Siz u yerda yashaganingiz uchungina, sizga pul to'laydigan mamlakatlar
Siz u yerda yashaganingiz uchungina, sizga pul to'laydigan mamlakatlar
Boshqa mamlakatda, yan pul evaziga yashashni xohlarmidingiz? Doimiy yashovchi aholiga muxtoj va ular uchun ko'p narsalarga tayyor mamlakatlar borligi haqida ko'pchilik bilmaydi.

Ponga, Asturiya, Ispaniya

Bu go'zal qishloqcha Ispaniyaning shimoliy sharqidagi qo'riqxona hududlarda joylashgan bo'lib, mamlakatdagi eng qadimiylardan biri hisoblanadi. Yosh aholini jalb qilish uchun va iqtisodiyotni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukumat u yerga yashash uchun ko'chib o'tgan har bir yosh juftlikka 3 ming evro taklif qilmoqdalar. Bunga qo'shimcha, qishloqda tug'ilgan har bir bola uchun ham 3 ming evro to'laydilar. Bu ekologiyasi toza va juda go'zal joyda yashash uchun juda ham zo'r imkoniyatdir.

Utrext, Niderlandiya

Niderlandiya butun dunyoga o'zining gumanitar va ijtimoiy fanlarni chuqur o'rganilishi bilan taniqlidir. Va mana bitta ijtimoiy eksperimentlardan biri: agar bir shaharda yashovchilar hamma 1 ming dollar oladigan bo'lsalar nima yuz beradi? 

Kertis, Nebraska, AQSH

Shubhasiz, har birimiz mahalliy hukumat shahar uchun jiddiy xech narsa qilmayapti, deb arz qilganmiz. Amerikalik Kertis shaharchasi yechim taklif qildi - ham kim, agar shahar infrastrukturasi yoki madaniyatini yaxshilash uchun haqiqatda yaxshi g'oya taklif qilsa, bepul yer uchastkasini olishi mumkin.

Nyu-Xeyven, Konnektikut

Nyu-Xeyvan  - bu davlat dasturu bo'lib, shaharga bo'lgan qiziqishni ko'paytirish uchun yaratilgan. Agar siz bu yerda birinchi marta uy sotib oladigan bo'lsangiz, sizga foizsiz bo'lgan, 10 ming dollar miqdorida ssuda beradilar. Agarda, siz u uyda besh yildan ortiq muddat yashayotgan bo'lsangiz, u holda kredit butunlay yechilib yuboriladi. Shu bilan birga, siz uyingizni yangi, energiya tejovchi funksiyalari bilan jihozlasangiz, 30 ming dollar olishingiz mumkin. 

Baltimor, Merilend

Bu Amerikadagi havfli shaharlar ichiga ettinchisidir, lekin u juda ham o'zgarishni xohlaydi va shuning uchun ko'chib keluvchilar uchun, shu yerda uy sotib olishlari uchun ularga 5 ming dollar bermoqda. Agarda sizni bu pul miqdori ta'sirlantirmasa, siz uni ikkiga ko'paytirib olishimgiz mumkin. Buning uchun siz tashlandiq uy sotib olsangiz bo'ldi. Ha, bo'sh va xech kim yashamaydigan, ta'mir talab qilayotgan, lekin deyarli tekin narxga,  sotib olish kerak. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook