Qo’shnilar uning plastik quvurlardan barpo etilgan loyihasi ustidan kulishgandi, keyin esa o’zlari ham shunday qilmaganlari uchun afsuslanib qolishdi
 Qo’shnilar uning plastik quvurlardan barpo etilgan loyihasi ustidan kulishgandi, keyin esa o’zlari ham shunday qilmaganlari uchun afsuslanib qolishdi
Texasning mahalliy aholi vakillaridan biri Rendi Vagner o’z tomorqasiga 120 metr plastik quvur olib kelganida qo’shnilar unga telbaga qaraganday nigoh tashlab qo’yishgan edi. Biroq bu aholi punktida suv toshqini ro’y berganida tabiiy ofatdan jabr ko’rmagan yagona uy Rendining uyi bo’lib chiqdi.

Radio orqali shaharda ehtimoli juda baland bo’lgan suv toshqinlari kutilayotganini eshitib qolganida Rendi o’z uyi va tomorqasini suv toshqinidan himoya qilish to’g’risida jiddiy o’ylanib qoldi.
U internetda plastik quvur sotilayotgani to’g’risidagi e’lonni topib, shu quvurni 8300 dollarga sotib oldi. Atrofdagi hamma bu qiliqni juda g’alati deb o’yladi va go’llikka yo’ydi - shuncha pulni qandaydir keraksiz bir quvur uchun to’lash ko’pchilik uchun axmoqlikning o’zginasi bo’lib tuyuldi.
Biroq Rendi hech kimga quloq solmadi — uning hayolidagi allaqachon ajoyib reja tayyor edi. Rendi o’z tomorkasi perimetri bo’yicha o’ziga xos to’g’on tashkil qilib quvurlarni suvga to’ldirdi. Qurilma yanada mustaqkamroq bo’lishi uchun Rosharon shahrining bu ehtiyotkor yashovchisi uni qum to’ldirilgan qoplar taxlab, uni qotirib chiqdi.
Va nixoyat kutilgan payt keldi — xaqiqatdan ham suv toshqini ro’y berdi. Shahardagi hamma uylar jabr ko’рdi, lekin faqat Rendining uyi hech qanday ziyonsiz qoldi.
Uning tomorqasiga suv hatto kirmagan ham edi. Mirishkorning o’zi bunga javoban faqat jilmayib qo’ydi, axir u faqat $8 300 dollar sarfladi, suv toshqinidan ko’rilgan zarar esa dastlabki tahminiy hisob bo’yicha 150 000 dollarni tashkil etar edi. Xo’sh, oxir-oqibat bu yerda kim axmoq bo’lib chiqdi?

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook