Sayyoramizda yetib borish qiyin yoki mumkin bo’lmagan joylar juda ko’p. Aynan qo’riqlanadigan va hech kim kiritilmaydigan joylar odamda ayovsiz qiziqish uyg’otadi
Mormonlarning maxfiy bazasi, Yuta, AQSh
Granit tog’ining tagida 200 m chuqurlikda mormonlar qurgan ombor bor. Mish-mishlarga qarganda u yerda Mormonlar juda qadrlagan qoldiqlar bor. Bu joyga faqatgina cherkovning eng oliy a’zolari kira oladi. Bazaning joylashuvi uni xattoki yadroviy portlashga chidamli qiladi.
Butun dunyo urug’ ombori, Svalbard, Norvegiya
2008 yilda Shpitsberen orolida butun dunyo urug’lar ombori ochilgan edi. Unda butun dunyoning 250 milliondan ortiq urug’ na'munalari saqlanadi. Bu ombor odamzot oziq-ovqat krizisiga yoki boshqa bir muammoga uchraganda, yo’qotilganlarini tiklash uchun yaratilgan. Orolda tektonik harakatlar yo’q, shu bilan birga u dengiz sathidan 130 m balandlikda joylashgan va bu uni urug’larni saqlashga eng yaxshi joy qiladi.
Niixau oroli, Gavayi, AQSh
Hamma Gavayi orollari kurort zonalari ekanligiga o‘rganib qolgan. Biroq Gavayi arxipelagining bu kichik oroliga kirich ta’qiqlangan. 1863 yilda Niixau plantatorlar oilasiga sotilgan va unga kirishni 1915 yilda yopib qo’yishgan. Hzir ham bu orolga kirish mumkin emas. Niixau orolining qirg’oqlari qo’riqchilar tomonidan nazorat qilinadi va u yerga hech kim kiritilmaydi
Data-center HavenCo, Silend
Data-center 2000 yilda SIlend knyazligida ochilgan. HavenCo kompaniyasi bunday hududda joylashib, Britaniya qonunchiligi ta’qiqlarini aylanib o’tishni o’ylagan. 2008 yilda data-center yopilgan, biroq 2013 yilda uning ishi qayta tiklandi.
“Pionen” bunkeri, Stokgolm, Shvetsiya
Bahnhof provayderi data-centerlari 30 m chuqurlikdagi g’orda joylashgan. Ushbu bunker 1943 yilda yadroviy quroldan himoya sifatida qurilgan. Bino ichida jonli o’simliklar bor, ular kun rangidagi lampalar ostida ko’karadi. Yana unda ko’plab sun’iy sharsharalar va hajmi 2600 l keladigan akvarium bor. Shunday qilib kompaniya ishchilari uchun bunkerda qulay sharoit yaratgan.
BBC bazasi Menvit-Hill, Yorkshir, Buyuk Britaniya
Ushbu qamoqning norasmiy nomi – “Tog’ Alkatrasi”. Unga bu nomni bekorga berishmagan. Maxbuslarning kameralari – butun bir tosh, xattoki, uxlash joyi va yuvinish joylari betondan quyilgan. Ichida ko’plab lazer qopqonlari bor, eshiklar esa tizim orqali boshqariladi. Qamoq qo’riqchilariga esa agar maxbusning qochmoqchi bo’layotganini payqasa otib o’ldirishga ruxsat berilgan.
“Yashil namatak” dam olish bazasi, Virjiniya, AQSh
Bir qaraganda qanday qilib dam olish joyi bu ro’yxatga tushishi mumkin? Gap shundagi bu eng qo’riqlanadigan kurort hisoblanadi va bu yerda faqat AQSh hukumati a’zolari dam oladi. Bu dam olish bazasida yadro urushidan himoya uchun qutqaruv bunkeri mavjud.
Vatikan maxfiy arxivlari
Bu dunyodagi eng yopiq kutubxona. VIII asrdan boshlab bu arxivlarda rim papalarining barcha hujjatlari saqlanadi. Ushbu arxivga kirish uchun uzoq vaqt ruxsatnoma olishga harakat qilinadi. Bundan tashqari ruxsatnomani faqatgina ilmiy ishchi olishi mumkin.
Parking Bold Lane, Derbshir, Buyuk Britaniya
Bu moshinalar turar joyi – dunyodagi eng xavfsiz joylardan biri. Xaydovchilarga o’z joyini ko’rsatadigan maxsus shtrix kod beriladi. Avtomobil tagidagi asfaltda harakat datchiklari o’rnatilgan, harakat mashina egasisiz bajarilsa, signalizatsiya ishga tushadi. Hududda 190 ta kuzatuv kamerasi o’rnatilgan, ular operatorlar tomonidan kuzatiladi.
Zona 51, Nevada, AQSh
Zona 51 – uchar apparatlar va qurollanish tizimlari tajribasi o’tadigan joy. Birinchi marta bazaning nomi MRB hujjatlarida Vetnamdagi urush paytida ishlatilgan. Yerdagi kirish ta’qiqlanishi bilan birga, ushbu zona hududida osmon ham ta’qiqlangan va u yerda hech nima uchib o’ta olmaydi. Ushbu baza mavjudligini e’tirozlar blan tan olishgan va bu ko’plab fitnalarga sabab bo’lgan.
BBC bazasi Menvit-Hill, Yorkshir, Buyuk Britaniya
1954 yilda ushbu joy sovuq urush paytida signallarni ushlab qolish bazasi bo’lgan. Bazada hozir nima bo’layotgani noma’lum, biroq u dunyodagi eng katta elektron razvedka yig’ish markazi.
Сообщения из Facebook