Top-25 Insoniyat tarixidagi intellekt darajasi baland bo’lgan shaxslar
Top-25 Insoniyat tarixidagi intellekt darajasi baland bo’lgan shaxslar
Intellekt – qiziq narsa. Buyuk chiroy kabi, buyuk aql ham uning egasi uchun ham barakali ham la’natli bo’lishi mumkin. Ba’zan eng aqlli insonlarning hayoti qiyin kechadi, ammo shunaqa holatlar ham bo’ladiki, ularning omadi va ishda yuksalishi boshqalarning hasadini keltiradi. Aqliy rivojlanish va intellekt darajasini tekshirishda ko’pgina usullar mavjud, lekin ushbu tanlovda tuzuvchilar o’z e’tiborlarini eng baland intellekt koeffisientli (IQ) odamlarga qaratishdi.

25. Albert Eynshteyn

25. Albert Eynshteyn

Ona vatani Germaniya bo’lgan Albert Eynshteyn (Albert Einstein) – shunaqamashhur dahoki, uning familiyasi qachonki birovboshqa kishining bilimi va intellekt darajasi to’g’risida hazil qilganida, birinchi bo’lib esga olinadigan familiyaga aylangan. Bundan tashqari, Eynshteyn –insoniyat tarixidagi har bir o’rtastatistik odam taniydigan, garchi uning asarlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lmasada, 2 nazariy fizik allomalaridan biri bo’lsa kerak. Butun umri bo’yi mashhur tadqiqotchi 300 dan ortiq ilmiy ishyozgan. Ilm-fan sohasidagi faoliyati bilan birga, Eynshteyn aktiv siyosatchi ham edi, va bu borada AQSH prezidenti Ruzvelt (Roosevelt) ga atom qurollanishi xavfi borligi to’g’risida ko’pgina ogohlantiruvchi xatlar yozgan. Shuningdek,olim NAACP rangli aholisini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotning a’zosi edi, va taniqli sionist bo’la turib, Quddus mamlakatidagi yahudiy universitetini tashkil qilishda qatnashgan edi. Uning intellekt koeffisienti 160-190 ballar atrofida deb hisoblanadi.

24. Natan Leopold

24. Natan Leopold

Natan Leopold (Nathan Leopold) IQ darajasi 210 bo’lgan daho bola edi! Ammo dunyodagi eng aqlli yigitning bolaligi oson kechmagan, do’stlari kam bo’lgan, va 12 yoshida uni tarbiyachisi zo’rlagan.Afsuski, yakunida Natan “ideal jinoyat” ni amalga oshirish fikri bilan jinniga aylangan qotilga aylanib qoldi. 1924 yilda u Richard Loeb (Richard Loeb, studentligidagi og’aynisi) bilan til biriktirib, Richardning amakisining 14 yoshli qizini o’ldirishdi. Ayon fitnaligiga qaramasdan, ikkala qotil o’limjazosidan qutulib qolishdi. Qamoqdan chiqqandan so’ng Leopold Puerto Riko(Puerto Rico) ga ko’chib keldi, va o’sha yerdagi davlat universitetiga matematika o’qituvchisi bo’lib ishga kirdi. G’ayritabiiy bilim darajasiga ega qotil Alfred Xichkok (Alfred Hitchcock) ni uning eng yaxshi filmlaridan biri bo’lgan “Arqon” (Rope, 1948) ni yaratishga ilhomlantirdi.

23. Nadya Kamukova

23. Nadya Kamukova

Nadejda Kamukova taniqli aql qobiliyatini o’lchaydigan miqyos bo’yicha to’liq 200 ballga ega inson. Tengi yo’q aql qobiliyatiga ega bu ayol Moskvada tug’ilgan, o’sha yerda professorlik darajasini olgan va 7 ta har xil tilni, hamda 8 ta turk shevasini o’rgangan. Nadejda atigi 40 yoshda va hozir u Turkiya universitetlaridan birida dars beradi.

22. Djeykob Barnett

22. Djeykob Barnett

Djeykob Barnett (JacobBarnett) hali kichkina bola bo'lganida, ota-onasi uni autizm kasalligining og'ir shakli bilan kasallangan deb hisoblashgan, va u hech qachon mustaqil ravishda hatto krossovkasidagi bog'ichini bog'lay olmaydi deb aytishgan. Barcha bashorat va diagnozlarga qaramasdan 18 yoshli o’smir IQ miqyosida 170 balni to’play oldi, Kanadaning Uoterlu (Waterloo University) ga o’qishga kirib, doktorlik dissertatsiyasini yozyapti. Uning onasi Kristin Barnett (Kristine Barnett), og’lining o’qituvchilari maslahatlariga zid turgan holda bolani maxsus ta’lim muassasasidan olib, oddiy maktabga qo’yishga qaror qildi. Bir necha yil oldin muallimlar bolani o’zini o’zi boshqarishining eng minimal harakatlarini bajara olmaydi deb aytgan bo’lsalar, natijada yosh daho o’z tengdoshlarini ishonch bilan ortda qoldirmoqda va a’lo baholarga o’qimoqda. 

21. Richard Rosner

21. Richard Rosner

Richard Rosner (Richard Rosner) ning intellekt koeffisienti 192 ballga teng, va bu aqlli inson har doim o’zi uchun qiziqarli bo’lgan masalalarni yechishni maqsad qilib qo’yadi. U yozuvchi, jangara, roller-barda ofisiant, striptizchi, fotomodel bo’lib ishlagan, har xil korxonalar uchun telereklamalarda rasmga tushgan va televiktorinalarda ishtirok etgan, hamda boshqa AQSH ko’ngilochar tok-shoularida ishtirok etgan. Rosner kuniga 30 donadan turli xil dori ovqatga aralashmalardan qabul qiladi va tez qarimaslik va o’limdan qo’rqib kuniga 2,5 soatdan kam bo’lmagan vaqtni mashq qilishga ajratadi. Amerikalikning aytishicha, buning hammasi uning juda o’yinqaroq va seviluvchan shaxs ekanligida aks etadi.

20. Nikola Polyak

20. Nikola Polyak

Nikola Polyak (Nikola Poliak) – Xorvatiyalik tadqiqotchiva fizik, agar World Genius Directory jahon daholar ro’yxatiga ishonadigan bo’lsak, uning IQ darajasi 182 ballga teng. Hozirgi vaqtda yer yuzidagi eng aqlli xorvat TSERN (Adron kollayder ustida olib borilgan sinovlar bilan tanilgan, atom tadqiqotlari bo’yicha mashhur Evropa tashkiloti) va Nyu-Yorkdagi Brukxeynven Milliy laboratoriya (Brookhaven National Laboratory, New York) ning ilmiy hamkori.

19. Vilyam Sidis

19. Vilyam Sidis

Vilyam Sidis (William Sidis) ningota-onasi daho bola haqida orzu qilishgan, va ularning orzusi amalga oshgan –juftlik IQ darajasi 250 ballga teng daho bolani tarbiyalashgan! Uning onasi, Sara (Sarah), shifokor bo’lgan, 19 asr oxirida esa ayollar shifokor bo’lish imkoniyatiga umuman ega emas edilar. Uning otasi, Boris, kolledj professoriedi. Juftlik o’z bolasidan dahoni o’stirishni maqsad qilib qo’yishgandi, vayaxshi genlar va mehnat o’z mevasini berdi shekilli. Vunderkind 6 oyligidan gapirishni boshladi, va bu qandaydir taqlidiy ovozlar yoxud nidolar emas, haqiqiy so’zlar edi. 7 yoshligida Vilyam 7ta har xil tilda gapirardi va katta sinflar maktab darsliklarini o’qib turardi. Afsuski, yigitchaning bunday hayottarzi unga o’zini boladek his qilishiga yo’l qo’ymasdi va u bolallik gashtini to’la sura olmadi. 9 yoshda uni Garvard (Harvard, AQSHning eng nufuzli universiteti) ga qabul qilishdi, lekin muassasa binosiga bolaning kattalar uchun mo’ljallangan joy uchun “emotsional noyetuk” deb baholab, 12 yoshigacha ichkariga kirishga qo’yishmasdi.

Voyaga yetgan yoshida Sidis bir shahardan boshqa shaharga tez-tez ko’chib turardi va doimo ismini o’zgartira turib,barcha turdagi ishga qo’l urardi. U bir qancha kitoblar yozdi, ammo uning ko’p qismi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va jamoatda hech qanday qiziqish uyg’otmadi. Lekinuning kitoblaridan biri hali hech kimning xabari bo’lmagan qora dog’lar nazariyasi haqida edi. Aytishlaricha, Vilyam infantil erkak, baxtsiz odamdek yashab 46 yoshida vafot etgan. Uning hayoti – bolalikdan o’z bolalariga alohida maxoratni singdirishni orzu qiluvchi ota-onalar uchun haqiqiy ogohlantirishdir.

18. Pol Allen

18. Pol Allen

Pol Allen (Paul Allen) – Siettl (Seattle) lik amerikalik millioner, va uning IQ darajasi 160-170 ballar orasida. Pol – Bill Geyts (Bill Gates) ningeski do’sti, va u Microsoft kompaniyasida 2000 yilgacha, nafaqaga chiqishigacha ishlab keldi. Bugun Allen, professional basketbol jamoasi Portland Trailblazersva taniqli Seattle Seahawks futbol klubining egasi. Shuningdek, u mashhur filantrop.

17. Djudit Polgar

17. Djudit Polgar

Shaxmat bo’yicha Vengriyalik champion Djudit Polgar (Judit Polgar) 170-ballik intellekt darajasi egasi. 15 yoshida u shaxmat bo’yicha grossmeyster bo’ldi va  bu unvonni qo’lga kiritgan eng yosh shaxmat o’yinchisi deb ataldi. Djuditni barchazamonlar va xalqlar shaxmat sportida eng buyuk ayol deb hisoblaydilar.



16. Filip Emiguali

16. Filip Emiguali

Filip Emiguali (Philip Emeagwali) – “afrikalik Bill Geyts”deb atalmish, informatika sohasidagi nigeriyalik mutaxassis. Filip o’n yillab notinchlik va fuqarolik urushlari hukm surgan davlatda o’sib ulg’aydi va kambag’alligi tufayli14 yoshida maktabdan ketdi. Unga 17 yoshigacha Oregon davlat universiteti (Oregon State University) da o’qish uchun kerakli pulni yig’ish uchun ancha mehnat qilishiga to’g’ri keldi.

 

Arilar o’z uyalarini qanday qurishlariga qarab, doktor Filip Emiguali ushbu tabiiy tushunchani o’z ishlarida qo’lladi va shu orqali dunyodagi eng kuchli kompyuterni ishlab chiqardi. Filipning iste’dodlari neft manbalarini o’rganib chiquvchi yirik tashkilotlar uchun qo’l keldi, va bugungi kunda uning tadqiqotlari neftchilarning yilida millionlab dollarlarini tejab bermoqda. Afrikalik Bill Geytsning IQ darajasi – 190 ball.

15. Terens Tao

15. Terens Tao

Terens Tao (Terence Tao) Avstraliyada Gonkonglik immigrantlar oilasida tug’ilgan.O’zining birinchi tadqiqotlarini yosh iste’dod sohibi 15 yoshida chop ettirdi, 21 yoshida esa yigit Prinston Universiteti (Princeton University) da faylasuflik fan doktori darajasini oldi. Terens Tao 24 yoshida Kaliforniya universiteti (UCLA) da professor bo’ldi, u bu darajaga erishgan eng yosh yigitdir. Uning intellekt koeffisienti 225 ballga teng.

14. Kristofer Langan

14. Kristofer Langan

Kristofer Langan (Christopher Langan) Amerikaning eng aqlli odami hisoblanadi. Kichik daho hali 4 yoshga yetmasdan mustaqil ravishda o’qishni o’rgangan. Natijada Kristofer kollejni u yerdagi o’qituvchilardan boshqa o’rganadigan narsa qolmadi degan asosda tashladi. Shu turdagi boshqa daholar singari, aqlli amerikalik turli xildagi mutaxassisliklarni o’zida sinab ko’rdi– Langan fermada ishchi, o’rmon o’t o’chiruvchisi va jangara bo’lib ishladi vabular, uning sinovidan o’tgan ba’zi bir kasblar, xolos. Lekin ko’proq Kristofer Langan o’zining olamning kognitiv-nazariy modeli mavzusidagi ilmiy ishi bilan mashhur, va bu ishida u insoniyat miyasi va haqiqat orasidagi bog’lanishni tasvirlab beradi. Mahoratli amerikalikning IQ darajasi – 195 ball.

13. Mislav Predavech

13. Mislav Predavech

Mislav Predavech (Mislav Predavec) – IQ darajasi 192 ball bo’lgan xorvatiyalik matematika fanlari professori. Ma’lumot uchun, butun milliard odam ichida faqat bir kishi o’z aqliy rivojlanishi 190 balldan ortiqligi bilan g’ururlana oladi. Predavech intellektual mahoratni tekshiruvchi qiyin testlarni buzishni yaxshi ko’radi, lekin uning kunlik hayoti oddiy hayot kechirish tarziga kiradi.

Dahoning turmush o’rtog’i Maryana (Marijana) Ommaviy axborot vositalari uchun berilgan o’z intervyusida aytishicha, u turmush o’rtog’i bilan oddiy hayot kechiradi, va hatto uning super eri uchun hamu birov yordamisiz yecha olmaydigan masalalar bor. Masalan, Mislav yangi uyali telefon sotib olayotganida, aynan Maryana telefonga Sim-kartani ulab, barcha dasturlarni ishga tushiradi.

12. Ivan Ivek

12. Ivan Ivek

Xorvatiyada IQ darajasi baland bo’lgan yana birtaniqli matematik bor. Ivan Ivek (Ivan Ivek) intellektual testlar bo’yicha mutaxassis, va uning aytishicha, standart IQ test so’rovnomalarida u 174 ballga erishgan. Matematikning internetda o’z sayti bor, va u sayt ham aql qobiliyatini tekshiruvchi testlarga bag’ishlangan. Ivan shunga aminki, klassik shablonlardagi vaqt cheklashlar intellekt darajasini baholash uchun asosiy ko’rsatkich hisoblanmaydi. Ivek Yer yuzidagi eng aqlli odamlar ichida qiyin masalalarni o’zi uchun qulay sharoitda va shoshmasdan yecha oladiganlar hambor, va bu daholik haqidagi tasavvurga hech ham kirmaydi, afsus.

11. Kim Ang-Yang

11. Kim Ang-Yang

Kim Ang-Yang (Kim Ung-Young) atigi 3 yoshligida 4 ta har xil tilda mustaqil gaplashardi, shu uchun 210 ballik IQ – hech ham syurpriz emas. DahoJanubiy Koreyada tug’ilgan, ammo keyinchalik AQSH ga ko’chgan va, ona yurtiga qaytishidan oldin NASA kosmik agentligida 10 yil ishlab bergan. O’z iste’dodlari haqida Kim quyidagicha fikrda: “Odamlar doimo oddiy insoniybaxtdan voz kechib, hech kimga o’xshamas bo’lishni istashadi. Lekin ular haqiqiy baxt biz o’z-o’zicha qabul qilayotgan narsalardaku axir, masalan, inoq do’stlikda va sinfdoshlar bilan bog’liq bolalikdagi xotiralarda! Hech kimga o’xshamas bo’lish, oddiy hayot tarzi kechirishdek muhim emas”. Agar shunchalikhayratlanarli darajada aqlli va mashhur bilimdon haqiqiy baxt eng oddiy hayotiy narsalarda deb ta’kidlayotgan bo’lsa, biz kimki u bilan bahslashib, gapida shubhalansak? Uning gapiga quloq tutish ma’qulroq…

10. Kris Xirata

10. Kris Xirata

Michiganlik astrofizik Kris Xirata (Chris Hirata, Michigan) – AQSH dagi fizika bo’yicha xalqaro olimpiadaning eng yosh oltin medal sohibi. 16 yoshligida yosh fizik allaqachon NASA da dong’i ketgan Mars kolonizatsiyalanishi dasturi bo’yicha ishlardi, va bir necha yildan so’ng 2001 yilda Kris Kaliforniya texnologik instituti (California Institute of Technology) da bakalavr darajasiga erishdi. 2005 yilda esa 22 yoshida yigit Garvard universitetida faylasuflik fanlari doktori darajasiga erishdi, va bugun Xirata Ogayo davlat universiteti (Ohio State University) da fizika va astronomiya fanlari bo’yicha dars beradi. Amerikalik dahoning IQ darajasi – 225 ball.



9. Garri Kasparov

9. Garri Kasparov

Garri Kasparov barcha zamonlarda eng buyuk shaxmat o’yinchisi deb tan olingan. 1996-1997 yillarda u mexanik raqib – “Deep Blue” kompyuter dasturi bilan bir nechta partiya o’ynadi. Birinchi matchni odam yutdi, ikkinchisini esa– algoritmlarning sun’iy to’plami yutdi va bu tarixdagi kompyuterning shaxmatning barcha klassik qoidalari bo’yicha o’ynagan jahon chempioni ustida g’alabasi edi. Kasparov – nafaqat buyuk shaxmatist, balki yozuvchi va siyosiy faol ham dir. Uning IQ darajasi – 194 ball.

8. Stiven Xoking

8. Stiven Xoking

Stiven Xoking (Stephen Hawking) – balki, jahon tarixidagi eng mashhur nazariy-fizik bo’lsa kerak. Aynan u Katta portlash nazariyasi mavzusida yozilgan eng taniqli va mashhur “Vaqtning qisqacha tarixi” (A brief History ofTime) nomli kitobning muallifidir. Stiven 12 yoshligida unga biqin amiotrofiksklerozi, ko’pchilik kasallar 5 yil mobaynida vafot etadigan kasallik, diagnozini qo’yishdi. Shunga qaramasdan, professor Xoking barcha bashoratlarga qaramasdan tirik, va u hozir 75 yoshda! U atrof muhit bilan yuqori texnologiyali, maxsus biriktirilgan ovoz sintezatorili invalid kursisi orqali aloqada bo’lyapti. Stiven Xokingning IQ darajasi 160 ballga teng.

7. Volter Obrien

7. Volter Obrien

Volter Obrien (Walter O’Brien) – 190 ballik intellekt darajasiga ega irlandiyalik tadbirkor va sanoat magnati. Bolaligida shifokorlar uni autist deb shubha qilishgan, lekin topshirilgan analizlar hech qanday kamchiliklarni chiqarmagan, bundan tashqari, u o’z tengqurlaridan ancha aqlliroq edi. 13 yoshida Obrien NASA ning juda maxfiy serverlarini buzib kirdi va kosmik shatl planlarini o’g’irladi. Shunchaki u buni xohlab qoldi! Ko’p kishiga bu g’aroyib dahoning uning biznesi, ya’ni Scorpion Computer Services korporatsiyasi uni qamalishgacha olib boruvchi qiziqishlaridan saqlab qolish uchun yaratilgan, degan sevimli hazili ko’p kishiga ma’lum. Boyvachcha hayoti asosida CBS mediakompaniyasi Scorpion nomli to’liq teleshouni oynai jahonga chiqargan edi. 

6. Merilin vos Savant

6. Merilin vos Savant

Missuri (Missouri, amerika shtati) da tug’ilgan Merilin vos Savant(Marilyn vos Savant) 1986 yilda sayyoradagi eng aqlli inson sifatida Ginness jahon rekordlari kitobiga rasman kiritilgandi. Uning IQ darajasi 228 ballga teng, va bu to’liq komissiya mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan. Amerikanlikning 80-yillarning o’rtalaridan mashhur Parade jurnalida o’zining alohida “Merilindan so’ra” sahifasini olib borardi. Savant hayotiga senarist sifatida pul ishlab topadi, uning turmush o’rtog’i  Robert Yarvik (Robert Jarvik) esa birinchi sun’iy yurak modelini yaratgan shaxs. New York Magazine nufuzli jurnal sonlarining birida bu juftlikni “Nyu-Yorkning eng aqlli juftligi” deb atashgan. 

5. Leonardo da Vinchi

5. Leonardo da Vinchi

Albatta, Uyg’onish davri paytlarida aqliy qobiliyat va intellekt darajasini o’lchaydigan testlar mavjud bo’lmagan, ammo mutaxassislarning bahosi bo’yicha15-16 asrda yashab o’tgan buyuk olimning IQ darajasi 180 dan 190 ballgacha yetadi. Ko’p kishi da Vinchini uning ajoyib rasmlari sababli yaxshi bilishadi, lekin u boshqa sohalarda ham qobiliyatli bo’lgan, shu qatorda, matematika, geologiya, kartografiya va injeneriyada. Bu eng buyuk rassom va barcha davrlar va xalqlarning eng buyuk olimi ham hisoblangan.

4. Nikola Tesla

4. Nikola Tesla

Da Vinchining zamonida bo’lgani kabi, Nikola Tesla (Nikola Tesla) ning zamonida ham IQ testlar hali mavjud bo’lmagan, ammo, mutaxassislar ushbu buyuk kashfiyotchining intellekt koeffisienti 200 ballga yaqin deb topilgan. Va ajablanarli emaski, o’z vaqtida Tesla zamonaviy stivilizatsiya hayoti fundamentiga asos bo’lgan g’isht kabi ko’pgina antiqa narsalarni yaratdi. Aytgancha, bu shaxs uyali telefon paydo bo’lishini 1926 yilda bashorat qilgan.

3. Ser Endryu Uayls

3. Ser Endryu Uayls

Ser Endryu Uayls (Sir Andrew Wiles) – britaniyalik matematik, Oksford universiteti (University of Oxford) da ishlaydi. Aynan shu odam 350 yil davomida sayyoramizning eng yorqin olimlari isbotlay olmagan buyuk Ferma teoremasini isbotlab bergan. Ser Uaylsning intellekt darajasi IQ bo’yicha – 170 ball.

2. Djina Devis

2. Djina Devis

Amerika kinoakademiyasining nufuzli sovrin egasi, Oskarga sazovor aktrisa Djina Devis (Geena Davis) – nafaqat iste’dodli va ajoyib ayol, olimpiya darajasidagi sportchi, jamoaviy faol va filantrop, balki eng aqlli ayollardan biri. Uning intellekt koeffisienti 140 ballga teng. Gollivudning sevimli aktrisasi Mensa(Mensa) – baland IQ darajali odamlar jamiyatining a’zosi.

1. Aynan Kouli

1. Aynan Kouli

Aynan Kouli (Ainan Cawley) –Singapurlik vunderkind. Yigitcha 1999 yilda tug’ilgan, va 7 yoshligida u o’rta ma’lumotni egallab bo’lgan, va dunyodagi eng yosh bitiruvchi sanalgan. Yigit Pisonining ancha raqamlari davomiyligini (518 gacha, ya’ni 750 ta sonni navbatma-navbat) ayta oladi va o’zi musiqa yozadi. Aytishlaricha, uning IQ darajasi 250 ballga teng. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook