Qiziqarli ma'lumotlar: Yahudiylik asosida tashkil topgan Kabbala ezoterik ta’limi haqida ma’lumotlar
Qiziqarli ma'lumotlar: Yahudiylik asosida tashkil topgan Kabbala ezoterik ta’limi haqida ma’lumotlar
Eng keng tarqalgan ma’lumotga qaraganda, Kabbala XII asrda paydo bo’lgan, biroq ba’zi kabbalachilar, ularning ilmlari yoki kamida uning ildizlari minglab asrlar ilgari dunyoga kelgan, deb tasdiqlaydilar.
Kabbalachilarning eng qadimgi va ehtimol eng muhim kitobi, milodiy 2 asrda yozilgan "Sefer Yetsira" dir. Biroq, bir qator kabbalachilar, bu kitob juda qadimgi ekanligiga ishonishadi va bibliyaning otasi Ibrohim tomonidan yozilgan (aytgancha, uni Kabbalaning asoschisi deb hisoblashadi) deb ta’kidlashadi. Ushbu kitobda birinchi bo'lib, Sfirot haqida aytilgan (Kabbaladagi eng muhim tushunchalardan biri), bu yordamida dunyoning Xudo tomonidan yaratilishi haqida, shuningdek, ibroniy harflarining ramziy ma'nolarini talqin qilish haqida gapiriladi.
Hali "Zohar" nashr qilinmaganunigacha Kabbalani o’rganuvchilar uchun eng nufuzli kitob "Bagir kitobi" hisoblangan, uni boshqalaridan ko'proq talqin qilishgan. Bu kitob, dastlab qo`lyozma tarzida, Provans Kabbalachilar maktabi tomonidan keng tarqatilgan (1176 y.). Tabiiyki, avvaliga kitob juda kam sonli tarafdorlarga ma'lum edi, lekin 1651 yilda kitob Amsterdam tipografiyasida chop, va keyinchalik boshqa Evropa mamlakatlarida nashr etilgan. "Bagir" da o'nta Sfirotlar ta'limotlari taqdim etiladi, qayta tug’ilish masalasi yoritib beriladi hamda ibroniy harflar va raqamlar talqini beriladi.
22 ta harflarning har biri ma'lum bir ilohiy xususiyatga ega va ma'lum bir raqam bilan bog'liq. Barcha tirikchilikning sababi Yagona Xudodir, va uning istagini harflar va raqamlar mazmunini to’g’ri talqindagina topish mumkin bo'ladi. So'zlarni qismlarga bo’lgan holda Kabbalistlar alifbo harflarida va dastlabki o'nta raqamda barcha donolik yashiringan degan xulosaga kelishadi. Kabbalistik amaliyotda umumlashtirgan holda harflar va raqamlarni "Donishmandlikka yetkazadigan 32 ajoyib yo'llar" deb nomlashadi.
Pifagor qatorida, kabbalachilar ham raqamlarga katta ahamiyat berishadi, ular narsalarning chuqur mohiyatini o'z ichiga oladi va har bir narsa raqamlar bilan o'lchanadi. Kabbalistik kosmogoniyasida raqamli-harf birlashmalari fikrni ifodalovchi ramzlar va koinot bilan shug'ullanadigan Yaratguvchining asboblari sifatida qabul qilinadi.

Zohar kitobi

Zohar kitobi
Lekin eng e'tiborli va mashhur kitob "Zohar kitobi» (nomi ba'zan "Zogar" deb o’qiladi) hisoblanadi, va bu ibroniychada “porlash” degan so’zni anglatadi. Kabbalaning pravoslav izdoshlari bu kitob milodiy II-III asrlarda yozilgan va uning muallifi deb Shimon Bar Yoxaya deb hisoblashadi, biroq kitobning haqiqiy muallifi III asrda yashab o’tgan Moshe de-Leon degan fikr ham bor.
Kitob uch ulamolar: Shimon (muallif), uning o'g'li Eliezera va Hizkiya kabilarning suhbati shaklida yozilgan. Ular Muqaddas Bitikni tushunish uchun eng qiyin joylar haqida gapirishadi. Ayniqsa, Bibliya (Muqaddas kitob) da talqin qilingan Yer yuzi va inson yaratilishi daqiqalari alohida eslatib o’tiladi, birinchi odamlarning gunoh ish qilishi va dunyoviy to’fonning kelib chiqishi batafsil ko'rib chiqiladi.
"Zohar kitobi" da misli ko'rilmagan ruhiy kuch va Kabbalahning mafkuraviy qismi aks ettirilgan. “Zohar” ning ovoz chiqarib o'qilishi, hatto matnning mazmuniga yetilmasada, ruhga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, deb hisoblanadi. O'rta asrlarda va hozirgi zamonda "Zohar" juda qadrlanadi va deyarli har bir olim, shu jumladan masihiylar ham, bu kitobning o'z kutubxonalarida bo'lishini xohlashadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook