Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari
Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari
“Jodu” so’zi bizning e’tiborimizni bolalikdan o’ziga tortib keladi. Ko’p odamlar o’zlarini “jodugar” deb ataydigan insonlar yaratgan mo’jizalarni ko’rganlar. Avvallari “jodugar yoki sehrgar” deb o’zini tanishtirish modada edi, hozir esa, illyuzionist so’zini ishlatishadi.
Hamma ham uni takrorlay yoki haqiqiy mo’jiza qanday sodir bo’lishini tushunishga ham ojiz. Quyida – tomoshabinlarni chindan ham o’z qobiliyatlari bilan hayratlantiruvchi eng mashhur sehrgarlar ro’yxati ko’rsatilgan.

Garri Gudini (Vengriya, AQSH) (1874-1926)

Garri Gudini (Vengriya, AQSH) (1874-1926)
Barcha zamonlarning buyuk illyuziyachisi, o’z vaqtidan yuz yillarga ilgarilab ketgan inson 1874 yilning 24 martida tavallud topgan. Yoshligidan fokuschibo’lishni istagan va kichik yoshida allaqachon kartali fokuslarda o’z mahoratini ko’rsatib kelgan va yigitcha ishtirok etgan bayramlardagi tomoshabinlarni hayratda qoldirgan. Garri Gudini bu Erix Vays tomonidan yoshlikda olingan taxallusdir. O’z mashhurligini esa Gudini kartali fokuslar uchun yoki o’z jismoniy holati uchun emas, balki hozirgi kungacha o’z aktualligini va yoqimliligini yo’qotmagan ko’pgina usullarni bajarganligi uchun sazovor bo’lgan.
Gudini, uni zanjirband qilib ko’prikdan tashlashlari, hech qanday havo yo’q, yerdagi yog’och quti ichiga ko’mishlari kabi usullarni bajargan va illyuziyachi bularning barchasidan chehrasida kulgi bilan chiqqan. Uni dunyoning eng mustahkam qamoq va kameralarga qamashgan, ammo u deyarli bir necha daqiqa ichida ular ichidan chiqqan, shuningdek, uni bog’lagan holda ichi qo’la suv qutilarga boshi bilan pastga qaratib tushirib qo’yishgan, o’shanda unda o’limdan o’zini qutqarish uchun qandaydir 2-3 daqiqalar bo'lgan.
Bu uning dunyo sharining turli nuqtalarida ko’rsatgan usullaridan bir qismi xolos. Shunday afsona ham borki, Gudini butun olamni ming yillar davomida boshqarib kelayotgan masonlar ordeni qatnashchisi bo’lgan emish. Garri hech kimga o’xshamaydigan inson bo’lgan, turli fokuschilar va illyuzianistlarning sirlarini ochib bergan. Uning ko’pgina namoyishlari siri haligacha topilmagan. Gudini deyarli yuz yil oldin vafot etgan, ammo uning shaxsi bugungacha to’liq o’rganilmagan.

Dante

Dante
U, undagi qobiliyatni sezib, boshqa fokuschilar o’zlariga o’quvchilikka olgan birinchi fokuschilardan biri edi. Uning o’limidan keyin, odamlar uning o’limini “oltin jodu asrining oxiri” deb atashdi. U 1883 yilda Kopengagenda tug’ilgan, 1955 yilda Kaliforniyada sirli tarzda halok bo’ldi. Ba’zilar uning o’limi sababini – yurak xuruji deb aytganlar.
Uning haqiqiy ismi – Harry August Jansen. Siz “Sim Sala Bim” so’zini Akopyan o’z bolalar shousida o’ylab topdi deb o’ylaysizmi? Yo’q, bu so’zni Dante o’z tomoshalariga sirli hissiyotni qo’shish va tomoshabilar fantaziyasini qo’llab-quvvatlash uchun ishlatgan. Keyinchalik bu so’zlarni boshqa fokuschilar va illyuziyachilar nusxalashgan va o’z tomoshalarida undan foydalanishgan. U butun dunyo bo’lyab, 24 ta dan 35 ta gacha artistlar ishtirokidagi truppa bilan gastrollarga brogan. O’sha zamonda u dunyo bo’ylab “Dante sehrgar” nomi ostida mashhur bo’lgan.

Devid Kopperfild (AQSH)

Devid Kopperfild (AQSH)
Haqiqiy ismi “Devid Set Kotkin”. U Nyu-Djersida 1956 yilning 16 sentyabrida tug’ilgan. Juda taniqli illyuzionist, sehrgar bo’lgan, uning shoulari televizor ekranlari oldida millionlab tomoshabinlarni yiqqan. U illyuzionist ishini 12 yoshdan, amerikalik illyuzionistlar jamiyati orasida shuhratni qozonganida boshlagan, 16 yoshida esa Nyu-York Universitetida “sehr mashg’uloti” dan dars bergan. U Emmy ning 21 ta sonvirini qozongan va shuningdek, “Yuzlillik sehrgari” va “Mingyillik sehrgari” degan nomlar ostida tanilgan.
U “Buyuk Xitoy devori orasida o’tish”, “Ozodlik Haykali yo’qolishi”, “Niagara sharsharasida yonayotgan kemadan qochish” kabi usullari bilan ko’p kishiga mashhur. Devid Kopperfild shoularini Rossiyada ko’rsatishgan, balkim, ko’p kishi ayni telezion shou paytida jonli efirda sahna ustida uchganini, hamda u taklif qilgan belgilar orqali ekran oldida o’tirgan tomoshbinlar bilan muloqot qilganlarini eslasa kerak. So’zsiz, Devid Kopperfild o’z zamonining buyuk illyuzionisti, va uning ismi doimiy ravishda sirlar, mo’jizaviy fokuslar va tryuklar bilan bog’liq, va u bugun ham hammani hayratda qoldirib kelmoqda!

Uri Geller (Isroil)

Uri Geller (Isroil)
Geller mashhurlikka turli xildagi teleshoular va butun dunyoni aylanib chiqqan gastrol safarlari sababli erishgan. Jodu av illyuziya san’atidagi uning asosiy yutug’i bu uning Angliyadagi ishi, ya’ni dunyodagi va qirollikdagi eng dong’i ketgan soat Big-Benni biroz vaqtga to’xtatgani bo’ldi. Shu bilan birga Geller osonlik bilan temir jismlarini bukkan, rasmda nima tasvirlanganini unga qaramasdan ayta olgan. Bugun 68 yoshli isroillik konsert faoliyatini to’xtatgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook