
6,326
просмотров
просмотров
Aytilishicha, oyna – bu o’zga duynoga kirish yo’li, va aynan shuning uchun u uy interyerida nafaqat bir jihoz sifatida baholanishi, balki uning xo’jayinining o’ziga xos ko’rsatkichi bo’lishi lozim. Hayotimizda juda ko’p oynalar uchraydi, ammo o’z ismiga ega bo’lgan bu uy interyerining odatiy jismini kamdan-kam uchratish mumkin.

Mo’jizaviy Bagua oynasi
Bu noyob jism bir necha vaqtdan buyon tashqaridan kelayotgan salbiy energiyani aks ettirish xususiyati bilan mashhur bo’lib kelmoqda. Bagua oynasi fen-shuy oqimi havaskorlari uchun eng kuchli instrument hisoblanadi, uni Forma ezoterika do’konida sotib olish mumkin. Oyna chetlaridagi alohida qismlari bilan birgalikda ijobiy energiya toshqini kirishi va salbiy energiya neytrallanishi uchun maxsus portal ochib beradi. Ammo bu kabi kuchli jism o’z sirlariga ega, va oqim davomchilari bu sirlarni oshkor qilishga unchalik ham shoshmayaptilar. Faqat shu ma’lumki, bu oynada o’z aksini odam ko’rishi mumkin emas. Bagua oynasidan noto’g’ri foydalangan holda, atrofdagi energiyaga zarar yetkazish mumkin.
Sirli xitoy oynalari
Xitoy qadimgi zamonlar sirlari va topishmoqlariga juda boy va unda topilgan bronza oynalari bunga yorqin misol bo’la oladi. Bronza oynalari siri ustida ko’p mamlakatlarning daho olimlari kurashmoqdalar, ammo haligacha natijasiz. Bu sayqal berilgan bronzali disklar qadimgi xitoy qabrlarida topilgan. Ularning bir tomoni jismlarni sal aks ettirardi, ikkinchi tomonini esa yaxshilab xitoy yozuvlari va sirli belgilar bilan bezashgan.

Yata-no-kagami bronzali oyna
Yata-no-kagami nomi sozma-so’z tarjima qilinishida “9 pudli oyna” deb eshitiladi, ya’ni ulkan mis oyna. Afsonaga ko’ra, oyna qarmoq bo’lib xizmat qilishi uchun yaratilgan. G’ordan esa qandaydir no’malum odamni emas, xafa bo’lib, Ama-no-Ivato grotida yashiringan go’zallik ma’budasi Amaterasuni o’zginasini chaqirib olish kerak edi. Va bu ish o’z natijasini berdi. Ma’buda o’z aksiga qaradi-da, shu paytning o’zida barcha g’amlar bizni tark etdi va olamga quyosh nuri yana qaytdi. Aytishlaricha, o’shandan buyon Yata-no-kagami oynasi ma’buda aksini eslab qoldi va hozirgacha saqlab kelmoqda.
Chellini mo’jizakor oynasi
Har bir go’zal qizning billur orzusi doimo yosh va nihoyatda maftunkor bo’lishdir. Ko’p sonli qizlarning eng oliy orzusi – ularning orzularini ro’yobga chiqaradigan mana shu mo’jizakor predmetni qo’lga kiritish edi. Afsonaga ko’ra, mo’jizakor oyna qobiliyatli yaratuvchi Benvenuto Chellini tomonidan yaratilgan. Bu mo’jizaning birinchi sohibasi Diana de Puatye, undan 20 yosh kichik bo’lgan Fransiyada16 yuzyillikdagi qirolining sevgilisi edi. Hozirgi kungacha aynan shu mo’jizakor oyna hukmdorning yagona va sevikli ayolining eng kuchli yordamchisi bo’lgan deb hisoblanadi. Chellini oynasi ayolgan so’nmas chiroyni, hamda erkaklar orasidagi taniqlilikni in’om etdi.
Сообщения из Facebook