Qiziqarli dunyo: Erta – dunyodagi eng katta aylanadigan globus
Qiziqarli dunyo: Erta – dunyodagi eng katta aylanadigan globus
Erta (“Eartha”) nomli dunyodagi eng yirik aylanadigan globus, DeLorme kartografiya ishlab chiqarish kompaniyasi bosh ofisida joylashgan. Globus AQShning Men shtati,Yarmut shahrida, Portlenddan shimolroqda taxminan 15 daqiqalik masofada joylashgan.
Katta Yer Globusi 12,5 metr diametrli va ikki yarim tonnani tashkil etadi. U shunchalik kattaki, shimoliy yarim sharni ko'rish uchun zinadan uchinchi qavatga chiqish kerak.
1999 yilda Ginnesning Rekordlar kitobi bu butun dunyo bo’yicha yaratilgan eng katta globus ekanligini tasdiqladi. Avvalgi rekord egasi Italiyaning Pesaro shahrida joylashgan "Globe of the World" edi, ammo uning o'lchami 9 futdan kamroq edi. Yer shari uch qavatli shishasimon atriumda joylashgan bo'lib, kechasi juda chiroyli va 1 AQSh yo'nalishidan yaxshi ko'rinadi.
Globus Erta 1998 yilda namoyish etilgan va ikki yil davomida qurilgan. Uning masshtabi 1: 1 mln., ya'ni uning yuzasidagi bir millimetr Yer yuzidagi bir kilometrga to'g'ri keladi. Bu quruvchilarga yo'l tarmoqlari, shahar va tuman joylari kabi ko'plab tafsilotlarni kiritishiga imkon berdi, shuningdek, ko'plab foydali ma'lumotlarni taqdim etdi. Sirtdagi tasvirlarni qo'llash uchun ma'lumotlar bazasi taxminan 140 gigabaytni tashkil etdi. Bular 1998 yil uchun, Google Xaritalar hali kashf qilinmagan vaqtda rekord raqamlar edi.
Globus 6000 dan ortiq alyuminiy quvurlarga o'rnatilgan bo'lib, u 792 ta karton bilan qoplangan. Ko'p globuslar singari, Erta 23,5 graduslik burchakka o'rnatilgan – Yerning o’zi ham aynan shu burchak ostida egilgan. 18-daqiqada butun globusni asta-sekin aylantiradigan ikkita motor bilan ishlatiladigan konstruksiyali dizayn bo’yicha qruilgan. Tezlikni to'liq aylanishigacha atigi bir daqiqa ichida oshirish yoki bir soatgacha sekinlashtirish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook