Internetda har kuni rasmlarni chiroyliroq qilish uchun ko’plab maslahatlar va fokuslar chiqariladi, ularning ba’zilar shunchalar oddiyki, o’zingning aqling yetmaganiga hayron qolasan kishi.
Garnitura
Garniturani smartfoningizga ulang, kamera ilovasini yoqing va suratga oling.
Tiragich
Bir necha odam bilan selfi qilish qiyin: kimdir ekranga sig’maydi, yoki rasmga olish qiyin. Nima ham derdik, xattoki monopod ham o’zini ba’zida oqlamaydi.
Nima qilish kerak? Keraksiz plastik bo’lagini oling, uni shunday buklangki egri joyiga smartfoningiz sig’sin. Mini-garnitura yoki taymerni ishlatib suratga oling.
Kichik sayyora
Fotolarga qiziqarli effekt berish uchun turli ilovalardan foydalaning. Masalan, RollWorld ilovasi istalgan kadrdan mini sayyora yasashi mumkin.
Suv osti syomkasi
Suv ostida sur'atga olish kameradan ko’ra smartfonda qulayroq, sizga xatto maxsus qoplama ham kerak bo’lmaydi. Telefonni bo'sh stakanga soling, stakanni esa suvga, ana sizga foto.
Qaytargich
Portret fotolar ba’zan qo’shimcha yorug’lik talab qiladi. Buning uchun istalgan yorug’lik qaytargich qo’l keladi.
Quyosh nurini qaytargich yoki oddiy folgani ishlating. Nur qaytaruvchi material soyali qismlarni yoritishi yoki rasmga blik qo’shishi mumkin.
HDR
HDR – bu rasm va videolar bilan ishlaydigan texnologiya bo’lib, yorqinlik diapazoni standart opsiyalardan baland. HDR funksiyasi turli yorqinlikdagi bir necha rasmlarni birlashtiradi. Bu rasmni tiniqroq va yorqinroq ko’rsatadi.
Havo sharini ishlating
Sizga qimmat moslama kerak emas, shunchaki telefoningizni sharga yopishtiring.
Geliy bilan to’ldirilgan katta shar oling. Unga smartfonni mahkamlang va uzun, qalin ip bog’lang. Fotoni taymer yordamida qilish mumkin.
Makrosyomka
Makrosyomkani oddiy smartfonlarda qilish qiyin, biroq yo’li bor, shunchaki qo’lbola obyektiv yasash kerak xalos.
Linzani istalgan lazerli ko’rsatkichda yoki karmon fonarida topish mumkin. Uni qisqich bilan smartfonga yopishtiring. Endi ajoyib rasmlar yaratishingiz mumkin.
Quyosh ko’zoynagi polyarizator sifatida
Quyoshdan himoya ko’zoynaklar fotoni bliklardan ozod qiladi, suvni yorqinroq va osmonni tiniqroq ko’rsatadi.
Blik qo’shish
Sizga yarim ko’rinadigan qog’oz bo’lagi kerak bo’ladi. Uni obyektiv chetiga joylashtiring va yorqin blik hosil qiling. Shu bilan birga siz kamalak effektini ham qilishingiz mumkin
Boshqa sur’atlardan foydalaning
Smartfonda ajoyib kollaj yaratish mumkin. Internetda mos qiziqarli rasm toping va uni ochib, smartfonni yuzingizga qo’ying. Ushbu fokus natijasi, sizning fantaziyangizga bog’liq.
Mo’jiza yaratuvchi kichik makkorlik
Oddiy o’chirg’ichni telefon kamerasini tozalashga ishlating. Bu rostdan ham yordam beradi.
Ushbu qiziqarli makkorliklar va fokuslar sur’atlaringizni noodatiy va ajoyib qiladi.
Сообщения из Facebook