просмотров
Mazkur uy Sobiq Ittifoq, aniqrog'i Gruziyadan kelgan muhojir Tamir Sapirga tegishli. U Nyu-York ko'chmas mulkidan pul biriktirgan. Sapir AQSHga kelganida ishni taksi haaydovchiligidan boshlagan, keyin esa o'zining elektronika do'konini ochdi, u yerda birinchi navbatda rus mijozlarga xizmat ko'rsatishgan. keyin Tamir neft kompaniyalari uchun elektronika ta'minotini tashkil etdi. Ishlab topgan pullarini ko'chmas mulkka kiritgan va shu tariqa u 2002-yilda milliarderga aylangan.
Tamir Sapir 2014-yilda vafot etgan. Kimligini yashirgan uyning hozirgi egasi uni 2013-yilda 15,9 million dollarga sotib olgan, lekin aytishlaricha, u yerga ko'chib bormagan. 2015-yilda esa saroy 100 ming dollarga sotilgan.
Saroy mulk - Long-Aylend qirg'oqlaridagi eng ulkan va qimmat inshoot. Hozirgi kunda u yana sotuvda.
Uy Manhattandan 40 kilometr uzoqlikdagi Kings-Pointda joylashgan.
Hududning katta qismini parvarishlangan maysalar va bog'lar egallaydi. Ba'zi binolarga egri podyezd yo'llar olib boradi.
Asosiy uy - minorali toshli saroy - 1928-yilda qurilgan bo'lib, u o'tgan asrning 20-yillaridagi joziba va hashamni o'zida mujassam etadi.
Uy ko'p bora rivojlantirilgan, shuning uchun u yerda barcha hashamat qulayliklari mavjud.
Keyinroq asosiy uyga yana 2 ta mehmonxona qo'shilgan, hozir u yerda 18 ta yotoqxona mavjud.
Bunday ochiq maydondagi seroblik - uy egalarining tabiatdan zavq olishlari uchun o'ylab topilgan.
Asosiy kirish qismi - oltin eshiklar
Oshxonada-vitrajli oyna tom, toshli pol, ikkita muzlatgich, ish qiladigan stol va o'rtada duxovka.
Hammom xonalar oyna va marmardan ishlangan.
Uy atrofida tosh va oniksdan ishlangan, lojuvard, aqiq va malaxitli peshayvonlar joylashgan.
Asosiy uyda raqs xonasi (bazmlar zali), sartaroshxona, sharob omborchasi, raketbol zali, trenajor zali, SPA, sauna, hovuzlar va ikki qavatli qo'g'irchoq uychasi bor. Boshqa binolarda bouling, kazino va tir bor.
Orqa hovlida qadimgi daraxtlar o'sadi.
Mulkning barcha hududida 3 ta bog ' - yapon, ingliz bog'i hamda atirgulzor mavjud.
Petergofdagi Katta saroydan ilhomlanib, favvoralar va haykallar qurilgan.
Tennis korti
Asosiy uy va bog' orqasida yana bir katta hovuz joylashgan.
Shaxsiy pirsda uzunligi 60 metrdan oshmagan yaxtani qoldirish mumkin.
Сообщения из Facebook