просмотров
Bu qamoqxona o’sha yerdagi obro’li nazoratchi bo’lganVernon C. Bain nomi bilan ataladi. Raykers orolida mahbuslar soni haddantashqari ko’payib ketganligi bois shunday qamoqxonaga ehtiyoj tug’ilgan.
1990 yilda AQSH hukumati ishdan chiqqan Britaniya desant kemasinisotib oldi va undan qamoqxona sifatida foydalana boshladi. Vernon C . Bainundagi o’tkazilgan o’zgartirish ishlari bilan birga hisoblaganda 161 mlndollarga tushdi.
Bu katta mablag’, biroq yangi korpus qurilishigabundan ham qimmatga tushar edi.
Bu sinov loyihasi bo’lishiga qaramasdan, g’oya yangiemas. Bungacha ham suzib yuruvchi qamoqxonalar bo’lgan. Bu sohada britaniyaliklarningtajribasi katta, ular o’z koloniyalarida mahbuslarni saqlash uchun barjalardanfoydalanganlar.
Mustamlakachilik davridagi mahsus suzuvchi qamoqxonalar. Ular “Baxt”, “Sarguzasht”, “Sayohat” kabi kinoyaomiz nomlar bilanatalganlar.
Avstraliyada suzuvchi qamoqxonalarda surgundagilarushlangan bo’lsa, Amerikada bunday qamoqxona qaroqchilar uchun mo’ljallangan.
Vernon C. Bain suzuvchi qamoqxonaga Yangi Orleandaasos solindi, Nyu-Yorkkacha shatak orqali olib kelindi va 1992 yildafaoliyatini boshladi.
Bu qamoqxonaning uzunligi – 190 metr, kengligi – 38.Kemada 14 korpus va 100 ta kamera joylashgan. Bu yerda asosan 800 mahbussaqlanishi mumkin.
Suzib yuruvchi ushbu kema barcha standart bo’yichajihozlangan. Bu yerda sayr qilish, sport bilan shug’ullanish maydonchasi,kutubxona va barcha din vakillari uchun ibodatxonalar mavjud.
Qamoqxona tarixida 4 marta qochishga urunish sodirbo’lgan. 1993 yilda 38-yoshli mahbus kemani muzdan tozalash jarayonida qochibqolgan. Ehtimol, u ko’rfaz muz bilan qoplanganligidan foydalanib, muz ustidanko’rfazni yugurib o’tgan. 2002 yilda esa yana bir mahbus 10 metrlik tikonli simdevordan oshib tushishga muvaffaq bo’lgan va suvga sho’ng’ishga ulgurgan. Nazoratchilaruning ketidan suvga sho’ng’ishga ulgurmaganlar, biroq gidrotsikl yordamidamahbus baribir qo’lga olingan.
Yana bir holda mahbus qo’l kishanidan sirg’anib chiqibqochib qolgan. Biroq qandaydir sabab bilan qamoqxona yaqinida yashab yurgan.Bir oydan so’ng u ham qo’lga olingan va qamoqxonaga qaytarilgan.
Mahbuslarni barjada ushlash o’ziga xos sinov loyihasiedi – uning afzalligi ham, kamchiligi ham bor. Qurilma arzonga tushdi, biroqundan foydalanish ko’p mablag’ni talab etadi va doimiy muammolar kelibchiqaveradi. Har holda suzuvchi kema –bu bor yo’g’i bir temir bo’lagi, xolos.Temir esa zanglaydi va bora-bora ishdan chiqadi.
Сообщения из Facebook