Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari
Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari
“Jodu” so’zi bizning e’tiborimizni bolalikdan o’ziga tortib keladi. Ko’p odamlar o’zlarini “jodugar” deb ataydigan insonlar yaratgan mo’jizalarni ko’rganlar. Avvallari “jodugar yoki sehrgar” deb o’zini tanishtirish modada edi, hozir esa, illyuzionist so’zini ishlatishadi.
Veba-Aner – Vestkarda eslatib o’tilgan yana bir buyuk jodugar. U mo’jizali tarzda krokodilning qo’g’irchoq haykalini haqiqiy alligatorga aylantira olgani bilan mashhur bo’lgan. Adabiyotda fokuschilar haqidagi birinchi eslatmalar 16 asrdan boshlangan. T. Folengo o’zining “Makaronada” asarida Bokkal de Bargamoske haqida aytib bergan.
Avval bosh kesilib, keyin qaytib birlashtiriladigan fokuslarni Italiyalik fokuschi Balduchchi amalga oshirgan. O’z amalida u tirik xo’rozdan foydalangan, ya’ni uning boshi avvaliga qanoti ostida bog’langan holda saqlagan. Uning o’rniga bo’yinga boshqa xo’rozning boshi bog’lab qo’yilgan. Fokuschi xo’rozga chopishni buyurgan, boshini “kesgan” va hamma joy qonga belangan. Keyinchalik u ushbu kesilgan boshni qiziqqon tomoshabinlarga ko’rsatgan. So’ng u qushni ustida yopgan, qanot tagida yashirilgan boshni ochgan va kesilgan boshni yashirgan. Oxir oqibatda, xo’roz hech narsa bo’lmagandek turib, yugurib yurgan.
Shlyapaning ichidan chiqayotgan quyon fokusini ko’pincha klassik fokus deb hisoblashadi. Biroq, bu usul unchalik ko’p qo’llanilavermaydi. Aytishlaricha, bu fokusni birinchi bo’lib ko’rsatgan fokuschi Genri Anderson hisoblanadi, va u buni 1830 yillarda bajargan. Fokuschi uchun shlyapa kabi narsani osonlikcha fokuslar va illyuziyalar do’konida topish mumkin.
Genri Rolteyr (1853-1910) o’zining velosipeddagi usullari, u velosiped orqali havoda uchgan va “o’lik tugun” ni amalga oshirgan usullari bilan mashhurdir. Keyingi amalida Roylter avtomashina ichida o’tirgan haydovchi bilan birgalikda uning levitatsiyasi usulini amalga oshirgan, va aynan shu amali uchun u dunyoning eng buyuk fokuschilari qatoriga kiritiladi.
Bajarilgan fokuslarning birortasi ham, hatto yordamchilar ishtirokida bo’lsa ham, favqulodda holatlarga olib kelmagan.
Goreys Goldin (1873-1939) bajargan “ayolni arralash” fokusi vaqtida bino atrofida “agar mabodo arra sirpanib ketsa” degan yozuvi bor tez yordam aravasi kutib turgan.
Taniqli Hindistonlik Sorkar jodugari bilan Buyuk Britaniyalik minglab tomoshabinlar maftun bo’lishgan. U yordamchi qizni arralash jozibali tomoshasini ajoyib tarzda ko’rsatgan. Dastur tugashi bilanoq, ko’p sonli tomoshabinlar qizning sog’ligi haqida qiziqishgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook