Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari
Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari
“Jodu” so’zi bizning e’tiborimizni bolalikdan o’ziga tortib keladi. Ko’p odamlar o’zlarini “jodugar” deb ataydigan insonlar yaratgan mo’jizalarni ko’rganlar. Avvallari “jodugar yoki sehrgar” deb o’zini tanishtirish modada edi, hozir esa, illyuzionist so’zini ishlatishadi.

Kris Endjel (AQSH)

Kris Endjel (AQSH)
Bu ko’p qirrali qobiliyat egasi 1967 yilda dunyoga kelgan. Endjel nafaqat ajoyib illyuzionist, balki muvaffaqiyatli musiqachi shuhratini qozongan. Sehr dunyosi Krisni, boshqa ko’pgina fokuschilar singari bolalikdagi karta fokuslariga qiziqtirgan kabi, uni ham qiziqtirib qo'ygan. Illyuziya dunyosidagi shuhratini u yer yuzi ustidan uchish, odamlar cho’miladigan va dam oladigan basseyn ustida yurish kabi tryuklari bilan qozongan. Fokuslar haqidagi bir qator teledasturlarning qatnashchisi. O’z tomoshalari va fokuslarining ba’zilari sirlarini aks ettirgan kitob ham yozgan.

Siril Takayama

Siril Takayama
U 1973 yilda Gollivud, shtat Kaliforniyada tug’ilgan. Fokuschi bo’lib ishlashni, Gollivuddagi sehrli qasrdagi yoshlar uchun ta’lim dasturiga yozdirilganida, ya’ni12 yoshida boshlagan. Uning sehrli namoyishlari Yaponiyada juda mashhur, biroq, dunyoviy shuhratiga u internetdagi Youtube roliklari sababli erishgan. O’zingiz ham tomosha qilib ko’ring, nu juda qiziq!

Lens Barton (AQSH)

Lens Barton (AQSH)
Taniqli fokuschi 1960 yilning 10 martida tug’ilgan. Fokuschilar shousida yoshligidan qatnashib kelmoqda. 5 yoshli bo’lganida, namoyishlardan birida yordamchi sifatida qatnashgan, va shundan so’ng uning taqdiri hal qilindi va abadiy illyuziya bilan bog’lanib qoldi. U o’z dasturi bilan Las-Vegasda chiqadi va o’z dasturiga umuman pul ayamaydi. Ammo, ko’pilarning fikriga binoan uning eng yaxshi fokusi, bu u ko’chaning o’rtasida turgan holdan qandaydir mo’jiza bilan hech qayerdan kabutarlarni keltirib chiqarishi hisoblanadi.
Barton o’z mahoratini Ronald Reygan va Yelizaveta II oldida ko’rsatgan. Aynan uning shousi uchun ataylab teatr qurilgan, va Lens Barton o’sha yerda o’z sehrini namoyish etib kelmoqda.

Garri Blekstoun (AQSH) (1885-1965)

Garri Blekstoun (AQSH) (1885-1965)
Zamonaviy illyuziya olamiga kirgan birinchilardan bo’lgan Blekstoun 1885 yilning 27 sentyabrida tug’ilgan. Uning yaratmalari va fokuslari hozirgacha ishlatib kelinmoqda. Uning shousining eng oliy qismlaridan biri sahnada va tomoshabinlar zalida ko’p sonli gullarning paydo bo’lishidir. Va albatta, sahna bo’ylab uchib yurgan va o’z-o’zidan, hech qanday simlarsiz yongan lampochka ham juda taniqli shoularidan biridir. Garri Blekstoun 1965 yilda vafot etdi, ammo uning ba’zi fokuslari hozirda ham zamonaviy sehrgarlar tomonidan ishlatib kelinmoqda.

Penn va Teller

Penn va Teller
Bu ikkita amerikalik Fokuschi o’z shoularida illyuziya va ko’p sonli kulgu va hazillarni birlashtirgan. Ular tryuklarining eng taniqlisi bu o’q otilishi va uni tishlar bilan ushlash edi, va ular buni dunyo bo’ylab ko’pgina sahnalarda ko’rsatib kelishgan. Bu focus qiziqchilar duetining yuzi edi va ular ijrosida bu usul kichik detallarigacha yaxshilab ishlab chiqilgan edi. Shuningdek, Jilett va Teller turli television shoularda, nafaqat fokuschilar balki qiziqchilar sifatida ko’rinishlari bilan taniqlidirlar.

Devid Verner (Kanada) (1894-1992)

Devid Verner (Kanada) (1894-1992)
Ko’gina bugungi fokuschilar va illyuzionistlar ustozi va “professor” 1894 yilning 11 iyunida tug’ilgan. Zamonaviy illyuziya olamining rivojlanishiga bo’lgan uning hissasini haddan ziyod baholash qiyin. Ammo uning hayotidagi eng asosiy yutuq bu Garri Gudini ustidan g’alaba qozonishidir, chunki u shunday qilib Vernerning “Ambitsiyali kartalar” fokusi sirini ocha olmadi. Verner, balkim tarixdagi eng zo’r kartali fokuschi bo’lsa kerak, va u o’z mahoratini hayotining oxirigi kunlarigacha takomillashtirib kelgan. Uzoq va qiziqarli hayot kechirgan va 98 yoshida, 1992 yilning 21 avgustida halok bo’ldi.

Mo’jizaviy qizaloq Nin

Mo’jizaviy qizaloq Nin
U “Janubi-sharqiy Osiyoning birinchi professional ayol-sehrgari” unvoniga erishgan yagona jodugardir. U 5 yoshligida Devid Kopperfild shousidan ilhomlangan. Ninga erkak-illyuzionistalning mo’jizaiy namoyishlarida ayollar passiv rollarni, shunchaki “rekvizit” sifatida o’ynashlari yoqmas edi va bu unga o’z qobiliyatlarini rivojlantirishga istak ato etdi. Endi u Singapurlik J C Sum ismli juda mashhur illyuziyachi bilan gastrollarga borib turadi. Nin imkoni bo’lmagan narsalarni turli shoularning jonli efirida bajargan, shu navbatda 90 soniya ichida qulflar, zanjirlar, qo’lbog’ichlardan ozod bo’lib chiqqan, va bunda u 13 ta tikanli yotoq ustiga tushishi kerak bo’lgan qafas ichida bog’langan holda yotgan. 2009 yilda Nin va J C 5 daqiqa ichida 15 ta buyuk illyuziyani amalga oshirib jahon rekordini belgilashgan.

Devid Bleyn (AQSH)

Devid Bleyn (AQSH)
Bu hammaga mashhur illyuzionist 1973 yilda Bruklin, Nyu-Yorkda tug’ilgan. Uni yolg’iz katta qilgan onasi sil kasalligidan 1994 yilda, Devid 21 yoshda bo’lganida vafot etgan. Shu vaqtdan beri u ko’proq kuchini illyuzionist ishiga bag’ishlagan. U o’z kassetalarini “ABC” telekanaliga yuborgan va birozdan so’ng u o’z shousi “Devid Bleyn: Ko’chadagi sehr” ga egalik qildi, va u tomoshabilar qalblarida katta iliqlik tug’dirdi. Uning eng taniqli tryuklaridan biri “Vaqtda qotgan”, ya’ni unda Devid muzlagan muz parchasida 72 soat ichida o’tirgan. Shu bilan birga “Bosh aylanishi” usuli, va unda Devid 30 metrli ustunda 35 soat davomida turgan.

Tarixga ozgina nazar solaylik..

Illyuziya san’ati haqida ma’lumotni o’zida saqlagan birinchi hujjat, bu Vestkar nomli qadimiy misrlik papyrus hisoblanadi. Uning bunday nomi boshida u joylashgan kongressning egasi nomiga atab nomlangan. Bu hujjat m.a. 2900 yilga tegishli bo’lgan an’analarni o’z ichiga oladi, o’sha zamonlarda fir’avn Xufu hukmdorlik qilgan. Ba’zi bir hikoyalarda yozilishicha, Djedi ismli hayvonlar murabbiyi kesilgan g’oz boshini qayta tika olgan, shuningdek, xavfsizlik arqonlarisiz orqasidan kelayotgan sherni boshqara olishga qodir bo’lgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook