Tubsizlik ustida yalangoyoq – mashxur dorboz Tasmaniya cho’qqilarini zabt etdi.
Tubsizlik ustida yalangoyoq – mashxur dorboz Tasmaniya cho’qqilarini zabt etdi.
Mittigina odam shakli, zo’rg’a ko’rinadigan ipcha va 140 metr jarlik, tubida esa qoyalarga shiddat bilan urilayotgan to’lqinlar. Professional sleklayner Lukas Irmler Tasmaniya orolidagi, Kape Pillarda joylashgan ikki qoya o’rtasidan o’tishga qaror qildi. Uning do’sti, nemis fatografi Valentin Rapp, ushbu qo’rqinchili va xayratlantiruvchi suratlarni olishga muvaffaq bo’ldi.

Irmler tubsizlik ustidan oyoq kiyimsiz va cho’psiz o’tmoqda. U albatta ximoya arqonini taqqan, lekin boshqa narsalarda faqat o’ziga ishonmoqda. Sleklayner o’ta ekstrimal sport turi sifatida o’ylab topilgan va keng tarqalgan, bunda xattoki asosiy arqon qattiq tortilmagan, shunchaki osilib turibdi. U chayqaladi va shu bilan turli tryuklar ko’rsatishga as qotadi, ammo 140 metr balandlikda tryuk ko’rsatish hech kimning aqliga kelmasa kerak. 

Nima uchun Irmler Tasmaniyaga bordi va ikki qoya o’rtasidan o’tdi? Bu uning hayoti mazmuni, sevimli mashg’uloti va tan olgan ishi. 2011 yildan buyon sportchi sleklayning bilan professional asosda shug’ullanadi. Uning hisobida bir necha ginnes rekordlari va Longline Recordsning ko’plab yutuqlari bor. U arqon ustida katta balandlikda Yevropada, Amerika, Osiyo va Avstraliyada yurgan. Endi Tasmaniyani ham bo’ysundirdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook