Top-25: Bortkuzatuvchilarning balkim, siz bilmay qolgan sirlari
Top-25: Bortkuzatuvchilarning balkim, siz bilmay qolgan sirlari
Bugungi kunda samolyotda uchmagan insonning o’zi qolmagan bo’lsa kerak. Lekin siz havo kemasida uchish paytida barcha sodir bo’ladigan harakatlardan xabaringiz bormi, yoki nimadir parda ortida qolarmikan? Balkim, sizni hayratlanish kutar. Agar ushbu ro’yxatdagi 25 ta bo’limdan sizni birontasi qiziqtirib qolmasa, demak, siz – bortkuzatuvchi yoki styuardessa.

25.

25.
Avariya holatida zudlik bilan yerga qo’nish kerak bo’lganida, yaxshisi qo’l barmoqlarini boshingiz ustidan qulf holatida ushlamang. Agar tepadan ustingizga biron og’ir narsa tushsa, yaxshisi, sizning bir qo’lingiz bo’lsada, sog’lom qolsin.

24.

24.
Eng yaqin avariyali eshikkacha bo’lgan qatorlarni sanang. Xavf holatida gumon borki, siz tutun yoki boshqa sabablar uchun hech narsani ko’ra olmaysiz, bunday sharoitlarda esa salondan chishish yo’lini topish juda muhim.

23.

23.
Samolyotning yuk bo’limida ba’zida hatto odam jasadlarini ham tashishadi, va bu amaliyot, odam uyidan uzoqda vafot etganida amalga oshiriladi. Shunaqasi ham bo’ladiki, qimmatbaho “yuk” oqib qoladi va boshqa chemodanlarni isrof qiladi. Lekin, baliq tashish bundanda katta muammoni keltirib chiqarishi mumkin, chunki agar u sizning yukingizga oqsa, keyin uni hidini ketqizish judayam qiyin bo’lishi mumkin. Aynan shu sababdan, yuklarni shaffof oziq-ovqat plyonkasi bilan o’rash – juda foydali ish bo’ladi. Chang – yuk bo’limidagi eng qo’rqinchli tashvish emas.

22.

22.
Texnik sabablarga ko’ra sodir bo’ladigan kechikishlarning ko’pginasiga yo’lovchilarning o’zlari sabab bo’lishadi – kutilmagan qo’rqinch xuruji, kimdir kechikadi, kompaniya vakili bilan mojarolar va boshqalar. Inson omilini hali hech kim rad etganicha yo’q. Va yaxshisi, sabab aynan shu bo’laqolsin, oxirgi daqiqalarda ro’y bergan dvigatellarning ishlamay qolishi emas.

21.

21.
Styuard va bortkuzatuvchilarda samolyotga chiqishda invalid kursisiga muhtoj bo’lgan va shu sababli salondagi joylariga navbatsiz kiradigan, hamda xayrlashish vaqti kelganida, birdaniga tuzalib qolib, salondan o’z oyoqlarida chiqadigan yo’lovchilar uchun butun bir laqablar ro’yxati bor. Ular chinakamiga yuradigan “mo’jiza” deb atashdi, axir yer yuzidan bir necha ming metr balandlikda sodir bo’luvchi bexosdan tuzalib qolishni yana qanday qilib tushuntirish mumkin? Faqat mo’jiza! Kamida, bu “yaramas aldoqchi” dan ko’ra ancha yoqimliroq eshitiladi.

20.

20.
Turbulentlik sababli samolyotning halokatga uchrashi deyarli mumkin emas. Ancha xavfliroq sabab, bu havoda hatto katta o’lchamlarga ega bo’lmagan biron narsa yoki biron jonzot bilan to’qnash kelishidir. Masalan, dvigatel turbinasi ichiga kirgan qush bo’lishi mumkin. Yoki qushlar galasi.

19.

19.
Tijorat havo kemalari hatto birta dvigatelda ham ucha oladi.

18

18
Ko’pgina halokatlar va boshqa avariyalar havoda emas, parvozning birinchi daqiqalarida yoki qo’nish vaqtida sodir bo’ladi.

17.

17.
Balandlikning qonga shunday ta’sir shu darajadaki, alkogol ichimliklar yerda ta’sir qilishidan ko’ra parvoz vaqtida ancha kuchliroq ta’sir qiladi. Shuning uchun bortkuzatuvchilar doimo osmondagi bir dona ichimlik, yerdagi o’shaning ikki baravariga teng bo’ladi.

16.

16.
Yo’lovchilar tez-tez bolalr tagliklarini jurnal stollarida almashtirishadi, shuning uchun ehtiyot bo’ling va qo’llaringizni doimo yuvib turing.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook