Qiziqarli ixtiro: Belarusiyalik talaba cheksiz quvvatlantiruvchi qurilmani ixtiro qildi va butun jahon bo’yicha uni sotmoqda
Qiziqarli ixtiro: Belarusiyalik talaba cheksiz quvvatlantiruvchi qurilmani ixtiro qildi va butun jahon bo’yicha uni sotmoqda
Belarusiuyalik yigirma yashar talaba noyob qurilma yaratdi, u mobil qurilmalarni istalgan joyda rozetkasiz quvvatlantirishga imkon beradi. Ayyor devays butun jahonni zabt etib bo’ldi, okeanni ikkala tarafida tanilib.

Aylantir-quvvatlantir, qo’l panjasini shug’ullantir.

Aylantir-quvvatlantir, qo’l panjasini shug’ullantir.

Belorus Ilon Mask.

Belorus Ilon Mask.
Ikki yil avval Gomelli beloruss talabasi Mihail Vaga, noyob quvvatlantirish qurilmani ixtiro qildi, uning nomi HandEnergy. O’zingiz fahimlaganingizday, talaba tomonidan itxtiro qilingan ayyor gadjet, mobil qurilmalarni rozetkasiz quvvatlantirish imkoniyatini beradi. Innovatsion qurilma bilan AQSHdan Yaponiyagacha qiziqishdi.

Qoyilmaqom quvvatlantirish moslamasi muskullar kuchidan ishlaydi.

Qoyilmaqom quvvatlantirish moslamasi muskullar kuchidan ishlaydi.
Qurilma ishlab, quvvat berishi uchun, uni qo’lda aylantirmoq kerak. Bunday oson harakatlar yordamida, HandEnergy odam muskullari energiyasini elektr tokiga aylantiradi. Shunday qilib, yangilik nafaqat quvvatlantirish moslamasi, balki yaxshi mashq qiladigan qurilma. Qurilma USB orqali ulanadi.

Juda qudratli.

Juda qudratli.
Gadjet ichida katta bo’lmagan metal rotor bor, u bir daqiqada 4 mingta aylanishni amalga oshiradi. Rotor ichida g’altakni aylanishi 5 volt kuchlanish va 1 amper tokni yaratishga imkon beradi. Buning barchasi mobil qurilmalarni quvvatlantirish uchun yetarli. Ichida shuningdek akselerometr, Bluetooth-uzatgich, USB va MicroUSB portlar, va buni barini ishga tushiradigan plata. HandEnergy ni ichida o’zini akkumulyatori ham bor 1 ming mAs sig’imida. Loyihani hayotga kraudfanding kompaniyasi tadbiq qildi. Loyihani amalga oshirish uchun faqatgina 50 ming dollar kerak bo’lgan, ularni 2 haftada to’plashgan. Hozirgi kunda 114 ming dollardan ortiq to’plandi. Kraudfanding kompaniyasi ikkita maydonchada hozir ham davom etmoqda.

Ergonomik, puhta o’ylangan dizayn.

Ergonomik, puhta o’ylangan dizayn.
Hozirgi kunda gadjet nafaqat tayyor va sinalgan, balki maydaseriyali ishlab chiqarilishga yo’lga qo’yilgan. Quvvatlash modulni birinchi sotib oluvchilar shu oyda olishadi. Shuni ham esda tutish kerakki, qurilma yaxshi shug’illantiruvchi moslama ham! Datchiklar to’plami yordamida HandEnergy foydalanuvchilarga “sport” statistikasini olib borish va uni boshqa sohiblari natijalari bilan solishtirmoq imkonini beradi. Gadjet 80 amerikalik dollar turadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook