Yangi yil tabriknomalarini o’zingiz yasang: Oddiy va juda original!
Yangi yil tabriknomalarini o’zingiz yasang: Oddiy va juda original!
Qo’l mehnati sovg’alari hususan yangi yil tabriknomalarini xadya etish urfga kirgan. Bunday tabriknoma do’kondagisidan ming chandon qimmatliroq sanaladi. Yorqin matolardan katta archa yasab kartonni yaltiroqlar va tasmalar bilan bezasangiz qo’l mehnati orqali yaratilgan tabriknoma tayyor! Go’zallik va o’ziga hoslikda u boshqa yangi yil sovg’alaridan kam emas.

Bunday qo'lda tayyorlangan tabriknomani  yaratish uchun sizga bir parcha karton va rangli qog'oz kerak bo'ladi. Ranglarni tanlayotganda diqqatli bo’lin, ranglar bir biriga singib ketmasin va shu jumladan yaqqol ajralib turmasin ham. Bundan tashqari sizga ikki tomonlama skotch yoki yelim, flomaster, ip, qaychi va rangli matolar (bezak uchun) kerak bo’ladi. Ko’rib turganingizdek kerak bo’luvchi narsalar juda oddiy va arzondir.

Archali tabriknoma

Tabriknoma uchun kerakli materiallar: rangli karton, gofrirovka qilingan qog'oz, yelim, qaychi, bezatish uchun bezak (munchoq,  yaltiroq, tasma) . 

 1-qadam.  Tabriknoma asosini yaratish uchun kartondan foydalaning. Uni teng yarmidan buklang. Aynan shu jarayonda biz taklifnoma shakli qanday bo'lishi va u qanday ochilishini tanlab olishimiz kerak.

 2-qadam Archa joyini tanlang va qalam bilan belgilab oling. 

3-qadam.Yashil rangli gofrirovka qilingan qog'ozdan turli kattalikdagi to'rtburchaklar kesib oling.

4-qadam Archa bo’laklarini  kartonga yopishtiring.Tayyor bo’lgan archani o’zimiz sevgan narsalar bilan bezatamiz: tugma, munchoq, kartondan kesilgan rangli dumaloqchalar bilan. 

Skrapbooking

Kerak bo’ladi: qalin rangli qog'oz yoki rangli karton, daftarcha yoki o'ralgan qog'oz, yelim, qalam, bezatish uchun bezaklar

1-qadam. Biz  tabriknoma asosida daraxtimiz joylashadigan joyni belgilaymiz. Keyin, o’ralgan qog’ozdan har xil uzunlikdagi to'rtburchaklar kesib olamiz

2-qadam. Qalam yoki flomasterdan  foydalanib, to'rtburchaklarni naychalarga bog'lang va lenta yoki yelim bilan mahkamlang.

3-qadam Naychalarni ketma-ketlikda yopishtiring, shunda archa tayyor bo’ladi. Uni karton asosiga yopishtiring.

4-qadam Archa daraxtini yordamchi bezaklar bilan fontaziyani ishlatgan holda bezatib chiqamiz.

Origami

Tabriknoma uchun kerakli narsalar: rangli qog’oz, rangli karton (tabriknoma asosi uchun),yelim, bezaklar.

1-qadam Archa daraxti uchun qog’oz va asos uchun karton tanlang. Ular bir-biriga mos tushishi kerak.

2-qadam Rangli qog'ozdan kvadrat shaklchalar kesib oling. Suratda ko’rsatganimiz kabi taxlang.  Kvadratlar har hil kattalikda bo’lishi kerak.  Sxemadagi kabi birlashtiring va archa shakliga ega bo’lasiz.

3-qadam  Kartondan archa joylashtirishni mo’ljallayotgan joyingizni belgilab oling. So’ngra barcha detallarni kattasidan boshlab pasdan yuqoriga yopishtirib oling.

4-qadam. Archani va taklifnomani fantaziyangizni ishga solgan holda bezating. 

Chiziqlardan tashkil topgan archa

Kerak bo’ladi: karton istalgan rangdagi, qaychi, yelim, rangli tasmalar, bezak qog’ozi (yoki bo’lmasa jurnallardan foydalanishingiz mumkin).

1-qadam Rangli kartondan  asos yaratamiz. Garizontal yoki vertikal ochilishiga qarab kartonni buklab olamiz.  

2-qadam rangliqog'ozdan, jigarrangdan archaning ustun qismini kesib oling.

3-qadam Kartondan daraxtni joylashtirmoqchi bo’lgan joyingizni belgilab ustunni yopishtiring.

4-qadam Qog’ozdan (yoki tasmalardan) har hil uzunlikdagi bo’laklarni kesib oling. Ustundan tepaga qarab bo’laklarni yopishtiring. 

5-qadam Fantaziyaga qarab archani va tabriknomaning bo’sh joylarini bezatishingiz mumkin.

3D tabriknoma

Kerakli buyumlar:  karton, qaychi, qog'oz, yelim, flomaster  yoki rangli qalamlar, taklifnomanibezash uchun materiallar.

1-qadam Kerakli rang va o'lchamdagi kartonni tanlab oling. O’rtasidan buklang.

Rangli qog’ozni olin  va har tomonidan ozgina kesing. Shunda u asosdan kichikroq bo’ladi. Uni ikkiga buklang.

2-qadam. Uch qavatli sovg’a  shaklini buklangan qog’ozga chizib oling.

3-qadam Qog'ozni karton ichiga yopishtiring.  Sovg’a bundan mustasno, biz butun yuzani yopishtiramiz.

4-qadam Rangni flomaster  yoki qalam bilan sovg'ani bo’yang,  tasma va bantikni chizib oling. Agar xohlasangiz, haqiqiy tasma yopishtiring. Taklifnomaning yakuniy bezaklarini esa fontaziyangizga ko’ra bezatib chiqing. Uyingizda mavjud bo’lgan har qanday narsa bilan tabriknoma yasay olasiz faqat eng asosiysi fontaziyani ishga solsangiz  bas!

Biz esa kirib kelayotgan yangi yil bilan sizni tabrilaymiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook