просмотров
Bahaybat dengiz chayoni
Bu maxluq 460 va 255 million yillar avval yashagan. Olimlar yaqin yillarda uning toshqotgan tirnoqlarini topgan va u mavjudotning asl o’lchamlarini aniqlashga yordam bergan. Aniqlanishicha, u tasavvur qilinganidan bir yarim barobar kattaroq ekan. Dengiz chayonini uzunligi 2 metr atrofida bo’lgan.
Meganevra
Meganevra –303-298 million yillar avval toshko’mir davrida yashagan ninachisimon hasharotlar turkumiga mansub jonzotdir. Hozirgi vaqtda Yer yuzida yashab o’tgan hasharotlarning eng bahaybati hisoblanadi. Ushbu ninachilar qanoti 75 sm ga yetadi. Ular yirtqich bo’lgan va boshqa hasharotlarni ovlashgan – masalan, diktionevrid, o’lchami hozirgi kaptarlardek.
Bahaybat burgalar
Xa, Yura davrida ham o’zining bahaybat burgalari bo’lgan. Ular dinozavr va pterozavrlarda yashab, oziqlangan. Albatta, hozirgi zamon burgalariga qaraganda ularning o’lchamlari juda katta bo'lgan. Yura davri burgalari 2,3 sm gacha yetishi mumkin. Bu albatta 2 metrlik suv chayonichalik emas-ku, lekin baribir katta.
Pulmonoscorpion
Quruqlikda ham bahaybat chayonlarning o’ziga yarasha turi mavjud bo’lgan. 336 dan 326 million yil ilgari Yer sayyorasida mana bunday uzunligi 70 sm ga yetadigan maxluqlar hayot kechirgan.
Anomalokaris
Bu ko’p oyoqli mavjudot – kembriy davrining eng katta organizmlaridan biri. Anomalokarisaning tana uzunligi 60 smga yeta oladi deb hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, bu mavjudotning ko’zlari ushbu asrdagi mavjudotlarnikiga nisbatan ancha rivojlangan bo’lgan. Uning ikki ko’zidagi 16 ming geksagonal linzalar yuqori sifatli ko’rish qobiliyatini ta’minlab bergan. Solishtirish uchun aytishimiz mumkinki, zamonaviy pashshalar ko’zida 4 ming atrofida linzalar mavjud.
Gallyutsigenlar
Juda g’alati mavjudot. Qisman uning nomi ham shundan kelib chiqqan, ko’rinishi rostdan ham gollyutsinatsiyaga o’xshaydi. Hozirgi ko’poyoqlilarning avlodi aynan shu tarixiy mavjudot deb ham hisoblanadi. Ko’rinishidan chuvalchangga o’xshaydi, ikki tomonidan suyanadigan oyoqlari va belida tikanlari bor. Ularning boshi cho’zilgan, ko’zlari esa oddiy bo’lgan. Tanasining uzunligi bor yo’g’i 3 sm gacha yetgan.
Artroplevra
Noodatiy, bahaybat juftoyoqli ko’poyoq. Bu maxluqlar Yer yuzida kech karban davridan perm davrining boshigacha 314-290 million yil avval yashagan. Bu odamzotga ma’lum bo’lgan eng katta umurtqasizlardir. Artoplevraning 30 juft oyog’i bo’lgan va tanasi yassi bo’lib, uzunligi 2,6 metrga yetgan. Biroq hozirgacha bu jonzotlar nima bilan oziqlangani sirligicha qolmoqda. Olimlar buni aniqlay olmayotganing sababi esa, ushbu mavjudod qoldiqlarining birortasida ham og’iz topilmagan.
Kameroseras
Bu bahaybat mollyuska poleozoy erasida yashagan eng katta mavjudotlardan biri bo’lgan. Undagi chig’anoqning o’zi uzunligi 10 metrga yetgan, yani oyoqlari bilan bu jonivor 11 metr atrofida bo’lgan. O’zining yashash maydonida u eng yuqori yirtqich bo’lgan. Chuqur suvlarda u asosan qisqichchayonlar va katta bo’lmagan oyoqkallalar bilan oziqlangan.
Bunday g'aroyib, bahaybat va qo'rqinchili mavjudotlar qachonlardir sayyoramizda yashaganini bilib, hayratdan yoqa ushlamay ilojimiz yo'q. Eng muhimi, yaxshiyamki, hozirgi davrda bunday jonzotlar qirilib ketgan. Chunki bunday ga'yrioddiy maxluqlar odamzot hayotiga katta xavf tug'dirishi mumkin edi.
Сообщения из Facebook