Xattoki, kichkina balkoncha ham o’z uyingizda hashamatli yashash uchun imkon yaratishi mumkin – shunchaki yaxshilab joylashib olib, qaynoqqina qahva bilan yulduzlarni tomosha qiling.
Muhimi – manzara
Agar siz tog’larni tomosha qila oladigan bo’lsangiz yoki Eyfel minorasiga qarab nonushta qilasngiz, hech bo’lmaganda tungi shahar chiroqlarini tomosha qilsangiz unda o’lchamlarning umuman ahamiyati yo’q.
Xattoki eng kichik balkon ham yashil o’simliklar bilan qiziqroq bo’ladi, ayniqsa yashil dasturxon ham bo’lsa.
Eyfel minorasining manzarasi bo’lmasa ham, balkoncha aholi turar joylariga qaragan bo’lganda ham, bunday yasatish bilan e’tiborni jalb qilgan bo’lardi. Bu yerda dizayn qizil rangga asoslangan, qizil tomcha, qizil o’rindiq va qizil gular.
Jannat burchagi.
Quyoshli kunlar – balkonchada bog’ yaratishning ayni mahali.
Agar joyingiz bo’lsa, balkonda mini issiqxona yaratishga harakat qilib ko’ring. Pomidor yetishgan vaqtida ushbu maslahatimizga rahmat aytasiz.
Tunda kichik chiroqchalar balkoningizni romantik joyga aylantirib qo’yadi. Masalan, qog’ozli yoritgichlar bilan. Chiroqchalar qimmat bo’lishi shart emas. Hamyonbop narsalardan foydalansangiz bo’ladi. Bu xatto to’g’ri atmosfera yaratishga yordam beradi.
Yorqin ranglar. Dizaynda yorqin ranglar ishlatilishi yashash va dam olish xonalariga mos kelmasligi mumkin, biroq balkonchada ajoyib ko’rinadi, bayram kayfiyati esa yomg’irli kunlarda ham tark etmaydi.
Gilamcha va yostiqlar balkonlarda kam ishlatiladi, lekin aynan ular uni ajoyib bezaydi.
Osoyishtalik orzusi.
Shovqinli shaharda o’zingiz uchun qulaygina makon yaratish juda ham maroqli. Balkonchada dam olib, kitob o’qib, atrofingizdagi olamni kuzatishingiz mumkin.
Kitob javonini qayerga qo’yishingizdan qat’iy nazar, u ko’rkamlik bag’ishlaydi.
Butun balkonni yotoqqa aylantirish ajoyib fikr. Dam olish kafolatlangan.
Сообщения из Facebook