Sizning uy raqamingiz nimani bildiradi: olimlarni ajoyib kashfiyotlari
Sizning uy raqamingiz nimani bildiradi: olimlarni ajoyib kashfiyotlari
Hayotda hech nima tasodifan sodir bo’lmaydi. Bizni har doim har yerda turli belgilar o’rab turadi – taqdir belgilari, agar biz ularni qanday yechishni bilsak ular bizga ko’p narsada yordam berishi mumkin. Hamma belgilar orasida alohida ahamiyatga ega bo’lgani, inson taqdiriga ta’sir qiladigan raqam bizni tug’ilganimizdan beri kuzatib kelmoqda. Lekin faqat dunyoga kelgan sanagina muhim xabar bermaydi.
Hayot mobaynida turli xil raqamlar uchraydi, ularga yaxshilab ahamiyat berish kerak, chunki ular nimadandir ogohlantirishi, to’gri yo’lni ko’rsatishi mumkin, tumor bo’lib xizmat qiladi.
Ezoterik fanida “numerologiya” odam yashaydigan kvartira raqamini egallaydi. Nega ba’zilar uylarga kirganda o’zlarini mustahkam qo’rg’onda yashayotgandek his qiladi-yu, boshqalar bo’lsa uylariga kirishi bilan kayfiyatlari tushib ketadi. Bu hammasi sizning energetikangiz uyingiz raqami bilan to’g’ri kelishiga bog’liq. Azaldan beri bizning ajdodlarimiz xushyorlik bilan uy qurish uchun joy tanlashgan, eshiklarni tanlashda alohida e’tibor qaratishgan, ularni gerblar, haykaltaroshlik va o’ymakorlik bilan bezatishgan. Zamonaviy dunyoda, asosan ko’p qavatli uylarda, ularning eshigida ko’pincha uyning raqami ilingan bo’ladi, lekin aynan u shu joyda yashaydigan odamlar uchun xabarlar oqimi “portal” hisoblanadi. Hullas, uyingiz raqamini bilish uchun, aniq raqam chiqmagunicha raqamlarni qo’shib boraverasiz. Masalan, uyingiz raqami 525 (5+2+5=12=1+2=3). Uyingiz numerologik raqami – “3”.

1 raqami

1 raqami
Bunday raqamli xonadon har doim ijod tashabbusi va pozitiv energiyaga to’la. Bu abadiy bayramlar uyi. Bu xonadonda yashaydigan insonlar, atrofdagilarni o’ziga qaratishni yoqtiradilar, shuning uchun shu yerda rassomlar, jurnalistlar va yozuvchilar o’zlarni yaxshi his qiladilar. Aynan ijod namoyondalari shu xonadonda beg’amlik va qulaylikni hayot kechiradilar. Bu yer qoron’gi bo’lishi kerak emas, shuning uchun yoritgichlarni soni belgilanmagan, rangning ustunligiga qizil – sariq rangni tanlash mumkin. Bu uyning omadi faqat toza qalbli inson bilan birga bo’ladi. Yomonlar bo’lsa bunday uyda qashshoq bo’lib yashaydi. Muhimi, 1 raqamli uylarga va xonadonlarga bo’ydoq odam ko’chib kelishi kerak emas, bo’lmasam u butun umrga yolg’izlikda qolib ketishi mumkin.

2 raqami

2 raqami
Bu juft raqam, shuning uchun shu raqamli xonadon – sevishgan juftlik uchun “boshpana” dir. Bu yerda janjallar, boshlanmasidan o’chadi, shuning uchun juftliklar ahil va baxtli urushmasdan hayot kechiradilar. Bunday uylar bexavotir va vazmin odamlar va tinch hayot tarzini tanlaganlar uchun mosdir. Hissiy jo’shqinlikka ega odamlar bu uyda o’zlarini noqulay his qiladilar – u bo’lsa “xo’jayinini” jabrlaydi.

3 raqami

3 raqami
Bunday uy har doim energiyaga to’la, qanday yo’nalishda bo’lishidan qat’iy nazar. Uyning – “uchtali” devorlari har doim yashayotgan odamlarni kuchga to’ldiradi. Ammo hamma ham bu energiyani kerakli o’zanga yo’naltirib berolmaydi. Hamma ham boshlagan ishini oxirigacha yetkaza olmaydi, shuning uchun aqli past odamlarga 3 raqamli uy to’g’ri kelmaydi – ularda pul suvdek oqib ketadi, oxirida natija esa ko’rinmaydi.

4 raqami

4 raqami
Bu uy bir maromdalik va mustahkamligi bilan farq qiladi. Hamma belgilangan ishlar bu yerda reja bo’yicha ketadi va har doim ijobiy natija bilan tugaydi. Dangasaga bu uyda juda qiyin, hatto ba’zi paytlarda chidab bo’lmaydi, lekin ishchan odamga ham bu yerdagi ishlardan boshi gangib qoladi – uy shuncha ishni qalashtirib tashlaydiki, ularni hamasiga sog’lig’im yetarmikan, deb o’ylab qoladi.

5 raqami

5 raqami
“Besh” – uy sa’nat va ijodchilarni yaxshi ko’radi. Bu uy har xil g’oyalarga to’la , shuning uchun bu yer sa’natga qiziqadigan odamlarga mos. Hamma ijodiy ishlar kerakli o’zanga yo’naltirilgan. “Besh”da yashovchi oddiy odamlar vaqt o’tishi bilan noodatiy fikrlashni boshlaydi. “Besh” xo’jayinidan tavakkal qilishni talab qiladi. Agarda odam bu narsalarga tayyor bo’lmasa, faqat uyda tinchgina dam olmoqchi bo’lsa, bu uy unga qulay bo’lmaydi.

6 raqami

6 raqami
Agar sizning uyingizda 6 raqami bo’lsa, ijobiy va iliq his – tuyg’ular sizni kuzatib borishiga tayyor turing, chunki “olti” raqami tuyg’ularga javob beradi. Ko’pincha bu uyda yashovchi oilalar – ko’p bolali, yaxshi, ajralmas oila namunasidir. Ular qo’shnilar bilan ham juda inoq.

7 raqami

7 raqami
Uy – “yetti” moliyaviy tarafdan keraklicha aldoqchidir. Katta pullarni bu yerda kutishdan foyda yo’q. Ammo bunday “uya” moliyaviy yo’nalishga qiziqmaydigan, o’zini ichki olami bilan yashaydigan, meditatsiya qiladigan hamda o’zini – o’zi takomillashtiradigan odamga juda to’g’ri keladi.

8 raqami

8 raqami
Ha “sakkiz” raqami “yetti” dan farqli, moddiy farovonlik va karyerada o’sish. Bu uy har doim to’la kosadir! Bu uy ratsionalizatorlik g’oyalarini beruvchi odamlar uchun juda qulaydir. Bulutlarda uchib yurishni yoqtiradiganlar uchun ma’qul kelishi qiyin.

9 raqami

9 raqami
“To’qqiz” boshqalarni o’zidan ko’ra ko’proq yaxshi ko’radiganlar uchun xizmat qiladi. Bu uy yaqinlariga mehribonlik bilan to’lgan. Umri davomida ko’p qiyinchiliklarni boshidan o’tkazgan odam shu yerda toshli devorlardan qilingan uyda hamma ko’ngilsizliklardan uzoqda yashashi mumkin. Bu yerda asosan hayot qiyinchiliklarini ko’rgan dono va o’zining falsafasi bilan shug’ullangan odamlar yashashi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook