Uch o’lchamli bosma turli sohalarda avvallari tasavvur ham qilib bo’lmagan yangi ufqlarni zabt etmoqda. Qurilish sohasi ham bu qoidadan istisno emas. Aksincha, aynan shu doirada tarmoqlardagi yutuqlarning eng qiziqarli namoyondalari barpo etilyapti.
Ko’chmas mulk, xususan, turar joy bugungi kunda dunyodagi eng qimmat narsalardan biri bo’lib boryapti. Uni xatto muvaffaqiyatga erishgan odamlar ham doim xarid qila olmaydi. Shuning uchun ham, doim nafaqat jadal sur’atda, balki sifatini yo’qotmagan holda tejamkorlik bilan qurilish ishlarini bajarish imkonini yaratadigan texnologiyalar doimo alohida etiborni o’ziga tortadi.
New Story notijorat tashkiloti Icon qurilish kompaniyasi bilan birga, turar joyiga ega bo’lmagan kishilar uchun qurilish sohasidagi o’ta tejamkor turar joy maskanini yaratishda uch o’lchamli bosma ishlari jarayonining imkonlarini tadqiq qilish bo’yicha keng ko’lamdagi loyiha tashabbusini ilgari surdilar. O’zining o’ta romantik va xayoliy tuyulishiga qaramay, bu loyiha kelajakda yirik tijoriy istiqbollarga ega.
Uylarni yaratish uchun bevosita Icon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Vulcan rusumli qurilishga mo’ljallangan maxsus 3D-printeridan foydalanilgan. Moslamaning umumiy ishlash tartibi istalgan turdagi boshqa uch o’lchamli printerning ishlash tartibi bilan bir hil. Biroq boshqalardan bo’lgan eng katta farqi shundaki, qurilish kompaniyasining bu maxsuloti to’laligicha harakatlanuvchan.
Bunday uy birining ustiga biri quyiluvchi bir necha qatlamlarga bo’linib quriladi. Bu jarayon yetarli darajada jadal sur’atda va mislsiz yuqori sifat bilan bajariladi. Tajriba davomida kompaniya tomonidan shu tariqa umumiy maydoni 32 kvadrat metrga teng bir necha turar joy “chizib chiqilgan” edi. Odamlar o’z qo’llari yordamida bajaradigan ayrim narsalar - uyning tomini, derazalar va eshiklarni o’rnatadilar.
Bunday turar joy namunaviy nusxasining tannarhi atigi 10 ming AQSH dollariga teng bo’lgan. Ishlab chiqarish jarayoni 48 soat davom etgan. Icon kompaniyasining muxandislarining komil ishonchiga qaraganda, ishlab chiqarish jarayonini tinmay optimal muvofiqlashtirish xisobiga eng yaqin oylarda bu ikkala raqamni yanada qisqaritirilishiga erisha olar ekanlar.
Icon kompaniyasining maqsadi - uy qurilishining muddatini 24 soatgacha qisqartirish, shu bilan birga uni ishlab chiqarish qiymatini 4 ming AQSH dollarigacha qisqartish. Biroq, mutaxassislar xatto shuni ham uch o’lchamli bosma texnologiya imkoniyatlarining chegarasi deb hisoblaganlari yo’q. Ular maqsadlaridagi ko’rsatkichlarga 2019 yilning boshidayoq erishishni rejalashtirmoqdalar.
Сообщения из Facebook