Dunyodagi ko’pgina shaharlar singari hind shaharlarida ham daydi kuchuklar odamlar yonida yashaydi. Biroq Hindistonning katta muammosi kuchuklar emas, balki sigirlar. Har oy sigirlar minglab yo’l transport hodisalariga sabab bo’lishadi, harakatni berkitib qo’yishadi va kasallik tarqatishadi.
Hokimiyat allaqachon muammodan xabardor, biroq hech kim bu muammoni qanday yechishni bilmaydi chog’i.
Daydi sigirlar hind shaharlarining hayotini bir bo’lagi bo’lib kelgan, ammo infrastruktura rivojlanib avtomobillar ko’payishi bilan, muammolar ham ko’payib bormoqda. Shahar sigirlar avtotransport harakatidan qo’rqmaydi, shu sababli ularni ko’pincha yo’lning qatnov qismida yurganini ko’rishingiz mumkin. Ularga kuch ishlatish mumkin emas, chunki sigirlar hindlar uchun muqaddas hisoblanadi, shu sababdan odamlar muammolarga qaramasdan g’azablarini ushlab turishlari kerak.
Hindistonda boshpanasiz molar borligi hind mamlakatida ularning muqaddasligidandir. Ularni so’yish davlatning ko’p qismida ta’qiqlangan, shu sababli sigir yoki buqalar foyda keltirmay qo’ysa yoki moliyaviy zarar keltira boshlasa, egalari shunchaki ularni ko’chaga qo’yib yuboradi. Bu shunchalar ko’p sodir bo’ladiki, hind ko’chalaridagi mol soni milliondan ham oshib ketgan va juda tez o’sib bormoqda.
Sigirlarni Nyu Dehli kabi katta shaharlarda ham ko’rishingiz mumkin. Ular baxtsiz hodisalar chaqiradiva harakatga to’sqinlik qiladi, ammo eng xavfli mahal bu tunda. Tez harakatlanayotgan haydovchilar, tunda sigirlarni ko’rmay qolishi mumkin va to’qnashuvlar ko’pincha o’limga olib keladi. Panjom hukumatining aytishiga ko’ra oxirgi 30 oy ichida 300 ta odamning o’limiga sabab bo’lgan. Bu faqatgina bir shtatda.
Lekin yo’l harakati va tirbandlik sigirlar chaqiradigan 2 muammo. Ularning ko’pchiligi sog’lom ko’rinsada, aslida ular kasal va suv orqali yuqadigan xavfli kasallik tashuvchisidir. Asosan bu sigirlar axlatdan ovqatlanadi, shu sababli ularning suti va go’nglari ko’plab antibiotic, garmonlar va og’ir metallarga bor va odamlarda turli kasalliklar chaqirib, o’limga sabab bo’lishi mumkin.
Yana bir muammo – Hindistonning katta shaharlaridagi noqonuniy sut zavodlaridir. Boshpanasiz sigirlarning kasallangan sutlarini, aholining kambag’al qatlamiga arzon narxda sotishadi. Ular sigirlarni boqmaslik uchun ataylab ko’chaga chiqarib yuborish bilan birga, siyosiy aloqalarga ham ega bo’lib, sigirlarni boshpanalardan ham chiqartirib yuborishi mumkin.
Hozirgi kunda sigirlarni tutish hind shaharlarida sigirlarga qarshi kurashda yagona yechim. Bazida bu ish bilan shug’ullanadigan odamlarni shahar kovboylari deb atashadi. Ularning quroli lasso va kuch: ular sigirlarni tutib, yuk mashinasiga ortib, to’lib ketgan sigirlar uylaridan biriga olib boradi.
Kovboylarga xavfni faqat sigirlar yoki qutirgan buqalar emas, odamlar ham yaratadi. Agar kovboylar uzoq vaqt sigirni tuta olmasa, yoki kuch ishlata boshlasa, sabirsiz haydovchilar kovboylarni toshbo’ron qilishlari mumkin, sabab sigirlar muqaddas hisoblanishi.
Tutuvchilar shahar ko’chalarini kuchlari boricha daydi sigirlardan ozod qilmoqchi, biroq yaqinda ularda sigirlarni olib borishga joy qolmaydi. Nyu Dehlidagi eng katta sigirlar boshpanasi egasi Ranjera Singx Shexavat so’zlariga qaraganda, uning xo’jaligi to’lib ketgan va boshqalarda ham xuddi shunday muammo bor. Sigirlar ko’payib bormoqda va yo’llarni egallab olmoqda. Hukumat daydilardan shaharni ozod qilish kompaniyalari e’lon qilmoqda, biroq hozirda ham ko’chalarda 5 million hayvon mavjud.
Сообщения из Facebook