Qiziqarli ma'lumotlar: Xitoyda dunyodagi eng katta aeroport qurilmoqda
Qiziqarli ma'lumotlar: Xitoyda dunyodagi eng katta aeroport qurilmoqda
Pekin shahri chekkasida 2019 yilda dunyodagi eng katta va texnologik aeroport ochilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi aeroport dizayni Zaxa Xadid tomonidan o’ylab topilgan, uning futuristik arxitektura loyihalari butun dunyoga mashhur.
Ishlab chiquvchilar bu aeroport nafaqat eng katta aeroport bo’lishi, balki unda ko’pgina noyob maydonlar qad ko’tarishini ta'kidlashmoqda. Arxitektor Zaxa Xadid aeroport binosini shunday loyihalashtirganki, u yerda haqiqiy bog’lar, hamda ichki va xalqaro reyslar uchun alohida yo’lovchi maydonlari sig’ishi mumkin, va shu orqali yanada qulay inshoot quriladi va har xil reys yo’lovchilarining yo’ldagi vaqti tejaladi. Dizayndagi ranglar va shakllar bir-biri bilan shunday bog’langanki, ular xitoy landshaftiga va odatiy madaniyatiga juda mos keladi.
Innovatsion 700 ming kvadrat metrlik maydonli terminal konstruksiyasi terminal bo’ylab yo'lovchilar yurishlarini yengillashtirish uchun asosiy nuqtaga va oltita filialga aylanadi. Bundan tashqari, aeroport bilan birgalikda aeroportni va shaharni bog'laydigan tezyurar temir yo'lni qurishadi.
Aeroport ochilganidan so'ng to'rtta uchish-qo'nish yo'llari ochiladi. Bundan tashqari, aeroportning quvvati yiliga yuz million nafar yo'lovchiga oshirilishi rejalashtirmoqda, bu esa uni dunyodagi eng band aeroportga aylantirishi mumkin.
Aytgancha, hozirda dunyoning eng band bo'lgan aeroporti AQSHning Atlanta shahridagi Hartsfield-Jekson xalqaro aeroportidir va Pekin aeroporti hozirda ikkinchi o'rinni, uchinchi o'rinni esa Dubay aeroporti egallaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook