Top-10: Dunyodagi eng g'aroyib ayollar poyabzallari
Top-10: Dunyodagi eng g'aroyib ayollar poyabzallari
Ayollar har doim eng g'ayrioddiy, eng yorqin va unutilmas narsalarning shaydosi bo’lishgan. Dunyoning lobar ayollari sabab dizaynerlar noodatiy, ajoyib va hatto biroz g’alati poyabzallarni ixtiro qilganlar. Bugungi maqolamiz orqali siz dunyodagi eng noodatiy poyabzallarning bir nechta variantini ko'rishingiz mumkin.

Tuyoq poyabzali

Juda g'ayrioddiy va ayni paytda biroz qo'rqinchli poyafzal modeli. ushbu poyabzal haqiqiy tuyoqlardan tayyorlangan.

Rogatka tufli

Bunday poyabzalni kiyishga faqatgina eng jasur ayollar jur’at eta olishsa kerak.

Temir poyabzal

Poyabzalning ko’pi bo’lmaydi! Bunday poyabzal har bir moda ixlosmandining to'plamida bo'lishi kerak.

Sochli poyabzal

Ushbu noodatiy poyabzalni xitoylik ayol Chju Tian yaratgan. Ularning asosiy xususiyati nafaqat terining rangida ekanligida, balki sochlarining ko'pligida ham. Xitoylik ayol har bir tolani alohida- alohida qo’l mehnati orqali birlashtirib chiqqan. 

Flamingo poyabzali

Juda g'alati va biroz qo'rqinchli poyabzal modeli. Bunday poyabzal bilan tozalash ishlarini olib borish juda qulay.

Mazali poyabzal

Gilosli pirog bo’lagi shaklidagi poyabzal. Ishtahani ochadi-ku, yeyishning imkoni yo’q!

Qush ko’rinishiga ega poyabzal

Qush oyog’i shakliga ega, qush patlari va poshnasi panja tuzulishidagi poyabzal. Agar siz qushlarni boqmoqchi bo'lsangiz, ularda ishonch tuyg’usini uyg’otish uchun ushbu poyabzal kiyishingiz mumkin. Albatta, bu hazil!

Xavfli poyabzal

Bunday ko’rinishga ega poyabzalni ko’rgan har qanday odamni yoqimsiz qo’rquv qamrab olsa kerak.

Bahaybat poyabzal

Yurish-ku o’z yo’liga, buday poyabzalda turishning o’zi ham ancha mashaqqat talab etsa kerak. Siz nima deb o’ylaysiz?

Suv osti dunyosining shaydolariga atalgan poyabzal.

Suv osti dunyosining shaydolariga atalgan poyabzal.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook