Qiziqarli faktlar: Marokko mamlakati haqida hayratlanarli faktlar
Qiziqarli faktlar: Marokko mamlakati haqida hayratlanarli faktlar
Xaritaning sharqiy yarimsharida, Afrika qit’asining shimolida hayratlanarli bir mamlakat – Marokko joylashgan. Unning yerida turib, bir vaqtning o’zida ham Afrika, ham Yevropada bo’lish mumkin. Bundan tashqari, bu mamlakatda yana bir qancha qiziqarli narsalar bor.
Xo’sh, shimoliy Afrikaning issiq quyoshi ostida, bizga eng shirin mandarinlar keltiriladigan mamlakat – qadimgi Marokko alohida e’tiborga loyiqdir. Uni Ispaniyadan atigi 16 km li Gibraltar bo’g’izi ajratib turadi. Marokkolik qirg’oqda turib, qo’shni Ispaniya yo’llari bo’ylab harakatlanuvchi mashinalarni bemalol turib ko’rish mumkin. Shu bilan birga, mamlakat hududida Ispaniyaning ikkita yarimanklavi – Melilya va Seuta joylashgan. Shu uchun, Afrikada tura turib, biz Yevropaga ham borishimiz mumkin.
Ajablanarlisi shu-ki, Marokkoda – issiq janubiy mamlakatda – qishki sport trulari: chang’i, snoubord va boshqalarini rivojlantirishga imkon beruvchi qishni, va shunchalik katta hajmdagi qorni uchratish mumkin. Qorli qavat bu yerlarda dekabrdan aprelgacha turadi. Shuning uchun Marokko sayohatchilarni dam olish uchun yilning turli fasllarida taklif qiladi.
Qirollik hududida dunyodagi eng qadimgi universitet – Al-Karauin joylashgan. Uning ochilishi 856 yilga borib taqaladi. Ta’lim maskanining asoschisi – arab savdogarining qizi Fatima al-Fixri hisoblanadi. Qadimgi odatlarga ko’ra, arab universitetlari ta’lim olish jarayonini o’qituvchilar talablariga moslashtirishgan, va uni tugatgandan so’ng universitet nomi yozilgan diplom berishmagan. Faqatgina 1947 yilda Al-Karauin, uni yevropaliklar tushunchasiga ko’ra, shu nom bilan, ya’ni universitet deb atashgan.
Marokkodagi tabiat shunchalik noyob va takrorlanmaski, u o’ziga qadimgi zamonlardan buyon kinematografchilarni jalb etib kelgan. 60- yillarda “Araviyalik Lourens” o’sha yerda suratga olingan, natijada – 1983 yilda hatto “Atlas” nomli dunyodagi eng yirik kinostudiyalardan biri ochilgan. Marokkodagi peyzajlarda eng zo’r tarixiy filmlar suratga olingan, masalan, “Gladiator”; shu zaminlarda “007: Spektr” va “Taxtlar o’yini” dagi hodisalar suratga olingan.
Marokkoning haqiqiy fuqarolari berberlardir, ularning tillari 2011 yildan ikkinchi davlat tiliga aylandi: birinchisi: arab tili. Berberlarning o’zlariga xos yil davomiyligini hisoblash tizimlari bor, ularning kalendarlari bo’yicha hozir uchinchi mingyillik – 2969 yil tugamoqda. Ammo bunga hech kim e’tiborini jamlamaydi, va mamlakat umumiy kalendardan foydalanib kelmoqda.

Qirollikda bir nechta ta’qiqlar mavjud

Ulardan biri – “nonni tashlash mumkin emasligi”. Uy hayvonlari bor oilalarda, nonni hayvonlarga ozuqa sifatida berishadi. Boshqa ortiqcha non mahsulorlarini esa boshqa biror narsaga, uy uchun foydali narsaga, masalan, idish-tovuq yuvish mahsulotida almashtirishlari mumkin.
Ikkinchi ta’qiq – “rakvinaga issiq suvni quyish mumkin emas”. Marokkandliklar Djinlar haqiqatda ham mavjudligiga ishonishadi, va ular suv quyiladigan joylarda yashaydi deb o’ylashadi. Issiq suv djinni bezovta qilishi yoki jahlini chiqarishi mumkin, va bu uyda paydo bo’ladigan katta noxushliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun, agar qaynoq suvni rakvinaga quyish kerak bo’lsa, parallel ravishda sovuq suvli quvurni ham ochish kerak bo’ladi.
Uchinchi ta’qiq – “go’sht yeyishni inkor qilish”. Marokkoda omadi chopmaydiganlar – vegetarianlar bo’lsalar kerak: Ular aniq rad etishlari bilan xo’jayinni g’azablantirib qo’yishadi. Go’sht va choy marokkandlik va uning mehmoni orasidagi aloqani yaxshilash uchun juda muhim rolni egallaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook