Yakutiyada yangi "oltin talvasasi" - mamontlarning tishlariga ov
Yakutiyada yangi "oltin talvasasi" - mamontlarning tishlariga ov
Sibirda yangi "oltin talvasasi" rivojlanmoqda: erkaklar noqonuniy ravishda yungli mamontlarning qoldiqlari va tishlarini qo'lga kiritmoqdalar. Undan so'ng esa, ularni qora bozorda sotishga harakat qilmoqdalar.

Iliq havoda ba'zi erkaklar og'ir ish qilayotgan kishilar emas, balki ko'proq asalchilarga o'xshab kiyinadilar. 

Ovchilarda alkogol paydo bo'lganida, vaziyat nazorat ostidan chiqib ketadi. Bu xazina qidiruvchilar shaharga ozuqa zaxiralarini to'ldirish uchun borgan edilar. Yarim yo'lda juda qattiq mast bo'lishdi. Bu sur'at qilingandan bir oz o'tib, barcha ko'ngilhushlik tugadi. 

Erkaklar yuqori tezlikda qirg'oqqa urib ketdilar. Kechasi soat uchda qutqaruvchilar ularni yarim cho'kib ketgan jihozlarli qayiqda, hushsiz topib oldilar.  Bu joydan uncha uzoq bo'lmagan yerda 2015 yili ikki nafar xazina qidiruvchilar cho'kib ketgan. 

Keyingi kuni aroqxo'rlik davom etmoqda. Odatda lagerda alkogol paydo bo'lganda, uni hammasi birdaniga ichib qo'yishadi. Ertasiga erkaklar uyqularini pishirib oladilar va keyin ishga qaytadilar. 

Qo'rqinchli qilib yuborilgan yer tish suyaklar qidiruvchilar qo'llaydigan metodlarining yorqin misoli. Ammo,  Yakutiyaning suv tizimiga undanda yomon. Pompa yordamida tortib olingan suv daryoga qaytib tushadi va uni loy bilan to'ldiradi. Bizning o'lja qidirayotgan joy yaqinda daryoda baliqlar yo'q bo'lib qoldi - xazina qidiruvchilar o'zlari bilan qarmoqlar olmaydigan bo'ldilar. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook