Sizning tashqi ko’rinishingiz ko’rsatib qo’yadigan 11 kutilmagan narsalar
Sizning tashqi ko’rinishingiz ko’rsatib qo’yadigan 11 kutilmagan narsalar
Sizning tashqi ko’rinishingiz ko’rsatib qo’yadigan 11 kutilmagan narsalar

Yangi odam bilan, xoh do’konda yoki uchrashuda bo’lsin, uchrashuvdan bir necha soniyalar o’tib, u haqida, bizga qanchalar aqlli ko’ringanidan, hatto, u qanday qonunbuzarlikka qodirligigacha, ko’plab hulosalar qilamiz. Shunisi qiziqki, bizning birinchi ta’surotimiz juda aniq bo’lishi mumkin. Boshqa hollarda biz qattiq adashamiz. Oldingizda, odamlarda ularning tashqi ko’rinishlari asosida, biz baholaydigan11 ta xarakteristika berilgan.

Agar siz yoqimli korinishga ega bo’lsangiz odamlar sizda boshqa ijobiy xislatlar bor deb o’ylaydi

Psixolog-sosiologlar “Oreol effekti” deb nom bergan fenomen sabali, biz yoqimli kurinishli odamlar boshqa ijobiy xislatlarga, tashqi qiyofadan tashqari yana aql va mas’uliyatlilikga, ega deb hisoblashga moyil bo’lamiz. Deniel Xemermesh, Ostindagi Texas Universiteti psixologi, ish ko’lamida go’zallikni o’rganib, boshqalar qatori bu kognitiv buzilish o’ziga tortuvchi ko’rinishli odamlarga ko’proq maosh to’lanishini aniqladi.

O’xshash ma’lumotlarni, bitiruvchi kurs erkak talabalari orasida o’tkazilgan tajriba ko’rsatdi. Ulardan ismi ko’rsatilmagan, guruhdoshi yozgan esseni baholashni so’rashdi. Eksperiment qatnashchilari ularga maftunkor qizning sur’atini ko’rsatib, esse muallifi deb tanishtirgan hollarda, ishni yaxshiroq baholaganlar. Aksincha, hunikroq qiz sur’atini ko’rsanganda yoki umuman sur’at ko’rsatmagan hollarda esa pastroq baholaganlar.

Sizning shahsingiz haqida odamlar juda ko’p narsalarni sur’atdan tushunib olishlari mumkin

Sizning shahsingiz haqida odamlar juda ko’p narsalarni portretingiz orqali tushunib olishlari mumkin. 2009 yili o’tkazilgan tadqiqotda, olimlar qatnashchilarga Ostindagi Texas Universitetining 123 bitiruvchi kurs talabalar sur’atlarini ko’rsatgan. Sur’atlarda talabalar yoki neytral yuzni ifodalashi yoki o’zlari xohlagan holda sur’atga tushishlari kerak edi. Sur'atdagi odam qanday pozada tushganiga qaramay, sur’atlarni baholaganlar insonning ochiqligi darajasi, uning o’zini baholashi, dinga berilganlik, insoflilik va solihligi darajasini judayam aniq topgan edilar.

Odamlar sizning liderlik xislatlaringizni aniqlashda yuzingiz tuzilishining bo’yni ko’rsatuvchi yordam beruvchi ko’rsatkichlarni ishlatadilar

2013 yili Evropa va AQSH informatika sohasi mutaxassislari psixolog, neyrobiologlar so’rovnoma qatnashchilaridan 47 oq tanli erkak va 83 oq tanli ayollarni sur’atlarini ko'zdan kechirib, ularning liderlikka layoqatlarini aniqlashni so’radilar. Olimlar odamlar jinsi va yuz uzunligiga, insonning bo’yi haqida taxminlar olish uchun foydalanib, keyin bularni ularning liderlik maxoratini aniqlashda foydalanganlarini aniqlashdi. Taxminga ko’ra bo’yi baland odamlarga tegishli yuzlarni liderlik maxorati yuqori kategoriya odamlariga qo’shishgan.

Sizning yuz tuzilishingiz atrofdagilarga sizning qanchalik agressiv ekaningizni ko’rsatishi mumkin

O’zgarishlar markazi olimlari tomonidan London Universiteti kolledjida o’tkazilgan kichik tadqiqiot shuni ko’rsatdiki, testosteron miqdori yuqori erkaklar odatda kengroq yuz va yirikroq yonoqlarga ega bo’lar ekan. Bunday yuz tuzulishli erkaklar odatda agressivroq yoki sosial statusga bog’liqroq shahsiyatga ega bo’lishga moyilroq ekan.

Sizni jismoniy kuchingiz haqida ma’lumot olishda odamlar yuzingiz tuzilishiga e’tibor beradilar

2015 yili o’tkazilgan tadqiqotlar doirasida, olimlar sinovdan o’tayotganlarga 10 ta har xil odamlarning 5 xil yuz ifodasi bilan tushgan sur’atlarini ko’rsatib, sur’atdagi odamlar qanchalik do’stona, ishonchga loyiq yoki kuchli bo’lib ko’ringanini baholashni so’radilar. Eksperiment qatnashchilari yuzida xursandchilik ifodalangan odamlarni ko’proq do’stona va ishonchga loyiq deb baholaganlarini ajablanarli joyi yo’q. Bundan tashqari, so’rov ishtirokchilar, keng yuzli odamlarni kuchli deb baholashga moyil bo’lganlar.

Agar siz “shubxali” ko’rinishga ega bo’lsangiz, sizni jinoyatchi deb hisobkashlarining extimoli ko’proq


Nima uchun ba’zi odamlar boshqalarga nisbatan, ishonchga loyiqroq deb tuyulishi noma’lum. Lekin, bu xislat hayotimizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir. Isroil va Buyuk Britaniya olimlari eksperiment qatnashchilaridan, ular tomonidan ma’lumotlar bazasodan tasodifiy tanlab olingan, erkak va ayollarni sur’atlarini ko’rib chiqib, sur’at egalarining emosional holatini, xarakterlari jihatlari va sur’atdagi odam jinoyatchi ekanligining ehtimolini baholashni so’radilar. Sur’atlarning birinchi qismi polisiya bazasidan, xibisga olish vaqtida olingan, ikkinchi qismi akterlar xursandchilik, neytral yoki jaxlni ifodalagan, postanovkalashtirilgan sur’atlar edi.

Sur’at qaysi bazadan olinganidan qat’iy nazar, ko’proq ustunlik qiluvchi va kamroq ishonchga loyiq deb baholangan odamlar, aksar hollarda jinoyatchi deb ham baholanganlar.Postanovkalashtirilgan sur’atlarda eng kriminal deb, qahrli yuz ifodasi bilan tushgan akterlarni topishdi.

Odamlar sizni yuzingizni qanday qabul qilishlari hayot mamotni hal qilishi mumkin


Toronto Universitetining bir juft psixologlari tadqiqot uchun, qamoq jazosini og’rlashtiruvchi holatlarda, oldindan o’ylab qilingan qotilliklar uchun olgan, haqiqiy maxbuslarning sur’atlarini yig’ayotgan edilar. Ularning taxminan yarimi umrbod jazo olgan, qolgan yarimi o’lim hukmini amalga oshirilishini kutmoqda edilar.

So’ng tadqiqotchilar ishtirokchilar guruhidan sur’atlarga qarab, birdan sakkizgacha shkala bo’yicha, sur’atlardagi odamlar qanchalik ishonchga loyiqligini baholashni so’radilar.Tadqiqot ishtirokchilari eng kam ishonchga loyiq deb baholagan sur’atlar ichida o’lim jazosiga maxkum etilganlar, ishonchga ko’proq loyiq deb topilganlar orasidagilarga ko’ra, ko’praoq edi. Eksperimentning ikkinchi qismida ishtirokchilar, avval sudlab, keyin esa DNK analizlari asosida oqlangan odamlar sur’atlarini ko’rishdi. Daxshatlisi shuki, avval o’lim jazosiga maxkum qilinib, keyin oqlanganlarni ham ishonchga eng kam loyiq deb baholashgan.

Agar kognitiv buzilishni e’tiborga olmasa, sizning tashqi ko’rinishingiz sog’lig’ingiz haqida ma’lumot berishi mumkin    

 Ajinli teri faqat yoshingiz haqida ma’lumot bermay: u yuragingiz haqida ham ma’lumor beradi. 2012 yildagi tadqiqotda, 261 ta uzoq umr ko’rgan ota-onalik odamlar va tasodifan yigilgan 253 ta, huddi shu yoshdagi, odamlarning yuz va qo’lning ichki qismidagi ajinlar sonini solishtirilgan. Yurak hastaligi xatari eng kam ayollar, so’rov qilinganlarning fikriga ko’ra,yurak-tomir kasalliklari hastaligi havfi eng yuqori bo’lganlardan ko’ra, o’z yoshidan, 2 yoshdan ko’proq, yosh ko’ringan.

Sog’liq bilan bog’liq boshqa hastaliklar birinchi o’rinda ko’zlar orqali ko’rinadi

Shifokorlar bir qancha kasalliklarni ko’zingizga qarabgina tasxishlashi mumkin. Koz to’ridagi qizil dog’lar diabetning belgisi bo’lishi mimkin. Qondagi qand miqdori juda yuqori bo’lib ketganida ko’z to’ridagi qon tomirlari tiqilib, ishib, yorilib ketadi.

Siz haqingizda faqat yuzingiz ma’limot bermaydi. Erkaklarda barmoq uzunligi onkologik kasalliklarga moyillik bilan bog’liq


15 yil davomid atadqiqotchilar 1500 prostata raki bilan kasal bemorning va 3000 sog’lom erkaklar barmoq uzunligini o’rganib bordilar. Olimlar tadqiqotda ishtirok etayotganlardan qo’l sur’atlarini ko’rib chiqib, ularning fikricha, o’z qo’llariga eng ko’p o’xshashini tanlashni so’raganlar. Ularning ko’rsatkich barmoqlari yon (so’fi) barmoqlari bilan teng yoki undan uzun deb tasdiqlagan erkaklarga, barmoqlari nisbatan kaltaroq bo’lganlardan ko’ra 1/3 marotaba ko’praoq “prostata raki” tashxisi qo’yilgan. Bu natija 60 yoshgacha erkaklar orasida ancha yaqqol ko’ringan. Aytish joizki, tadqiqot barmoq uzunligini vizual, ob’ektiv o’lchovlarsiz, qabul qilishga asoslanib qilingan. Yakuniy natijalarni keyingi izlanishlarga tayanib qilish mumkin.

 

Sizning bo’yingiz ma’lum kasalliklar havfi haqida ma’lumot berishi mumkin

Tadqiqotlarga ko’ra, bo’yi baland odamlarda yurak kasalliklari bilan xastalanish havfi kamroq, bo’yi past odamlarda esa, onkologik kasalliklar bilan xastalanish havfi kamroq ekan. Bu, ma’lum kasalliklardan himoyalovchi va shu vaqtning o’zida ba’zi kasalliklar bilan xastalanish havfini oshiruvchi, o’sish gormonining ishlab chiqarilashi bilan bog’liq deb hisoblanadi. Shu bilan birga bu tadqiqot natijalari, baland yoki past bo’yli bo’lish, bu ba’zi kasalliklardan yuz foizga himoyalangan bo’lishni kafolatlaydi degani emas.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook