просмотров
Nirya Bganot
Nirya (Nirdja)Bganot – 360 yo’lovchini qutqargan hind styuardessasi.
Hindistonlik 23 yoshli styuardessa Nirya (Nirdja) Bganot 360 yo’lovchini qutqarib o’z hayotiniqurbon qildi. Bu Pokistonning Karachi shahrida ro’y berdi. PAN AM 73 samolyotini radikal islomchilar qo’lga olishdi. Styuardessa o’zini yo’qotmadi va shu zahoti uchuvchilarni ogohlantira oldi. Samolyotni havoga ko’tarish mumkin bo’lmasligi uchun ular evkuatsiya yo’lagi orqali chiqib ketishdi.
Nirya esa samolyot salonida qoldi. Amerikaliklarni qatl qilish maqsadida, terroristlar barcha yo’lovchilarning passportini olib kelishni buyurdilar. Jasur Nirya esa Amerika fuqaroligi bor yo’lovchilarning passportlarini axlat qutisiga va o’rindiqlar ostiga yashirib qo’yadi. Shu sababli ular tirik qolishadi.
Pokiston politsiya xodimlari samoloyotni egallashni, terroristlar esa o’q otishni boshlaganda Nirya mustaqil ravishda samolyotdan yo’lovchilarni qutqarib qola oldi. Uning o’zi endi salonni tark etmoqchi bo’lganida o’rindiqlar ostiga yashiringan 3 bolani ko’rib qoladi. Nirya bolalarni olib chiqayotganida terroristlar ularni sezib qolishdi va o’q ota boshlashdi. Nirya o’zi bilan bolalarni yopdi va qattiq yaralandi. Oxirgi kuchi bilan bolalarni samolyotda chiqargach, jon berdi.
Nadejda Kurchenko
Nadejda Kurchenko – terroristlar bilan kurashda jon bergan sovet yo’l kuzatuvchisi.
1970 yil 15oktabrda 19 yoshli styuardessa Nadejda Kurchenko terroristlarga samolyotni egallashga xalal berib o’z joniniqurbon qildi. Nadejda bo’lgan AN 24 samolyoti Batumi – Saxumi yo’nalishidauchar edi. Parvoz bor yo’g’i yarim soat davom etishi lozim edi. Havogako'tarilgandan 5 daqiqa so’ngyo’lovchilardan biri styuardessani yoniga chaqirdi va uning qo’liga xat jildberib, uni komandirga olib borib berishini talab qildi. Balki Nadya ungayoqimsiz qaradi, yoki yo’lovchining sabri chidamadi, lekin bir necha soniyadanso’ng yo’lovchi uning izidan bordi. Nadya nima bo’layoganini tushunib,uchuvchilar kayutasi eshigini tezlik bilan yopdi va o’zi esa yo’lakni to’siboldi.
Terroristbunday qarshilikni kutmagan edi va yosh xodimani itarib yuborishga harakat qildi,lekin Nadejda qarshilik ko’rsata boshladi. Ayni paytda, uchuvchi eshik ortidakurash ketayotganini sezib jinoyatchini qulatish uchun samoloyotni chapga,o’ngga,tepaga va pastga harakatlantira boshladi, u paytda yo’lovchilarkamarlangan edilar. Terrorist tik oyoqdaqoldi va Nadyaning oyog’iga o’q uzdi, lekin nozik qiz qarshilik qilishda davometdi. Shunda u to’gridan to’g’ri o’q uzdi.
Otishmaovozlari eshitilgach, yana ikkiterrorist o’z o’rinlaridan turib keishdi. Ular hech qanday shavqatsiz o’ldirilganstyuardessaning tanasi ustidan o’tib, uchuvchilar kabinasiga kirishdi vasamolyotni portlatish bilan qo’rqitib Turkiyaga qarab yo’l olishni buyurishdi. Ekipajning katta qismi jarohatlangan edi. Komandir samolyotni Turkiyadagi Trabzon aerodromiga qo’ndirishga muvaffaq bo’ldi, lekin SOS signali uzatishgaulgurdi. Terroristlar taslim bo’lishgamajbur bo’lishdi. Jasurlik va qahramonligi uchun Nadejda Kurchenko o’limidanso’ng “Красное Знамение” ordeni bilan taqdirlandi
Viktoriya Zilbershteyn
ViktoriyaZilbershteyn – samolyot qulashida yo’lovchilarni qutqargan styuardessa.
ViktorZilbershteyn, xuddi ko’pchilik qizlar kabi, styuardessa bo’lib ishlashni orzuqilar edi. Uni uzoq yurtlar va chiroyli uniforma o’ziga tortar edi. Uningorzusi amalga oshdi. Qulash paytida u ikki yil davomida yo’l xodimi sifatidaish olib borayotgan edi. O’sha kuni Irkutskga yo’l olgan samolot ichida edi.Qo’nishdan oldin hamma narsa oldingidek amalga oshirildi, doimiy iboralareshitildi: “Hurmatli yo’lovchilar, iltimos, kamarlaringizni taqib oling vavertikal holatga keling”.
Rulejka(harakatlanayotgansamolyotni dvigatelning o’girlik kuchi hisobiga boshqarish) boshlanganda esaViktoriya samoloyot uzoq to’xtamayotganini anglab yetdi. Birdan kuchli turtkinisezdi va salonda chiroq o’chdi va tutun paydo bo’ldi. Shu onda styuardessaninghayoliga faqat bir fikr: yo’lovchilarni qutqarish kerak degan fikr keldi. U birzumda instruktorning so’zlarini yodga oldi: “Qizlar, qulash holatida eng muhimi– samolyotda teshik ochish”. Styuardessa evakuatsiya richagini tortdi vateshikni ochdi. Yo’lovchilar qiyshayganqanot orqali chiqi ketishar edi, Viktoriya esa yong’in isidan bo’g’ilib ularnio’tkazib yuborar edi. Keyin esa uning o’zi ham samolyotni tark etdi
Styuardessashok holatida edi. Unga faqat kasalxonada boshi chayqalgani, samolyot esaportlagani faqat u tufayli ko’pchilik yo’lovchilar tirik qolganligi haqidaxabar berildi.
Sheyla Frederik
Sheyla Frederik qizchani jinsiy qullikdan qutqarib qoldi.
Ushbu reyshar doimgidek boshlandi: yo’lovchilar o’z joylariga o’tirishar, yo’l xodimlariesa o’z vazifalarini bajarishar edi. Lekin bir juftlik Sheylaning e’tiboriniqayta va qayta o’ziga tortar edi. Xuddi bu kishi o’z qizi bilan uchayotgandekedi, lekin kishining kiyimi binoyidek qizning kiyimi esa anchagina eskiedi. Darhaqiqat, uning qo’rquv to’lako’zlari….
Sheylaqizchani hojatxonaga kuzatib qo’yishni taklif qildi. U yerda u qizchaga yordamkerekmi? degan yozuv berdi. U qiz tasdiq javob qaytardi. Samolyot qo’nishgakirganda,samolyot yo’lagida politsiya kutar edi. Haqiqatdan ham, qizchanixoxishiga qarshi jinsiy qullikka jo’natish maqsadida olib ketishayotgan ekan.
Mor Levi va Nitsan Rabinovich
Izrayllik Mor Levi va Nitsan Rabinovich
Styuardessalaryordamga nafaqat samoda balki yerda ham kelishlari mumkin. Izrayllikstyuardessalar Mor Levi va Nitsan Rabinovich 80 yoshli kishini o’limdanqutqarib qolishdi. O’sha kuni qizlar Pekin aeroportida edilar. Ular o’zsamolyotlari tomon yo’l olgan edilar, birdan Nitsan telefon apparatini yo’qotibqo’yganini sezdi. U dugonasidan metro bekatiga qaytishni va uni qidiribko’rishni iltimos qildi.
Styuardessalarbekatga qaytishganida, xushsiz yotgan erkakning ustida baqirayotgan ayolniko’rishdi. Nitsan va Mor yurak urushini tekshirib ko’rmoqchi o’lishdi, lekin uyo’q edi. Shu ondayoq ular yerda yotgan insonga birinchi yordam ko’rsatishdao’rgatilgandek sun’iy nafas bera boshlashdi. Mor odamlarga aeroportga yuguribborib, difebrilyatorni olib kelishnibuyurdi o’zi esa tez yordamga qo’g’iroq qildi. Qizlar vaqtida ulgurishdi. Ularxitoylikning yuragini urdirishdi va u doktorlar kelguniga qadar xattoko’zlarini ochdi.
Xitoylikningqutqarilishi 30 daqiqa davom etdi. Ular yugurib o’z parvozlariga ulgurishdi vahech nima bo’lmagandek jilmayib yo’lovchilarni o’z joylariga o’tkazishar edi.Faqatgina parvozdan keyingina qizlar ko’z yoshlariga erk berishdi.Darhaqiqat,telefon topildi
Сообщения из Facebook