Ko’pgina madaniyatlarda siniq bergan yoki singan oyna insonni kelajakda baxtsizlik kutishi nishonasidir.
Bu nishona qachon va qanday qilib paydo bo’lgani – aslida noma’lum. Bu XIII asr o’rtalarida Yevropada oyna va shisha ishlab chiqarish sanoati paydo bo’lishining ilk davrlarida vujudga kelgan deb taxmin qila olamiz.
O’rta asrlarda oynalar juda qimmat turgan, shuning uchun hatto o’ziga to’q inson ham uyida faqat bir dona oyna bo’lishi va undan umr bo’yi foydalanish to’gri kelgan. Birinchi shisha jismlar odamlar tomonidan qandaydir noyob va aqli bovar qilmaydigan narsa sifatida qabul qilingan. Ularning yengilligi, nozikligi va shaffofligi to’g’ri ma’noda, bundan oldin faqatgina loydan yasalgan idishlarni ko’rib yurgan odamlarni rosa aqldan ozdirgan. Unga qarayotgan insonning hayratlanarli darajada tiniq aksini ko’rsatadigan oynalar haqida nima desak ekan unda?
Hayratlanarli emaski, oynalarga bo’lgan bunday sirli-bayramona munosabat bilan odamlar insonning shaxsiy oynachasida uning qalbining aksi yashaydi deb hisoblashgan. Singan oyna, uning egasi qalbini ham sindiradi, va bundan shu paytning o’zida yomon kuchlar foydalanib olib, baxtsizga turlicha la’natlarni yo’llashadi.
Odamlar oynaga nima sababdan qalblarini “joylashtirganliklari” qadimgi mifologiyaga borib taqalishi mumkin. Qadimgi greklar, misol uchun, suvdagi o’z akslariga qarab, xuddiki ularga o’z qalblari qarab turganiga ishonishgan – bu to’grisida daryoning bir chetida o’tirib o’zining suvdagi aksiga kunlar davomida termulib turgan, va natijada halok bo’lgan Nartsiss haqidagi qadimgi grek afsonasida eshitish mumkin.
Bugungi kunda oynaning g’ayritabiiy kuchiga kamdan-kam odam ishonsa kerak, ammo singan oyna haqidagi nishona asrlar ichra o’tib kelmoqda, va haligacha butun dunyo bo’ylab odamlarni qo’rqitmoqda.
Сообщения из Facebook