Qiziqarli ma'lumotlar: Bu juftlik ishini tashlab sayohatga yo'l oldi. Endilikda hojatxonalarni naqd pul uchun yuvmoqda
Qiziqarli ma'lumotlar: Bu juftlik ishini tashlab sayohatga yo'l oldi. Endilikda hojatxonalarni naqd pul uchun yuvmoqda
Oxirgi bir necha yil davomida bir u yerda bir bu yerda deyarli har kuni yigit yoki qizning, ko'pincha esa, sevishganlar juftligining zerikarli hayotdan, 9 dan 17 gacha ishdan qochib, o'z mulklarini sotib, dunyo bo'ylab bo'ylab sayohatga ketganliklari haqida hikoyalar paydo bo'lmoqda. Ular albatta tarmoqlarga biz yaqin ta'tilimizada bora olmaydigan joylarning antiqa go'zal sur'atlarini joylashtiradilar.
Shanel Karter (Chanel Carter) va Stivo Denbeger (Stevo Dirnberger) lar ishlarini tashlab, dunyo bo'ylab sayohatga yo'l oldilar. Ular shu kabi sarguzashtlarning kulrang realligini yoritib beruvchi How Far From Home nomli blogni olib boradilar. Boshqa doim tabassum qiluvchi va quyoshli blogerlar yashirishni hush ko'radigan reallik.
Shu yilning boshida Janubiy Afrikalik juftlik ko'plab nashrlarning birinchi sahifasiga tushgan edilar. Ular Shanel va Stivo reklamadagi barqaror katta maosh to'lanadigan ishlaridan voz kechib, sayohat qilishga otlanganliklarini yozishgan edi.
Juftlik o'z sayohatini How Far From Home blogida hujjatlashtiradilar. Bu blogning asosiy g'oyasi ular uylaridan qanchalik uzoqqa bora olishlarini bilishdir.
Va albatta, ofisda o'tirgan barcha uchun bu hayajonli orzu bo'lib tuyulishi mumkin.
Biroq, juftlik grek plyajida quyosh botishi fonida yoga bilan shug'ullanmayotgan vaqtligida, ular naqd pul uchun hojatxonalarni tozalashlarini ularning mushtariylari ko'rishlarini istagan edi.
Fosh etuvchi postida Kartel, o'z akkauntidagi sur'atlarga qarab, ijtimoiy tarmoqlardagi sur'atlar ularning sayohatlari haqida barcha haqiqatni ochmasligini tushunganini yozgan.
"Biz dunyo bo'ylab sayohatga chiqishni barchasini glamur fantaziya deb hisoblab, unga chiqish imkonini o'ylayotganlar uchun xech narsani berkitmay, ochiq oydin hammasi to'g'risida gapirib bermoqchi edik".
"Xozirgi vaqtga kelib biz taxminan 135 ta hojatxonalarni tozaladik, 250 kilogram sigirlar axlatini yoydik, 2tonna toshni belkuraklar bilan yig'dik, 60 metr trotuar yotqizdik, 57 ta yotoqni yig'ishtirdik va hatto eslolmayman han qancha bokallarni yuvdik".
"Barcha qulaylik va sarfni biz Yoxannesburgda, uyda qoldirganmiz. Hamda yollanma ishning achchiq haqiqatiga duch kelganmiz. Endilikda biz karyera zinapoyasining qarama - qarshi tomonida turibmiz. Xozir biz hojatxonalarni tozalaymiz, itlar ketidan yig'ishtiramiz, oziq-ovqat do'konlarida merchendayzerlar bo'lib ishlaymiz".
Biroq og'ir mehnatga qaramay Kartel ularga eng zarur bo'lgan narsalar yetishmay turganini yozadi.
"Men qomatim, vaznim va sog'lig'imga e'tibor bermayman. Lekin, deyarli har kuni biz krekerlar bilan jem yeymiz, sal kam 5 soat uxlaymiz, qayerd tunab olish mumkin ekanini qidirib, kechasi soat birda og'ir ryukzaklarni ko'tarib yuramiz".
Lekin, Kartelning so'zlariga ko'ra, ular chekkan zahmatlari, ular olgan tajribaga arziydi. "Millionli loyihalarga javob bergan ishimizni hojatxonalarni yuvishga almashtirganimiz fakti bilan xech nima tenglasha olmaydi. Bu bizni maqtanmaslikka va har kunni u huddi oxirgisidek yashashga o'rgatdi".
"Biz sayohatga yo'l olayotgan vaqtimizda bir birimizga bizning qulaylik zonamizdan juda uzoqqa chiquvchi sarguzashtlarga intilamiz deb va'da bergan edik". Juftlik ularning bloglari boshqalarni ham sarguzasht qidirishga ilhomlantirishiga umid qiladilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook