Qiziqarli ma'lumotlar: Nega biz zebralarni minmaymiz?
Qiziqarli ma'lumotlar: Nega biz zebralarni minmaymiz?
O’z tashqi ko’rinishi bilan zebralar va otlar juda o’xshash. Qadimdan odamlar kundalik hayotda va urushda otlardan yordamchi sifatida foydalanganlar. Bizning tariximizda aynan otlar boshqa hayvonlarga nisbatan eng asosiy rolni o’ynagan.
Lekin nima uchun, agar ot bilan tashqi ko’rinishi shunchalik to’g’ri kelsa, inson zebrani ham o’ziga yordamchi sifatida ishlatishga olmagan? Bundan tashqari, agar zamonaviy odamlar ajdodlari Afrikada kelib chiqqan bo’lsa, nega ular zebralarni o’z ehtiyojlari uchun ishlatib ko’rishga harakat qilishmaganu, Yevrosiyoga borib, otlarni boqishni boshlashgan? Tasavvur qiling bayramona parad va ko’rinishlarda ushbu chiziqli jonivorlar qanday chiroyli ko’rinishar edi!
Barcha muammolar ularni uy sharoitlariga o’rgatishda. Hayvonni uy sharoitlariga o’rgatish uchun u beshta mezonga to’g’ri kelishi lozim: uni o’z hayotingizga zarar yetkazmasdan osongina tuta olish, uni uy sharoitida muammosiz ko’paytira olish, u inson bilan ovqat ustida raqiblik qilmasligi, va nihoyat, bu hayvonlarda aniq iyerarxiya kuzatilishi kerak. Barcha hayvon turlaridan juda kami bu mezonlarning barchasiga bir vaqtning o’zida to’g’ri keladi. Aynan shu sababli sanoatlashtirish asrigacha inson faqatgina bir necha xildagi yirik hayvonlarni uy sharotiga o’rgata oldi. Va zebra bu ro’yxatga kirmaydi.
Otlarga nisbatan, zebralar ayovsiz axloqqa egadirlar, ammo boshida bu boshqacha tuyulishi mumkin. Zebra uning oldiga inson yaqinlashishiga kamdan-kam yo’l qo’yadi, hatto yovvoyi otlarda ham bunchalik emas, zebralar ikki oyoqlilarni ko’rishi bilan qochishni boshlaydi, ba’zi hollarda esa hujum qilishga harakat qiladi, va bu ko’p hollarda inson uchun o’lim bilan tugaydi. Zebralarni uy sharoitiga moslashtirish va xonakilashtira olmaslikning asosiy sababi – bu shu hayvonlarda aniq belgilangan iyerarxiya yo’qligida.
Otlar podasini olib qaraydigan bo’lsak, ular birgalikda yurgan vaqtda poda boshi va uning ketidan yurayorgan otlarni ko’rish mumkin. Zebralar esa podada faqatgina o’z hayoti uchun kurashish sababli yuradi, xuddi baliqlar galasidek. Zebralarda hech qabday aniq iyerarxiya yo’q. Butun bir yovvoyi otlar podasini nazorat qilish uchun insonga atigi ularning bosh otini jilovlasa yetadi, ammo lekin birta zebrani biror bir uslub bilan jilovlaganda ham, qolgan poda shu zahotida tarqalib ketadi.
Albatta, zebralarni jilovlashga urinsa bo’lardi, ammo har safar insonga o’rganish va jonivorning ayovsiz axloqini o’ziga bo’ysundirish uchun o’sha jarayonni har bir hayvon bilan boshidan boshlashga to’g’ri kelgan bo’lardi, va bunga afsuski, qadimgi odamlarning shunchaki vaqti yetmasdi. Lekin biror axloqi yaxshi zebrani boshqa sheriklariga qaraganda, jilovlagan (uy sharoitiga moslashtirish emas!) va uni mingan holda ham, aniqlanishicha, bu hayvonning orqasi, uni minib yurish uchun moslashtirilmagan. Zebralarning umurtqa pog’onasi ulg’aygan odamni ko’tarish va yukni uzoq vaqt davomida tashib yurish uchun juda kuchsiz hisoblanadi.
Ma’lum bo’lishicha, zebralarni uy sharoitiga moslashtirishning umuman iloji yo’q, ba’zilarini esa jilovlashning umuman samarasi yo’q. Biroq, zebralar sayyoramizdagi eng qo’lga o’rgatilgan va yoqimtoy jonivori bo’lganlarida ham, biz uzoq vaqt davomida ularni minib yurishda, shunchaki ularning umurtqa pog’onalarini sindirib qo’ygan bo’lar edik.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook