XXI asrning sharq go’zallari faqatgina paranjida yurmaydi. Ular o’zlarining stili, latofatli go’zalligi va qiziqarli hayoti bilan lol qoldiradi.
Raniya al-Abdulla
Iordaniya qirolichasi, qirol Abdalla II ning rafiqasi va shahzoda Husaynning onasi. Raniya instagramdan faol foydalanadi, yaqin sharqda ayollar huquqi uchun kurashadi va an’anaviy kiyimlarni o’zgartirish uchun namoyishlar qiladi. Qirolicha Giorgio Armani kiyimlarini yoqtiradi va moda jurnallariga sur’atlarga ham tushadi.
Amira at-Tavil
Saudiya Arabistonining malikasi o’z mamlakatidagi reformalar uchun ochiq namoyishlar o’tqazadi va o’zining na’munasida – qonun va stereotiplar emas, ko’ngil aytganidek yashash kerakligini isbotlaydi. Amira AQShda oliy ma’lumot olgan,avtomobil haydaydi va xattoki, turmush o’rtog’I bilan ajrashgan. Hozir malika “Alwaleed Philanthropies” ehson fondini boshqaradi
Dina Abdulaziz al-Saud
Musulmon dunyosining eng stilli malikasi, Saudiya Arabistonining va Qatar poytaxtining bir necha moda butiklari boshlig’i. 2016 yilda Dina Vogue Arabia jurnalining bosh redaktori bo’ldi. Feshn sanoatiga bo’lgan muhabbatiga qaramasdan, malika oila davrasida vaqt o’tqazishni yoqtiradi va uchta bolaning onasidir.
Moza bint Naser al-Misned
Avvalgi Qatar Amirining ikkinchi ayoli va mamlakat boshqaruvchisining onasi. Moza Qatarning ta’lim, ilim va jamoat rivojlanish fondining boshlig’I va YUNESKO vakili. U erkin OAV rivojlanishi uchun kurashadi. Yetti farzandning onasi.
Xayya bint al-Huseyn
Iordaniya qirolining singlisi va Dubay sheyxi Muhammad ibn Rashid al-Maqtumning rafiqasi. Oksfordda ta’lim olgan. Xayya hayriya bilan shug’ullanadi va BMT vakili. Ot sporti bilan qiziqadi.
Lalla Salma
Marokko qiroli Muhammad VI ning ayoli. Ushbu ayol maroko qirolligining yuzini ochgan ayollaridan birinchisi bo’lgan va o’zining zamonaviy axborot tizimlari muhandisi kasbi bilan maqtansa bo’ladi.
Fatima Kulsum Zohar
Saudiya Arabistonining qirolichasi o’ziningshaxsiy hayotini sir saqlashni ma’qul ko’radi. Ommada kamdan-kam ko’rinadi, biroq biroz vaqt Facebookda o’z sahifasi bo’lganligi bilan ko’pchilikni lol qoldirdi.
Boshqa sharq go’zallari kapi zamonaviylashmasdan, Fatima an’analarga sodiq qolishga qaror qildi.
Maita bint Muhammed ben Rashid al-Maqtum
Dubay sheyxi Muhammad bin Rashid al-Maqtumning qizi. Bu qiz shunchaki sportga qiziqmaydi,u BAA ning karate bo’yicha terma jamoasi kapitani. U o’zining ko’plab yutuqlari bilangina emas, balki oshiqlari soni bilan ham maqtansa arziydi.
Dana al-Xalifa
Modaga qiziqadigan malika. U The Overdressed blogini olib boradi va Instagram yulduzi hisoblanadi. U o’zining g’ayrati bilan dunyoning minglab qizlarini ilhomlantiradi.
Сообщения из Facebook