yil” serialiga dosh bera olgan ayollar Kochning navbatdagi rolini tomosha qilar ekanlar, uni qattiq sevib qolganliklarini ham bilmay qoldilar.

Halit Ergench

Halit Ergench
Tug’ilgan sanasi 30 aprel 1970 yil/47 yosh Burji – savr Tug’ilgan joyi - Istambul Mana o’sha dong’i ketgan va muhlislarini “Muhtasham yuz yil” serialiga ipsiz bog’lab qo’ygan Sulton Sulaymon. Ko’pchilik muhlisalar aynan Halit Erkenchning jozibasi va maftunkorligi sababli televizor ekranlariga yopishib qoldilar. Tabiiyki, Ergench eng turk akterlarining ichida eng iste’dodlilaridan biridir, uning hisobida kin ova seriallarda o’ynagan 30 dan ortiq rollari bor. “Muhtasham yuz yil” serialidan tashqari Halit yana bir qator filmlarda suratga tushdi. Uning ijrosidagi rollarni ko’rishni istasangiz, “Ming bir kecha” hamda “Mening vatanim –bu sen” nomli ko’p qismli romantik dramalarni yoki “Qizil Istambul” nomli to’liq metrajli filmlarni tomosha qilishingiz mumkin. Bu kartinalarda ham Halit Ergench jozibali va maftunkor.

Gyurbey Ileri

Gyurbey Ileri
Tug’ilgan sanasi 13 fevral 1988 yil/29 yosh Burji – Dalv Tug’ilogan joyi - Istambul Gyurbey Ileri qora ko’zli hamda o’tkir nigohli barno yigit. U ham jozibadorligi bilan “Muhtasham yuz yil” seriali muhlisalarining qalbini zabt eta oldi. Akter serialda Sulaymon shoh hamda Hurramning birinchi o’glining obrazini ijro etgan. Syujet davomida shoxning katt o’g’li chechak bilan kasallanib, og’ir azoblar bilan jon berayotganida muhlislarning bari bo’zlab yig’laganlar. Ilerining filmografiyasi hali uncha uzun emas, ammo uning o’zi ham hali 30 ga chiqqani yo’q. Agar Gyurbeyni boshqa rollarini ko’rishni istasangiz, unda “Taqiq”, “Taqdirim bitilgan kun” yoki “Qushlar qanotidagi muhabbat” nomli seriallarni tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.

Quvonch Totlitug'

Quvonch Totlitug'
Tug’ilgan sanasi 27 oktayabr 1983 yil/33 yosh Burji – Chayon Tug’ilgan joyi - Adana Quvonch Totlitug’ “Taqiqlangan muhabbat” hamda voqea tavsilotlari XX asrning boshlaridagi Rossiya imperiyasida bo’lib o’tadigan “Kurt Seit va Aleksandra” nomli seriallarning yulduzidir. Uni ko’pinch Bred Pitt hamda Devid Bekxemga o’xshatishadi. Buning ajablanarli tomoni yo’q, axir moviy ko’zli bu oq-sariqdan kelgan bolaning haqiqiy turk ekanligini bir qarashda bilish qiyin. Milan va Nyu-Yorkning podiumlari uni quchoq ochib kutub oldilar. Hozirda akter “Dovyurak va sohibjamol” serialida suratga tushmoqda.

Mehmet Gunsur

Mehmet Gunsur
Tug’ilgan sanasi 8 may 1975 yil/42 yosh Burji – Savr Tug’ilgan joyi - Istambul Mehmet Gunsur nafaqqt akter, balki model hamdir. Bu uning jozibadorligi va maftunkorligini yana bir bor ta’kidlaydi. Akter 14 yoshida suratga tusha boshladi. “Bahorda ochilgan gul” serialidagi epizodik roldan keyin unga kattaroq rolni ishonib topshirishdi va u “Turk hammomi” kartinasida suratga tushdi. Mahalliy OAV unga kelajagi porloq akter, deb baho berdilar va yanglishmadilar. Navbatdagi “Paxta dalasining malikasi” hamda “Muhtasham yuz yil” seriallari sababli Gunsur nafaqat Turkiyada, balki dunyoning ko’pgina mamlakatlarida mashhur bo’ldi. Sulton Sulaymon hamda Mohidavronning o’gli rolini o’ynar ekan, otasi tomonidan qatl qilinganida barcha muhlisalarni yig’latdi.

Ezgin Ozturk

Ezgin Ozturk
Tug’ilgan sanasi 28 sentyabr 1986 yil Burji – Tarozu Tug’ilgan joyi – Eskishahar Ezgin Ozturk – “Muhtasham yuz yil” dagi navbatdagi barno yigit. Ta’kidlab o’tish kerak, bu serialning asosiy muhlislari – ayol kishilar. Shahzoda Salimning maftunkorligi ularni shaydo qilib qo’ygan. Ungacha Ozturk “Aybsiz aybdor” daramasida suratga tushgan bo’lib, u yerda ham Salim ismli yigit obrazini o’ynagan. Ozgunning oxirgi ishtirok etgan loyihasi – “Gyonulni esga ol” seriali bo’lib, u bir necha erkaklar orasidan o’ziga yor tanlashi kerak bo’lgan yetim qiz haqida hikoya qiladi. Tomoshabin ayollar albatta Ozturkni qo’llab-quvvatlaydilar.

Okan Yalabik

Okan Yalabik
Tug’ilgan sanasi 13 dekabr 1978 yil/38 yosh Burji – O’qotar Tug’ilgan joyi - Istambul Okan Yalabik “Muhtasham yuz yil” serialida Pargala Ibrohim-pasha obrazini talqin qilgan. U Sulton Sulaymonning yaqin do’sti bo’lgan, lekin shunga qaramay u tomonidan qatl qilingan. Teleekrandagi raqiblar hayotda ham jozibadorliklari bo’yicha musobaqa olishar edi. Bundan tashqari Okan Yalabichning “Ov mavsumi” filmidagi qotillikni tekshiruvchi detektiv roli hamda ikki qo’shni – Turkiya bilan Gretsiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Kuz og’rig’i” nomli siyosiy dramasidagi ishtiroki muvaffaqiyatli chiqqan.

ChagatayUlusoy

ChagatayUlusoy
Tug’ilgan sanasi 23 sentyabr 1990 yil/26 yosh Burji – Sunbula Tug’ilgan joyi - Istambul Chag’atoy Ulusoy ro’yxatimizdagi boshqa hamkasblari kabi akterlik kasbi bilan birga modellik faoliyatini ham olib boradi. Buning ajablanarli tomoni yo’q, axir Ulusoy jozibali, maftunkor bo’lganligi uchun ayollarni o’ziga ohangraboday torta oladi. Uning eng taniqli rollari “Yovvoyi asal” filmidagi me’mor-talaba hamda “Toshqin” serialidagi qashshoqlikdan chiqib, boy odamlar ommasiga kirib kela olgan yigit obrazlaridir. Hamma shu ro’yxatdagi akterlar kabi Chag’atoy Ulusoyning ham “Muhtasham yuz yil” serialiga bog’liqligi bor, albatta. Akter ushbu serialning davomi bo’lgan “Kesem imperiyasi” serialida bosh rollardan birini ijro etdi.

Ekin Koch

Ekin Koch
Tug’ilgan sanasi 21 iyun 1992 yil/25 yosh Burji – Egizaklar Tug’ilgan joyi - Alanya Ekin Koch akter hamda musiqachi, o’zining eng birinchi rolini to’rt yil avval “Sizga bir sir aytaman” serialida o’ynagan. Bu uning uchun yaxshi boshlanish bo’ldi, axir to’rt yildan keyin u “Muhtasham yuz yil” ning davomi bo’lgan “Kesem Imperiyasi” serialida bosh rollardan biriga tasdiqlandi. Koch o’z vazifasini a’lo darajada bajardi – serialda u qo’rquvdagi o’ziga ishonmagan o’spirindan dushmanlariga nisbatan shavqatsiz bo’lgan Usmoniylar imperiyasining podshosi – Sulton Ahmadga aylandi. Tabiiyki, u muhlisalari qalbidan joy oldi, axir qattiqqo’llik va hokimiyat ayollarni o’ziga rom etuvchi omillardan biridir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook