Parijning aholisi Senaning qirg'ogida "o'zini quruqlikka tashlab yuborgan kit" ni topishdi
Parijning aholisi Senaning qirg'ogida "o'zini quruqlikka tashlab yuborgan kit" ni topishdi
22 iyul kuni ertalab Parijda, Sena qirg'ogida kashalot paydo bo'ldi. Umuman olganda, kitlar tuzli okean suvlarida yashaydilar va dengizgan 160 kilometr naridagi chuchuk suvli daryolarning qirg'oqlariga o'zini tashlamaydilar. Lekin fakt faktligicha qoladi: Parijga kit yetib keldi.
Shahar qirg'oqi oldida sayr qilib yurgan vaqtda o'lik kitni uchratish ancha nohush - biroq, bu e'tiborni qamrab oladi. Aynan shunga instayasiya mualliflari ham intilgan edilar.
Kashalotni uchratgan ba'zi yo'lovchilar haykal hattoki o'zini tashlab yuborgan kit kabi hidga ham ega bo'lgani haqida xabar berdilar: "Parijda kit. Kitlarni va okeanni himoya qiling! Bu aql bovar qilmas, lekin bu hid juda ham haqiqiyga o'xshaydi... Aqldan ozish mumkin".
Kitning haykalini qirg'oqqa, German Melvilning " Mobi Dik" romani personaji sharafiga qo'yilgan, Captain Boomer loyihasining mualliflari o'rnatdilar. Ehtimol, instalyasiyani 23 iyul Xalqaro kitlar va delfinlar kuniga bag'ishlaganlar.
Jamoa bu kabi haykallarni dunyoning boshqa joylarida ham o'rnatgan - odatda, ko'proq odamlar instalyasiya bilan to'qnashib, kashalotlar va ularning yashash muhiti haqida yaxshiroq bilib olishlari uchun, ularni jamoat joylarida o'rnatganlar. .
Har bir bunday haykal olimlar guruhi hamrohligida bo'lib, ular kitlar haqida yo'lovchilarga ma'lumotlarni beradilar.
"Giperrealistik, tabiiy kattalikdagi kitlar ko'rinishidagi haykallar Eski Dunyoning daryo va dengizlari qirg'oqlarida o'rnatilmoqda. Katta ochilgan og'izli qora gigant osmonga tikilib turibdi. Bu dengizning odamlarga gung savolidir. Tublardan chiqqan topishmoq. Kitlar o'zlarini qirg'oqqa tashlaganlarida, bu doim fusunkor hodisa bo'lgan. Qishloqlar aholisi jonlanib, hayajonlanar edi. Aynan shuni biz ham qaytadan yaratmoqdamiz. Bir vaqtning o'zida o'zini tashlab yuborgan kit bu ekotizimning vayron bo'lganini ulkan majosidir. Odamlar ularning tabiat bilan o'zaro bog'liqligi buzilganini sezmoqdalar. To'qima va voqelikni aralashtiruvchi o'yin bu havotirni yanada kuchaytiradi". Captain Boomer sayti.
Valensiyada 2013 yili kit haykalini o'rnatiluvi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook