Shotlandiyalik kishi o'zining muhtasham uyini lotereyada o'ynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt
Shotlandiyalik kishi o'zining muhtasham uyini lotereyada o'ynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt
XVIII asr o'rtalarida qurilgan, muhtasham, shahar tashqarisidagi uyni shotlandiyalik Sheymus Fitssimons, bir necha yil avval sotib olgan edi.
Ammo, oradan bir oz vaqt o'tgach, Sheymus ishidan maxrum bo'ldi va oilasi uchun hisob qog'ozlari juda og'irlik qildi. Shunda, Fitssimonslar hashamatli uyni sotishga qaror qildilar. Ko'chmas mulk bilan unga tegishli atrofidagi yerlarning narxini 825 ming funt (62 million rubldan ortiq) ga baholashdi. Biroq, uyning shubhasiz go'zalligiga qaramay, uni sotib olishga xech kim shoshilmayapti. Narxi juda ham baland.
Sheymus muammoning notrevial yechimini topdi. U uyini lotereyada o'ynashga qaror qabul qildi. Sayt yaratdi va u orqali besh funtdan lotereya chiptalarini sotmoqda. O'yin kelasi yil yanvarda bo'lib o'tadi.
"Biz o'xshash vaziyatga tushib qolgan odamlarni topdik: ular o'z uylarini lotereyada o'ynashgan, - deb aytdi Sheymus. - Agar, bu ularga yordam bergan bo'lsa, u holda nima uchun bizga yordam bermaydi? Va biz biron kimsaga, fantastik, shahar tashqarisidagi hashamatli uyni, deyarli tekinga, olishga yordam berishga qaror qildik".
Uy haqiqatda ham juda yaxshi. Bu yerga ko'chib kelish oldidan, Fitssimonslar juda ham sifatli ta'mirlash ishlarini qilishgan. Xususiy bir akr bog' bor bo'lgan, ikki qavatli katta uyda ettita yotoqxona, kamin, sauna, snuker uchun to'liq hajmli stol bor bo'lgan bilyard xonasi joylashgan.
Hamda, ochiq osmon ostida, isitiladigan basseyn ham bor.
Chiptalarni sotish tugatiladigan sana, 18 dekabrgacha, Sheymus 250 ming donani berishga niyat qilmoqda. Shunga muvofiq, foyda 1,25 million funtni tashkil etadi. Agar, bu belgiga dekabrdan avval yetishishsa, u holda, Fitssimonslar so'zlariga ko'ra, mablag'larining bir qismi saraton bilan kurashish fondiga o'tkazilar ekan.
Buyuk Britaniyada bu kabi nolikvid ko'chmas mulkning sotish yo'li oxirgi yillarda juda ham ommalashgan. Biroq, hamma ham ko'zlangan miqdordagi mablag'larini yig'ishga muvaffaq bo'lmaydi. Masalan, 2010 yili Liverpullik juftlik, lotereyani to'xtatib, barcha yig'ilgan pullarni egalariga qaytarib berishiga to'g'ri keldi. Chunki, qatnashchilar, uyning bahosi 750 ming funt bo'lganida, 10 ming funt miqdorida, bir necha yuz dona chipta sotib olganlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook