просмотров
Marta Vashington, birinchi prezidentning xotini, mustaqillik uchun urushlar paytida erini yurishlarda qo’llab quvvatlagan, uning nomiga harbiy kemani nomlashgan. U banknotada surati chiqqan Amerikaning birinchi ayoli.
Jekki Kennedi, Jon Kennedining ayoli, tarixga stil andazasi sifatida kirgan. Bundan tashqari uni qo’rqmasdan sabr uchun taqdirlash mumkin – u o’z erining xiyonatlarini judo uzoq kechirib, ayblariga ko’z yumgan.
Qirq beshinchi xonim Melaniya Tramp bo’ldi. Butun dunyo uning g’alati erini muhokama qilayotgan bir paytda, Melaniya soyada qolmoqda. Biroq eks-model Qo’shma Shtatlar tarixida birinchi xonim sifatida qanday iz qoldirishi hozirdan qiziq.
Biografiyadan 10 ta fakt. Birinchi fakt: AQShda tug’ilmagan birinchi xonim
Melaniya Trampning g’ayriodatiy tarixi uning tug’ilgan joyidan boshlanadi – u kichik sloven shaharchasida tavallud topgan. Shunday qilib, u mamlakatdan tashqarida tug’ilgan ikkinchi birinchi xonim. Undan oldin britaniyalik Luiza Adams bo’lgan, davlatning oltinchi prezidenti Jon Kvinsining xotini. Lekin Adams 200 oldin Oq uyning bekasi bo’lgan.
Shu bilan birga, Melaniya hozirgacha ingliz tilida aksent bilan gapiradi.
Ikkinchi fakt: familiya o’zgartirish
Tug’ilganida Melaniya Kvans familiyasini olgan. 90 yillarda xalqaro darajadagi model bo’lib ishlaganida familiyasini Knausga o’zgartirgan. Talaffuzni osonlashtirish uchun bo’lsa kerak.
Uchinchi fakt: noqonuniy ishchi
Ha-ha, hozirgi birinchi xonim noqonuniy ishlagan. 90 yillar oxirida model bo’lib ishlaganida Melaniya AQShga ko’chib ketishga majbur bo’lgan. 1996 yilda unda Amerikada ishlash uchun ruxsatnoma bo’lmagan, lekin jurnalistlar missis Trampning bir necha o’n dollarga imzolangan kontraktlarini topib olishgan.
Prezident Trampnig prezidentlik va’dalaridan biri – noqonuniy ishchilar bilan kurashish ekanligini eslatishimiz shartmikin?
To’rtinchi fakt: ma’lumoti bormikin?
Melaniya Tramp erining butun saylovoldi tadbirida o’zining Sloven universitetida dizayn va arxitektura sohasida oliy ma’lumot olganliginini ta’kidlagan. Biroq, “NyuYorker” jurnalining izlanishlari natijasiga qaraganda, u modellik karyerasini davom ettirish uchun universitetni tashlagan.
Beshinchi fakt: erkaklar jurnali uchun model
Olimlik darajasisiz ham Melaniyaning karyerasi tez o’sgan bo’lardi. U o’zi bilan yorqin jurnallar varaqlarini bezatibgina qolmay, ularga yalang’och suratga ham tushgan. “GQ” va uning fransuz versiyasi “Maks” kabi nashriyotlarda Melaniya istalgan ayollarning top-20siga kirgan.
Erining prezidentlik tadbirlari paytida uning bunday rasmlari yuzaga chiqib keldi. Biroq bu Tramp xotinining sha’niga dog’ tushurmadi. Hozir missis Tramp eskortda ishlagani haqidagi suratlarni chop etgani uchun Daily Mail britaniya nashriyotini sudga bergan. Melaniyaning so’zlariga qaraganda, bu uning sha’ni uchun juda qo’pol va xaqoratli bo’lib, haqiqatdan juda yiroq.
Oltinchi fakt: “Vogue” modeli
Analitiklarning aytishiga qaraganda, Melaniya AQShdagi eng zamonaviy birinchi xonim bo’ladi. Chunki u har doim xalq oldida eng qimmat va dizaynerlik kiyimlarida chiqadi. Masalan, bu ayol turmushga Dior modalar uyining 100 000 dollarlik kelin ko’ylagida chiqqan. Keyin xuddi o'sha ko’ylakda “Vogue” jurnalining muqovasida ham paydo bo'lgan.
Yettinchi fakt: ona yoki opa?
Tramp bilan bo’lgan to’y, Melaniyani erining avvalgi turmushlaridan bo’lgan 4 farzandiga ona qilib qo’ydi. Katta o’g’lidan u atigi 8 yosh katta. Shunday qilib, u o’gay o’g’illariga eridan ko’ra yaqinroq, Donald bilan Melaniyaning yoshi orasidagi farq 24 yosh.
Sakkizinchi fakt: Nyu Yorkdan quvilgan ayol
Nyu York aholisi Melaniya Tramp erining inaguratsiyasidan so’ng shaharni tark etishi uchun 100 ming kishi imzolagan petitsiya e'lon qildi. Katta olma aholisining so’zlariga qaraganda, birinchi xonimning himoyasiga ketadigan pulni aholining soliqlaridan to’lashadi, chunki xonim aslida Oq uyda yashashi kerak.
To’qqizinchi fakt: biznes – vumen
Melaniya Tramp o’zini yaxshi biznes – vumen sifatida ko’rsatadi. Aslida, yangi birinchi xonim, “QVC” yuvelir uyi bilan, o’zining shaxsiy yuvelir bezaklar kolleksiyasini chiqargan. Shu bilan birga u ikra asosidagi kosmetika ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
O’ninchi fakt: modelning kiyishga kiymi yo’qmi?
Qor tanli xonim Mishel Obama uchun obrazlar yaratgan modelyer Tom Ford, Melaniyaga kiyim tikishdan bosh tortgan. Uning aytishicha, Melaniya uning “formati” emas.
Albatta, Melaniya Tramp hozir butun olam obyektiv va telekameralarining nazarida bo’ladi. Nima bilan shug’ullanishini va amerikaliklarga yoqish yoqmasligini vaqt ko’rsatadi. Lekin uning ikkita sud ishini amalga oshirtirganiga qaraganda, u bilan zerikib qolmaymiz.
Сообщения из Facebook