просмотров
Restoran The Rock deb ataladi va uni ochiqchasigaZanzibar orolining eng mashhur joylaridan biri desa bo’ladi.
The Rock orolning sharqiyqirg’og’ida, Pingve (xaritada Michanwi Pingwe deb belgilangan) plyajiningyaqinida joylashgan.
Qirg’oqdan restoran unchalikkatta ko’rinmaydi, lekin bu aldamchi taassurot. U yerning maydoni ancha katta, va undan tashqari qarama-qarshi tomonda ochiq terassa mavjud.
Bu joy haqida avval umuman eshitmagan inson uchun qoya-restoran unutilmas taassurot qoldirishi aniq. Agar yaqinlaringizga syurpriz qilmoqchi bo’lsangiz, uning xususiyatlari to’g’risida oldindan aytib bermang, va ularni bu yerga keltirishdan oldin suv sathi ko’tarilishi va pasayishi grafigini o’rganing. Va ularni suv sathi pasaygan vaqtda keltiring.
Aynan shu vaqtda restoranga toshloq plyaj tomonidan sekin yaqinlashish mumkin. Yuqoriga ko’tariling, buyurtma bering va Hindiston okeani ranglaridan bahra oling.
Uy ichida stollar, terassada esa launj-maydoni bor va ulardan okeanga manzara ochiladi.
Terrasa yoki uy ichida o’tirsangiz, siz ichkarida nima bo’layotganini ko’ra olmaysiz.
Suv sathi ko’tarilishi va pasayishi grafigi esingizdami? Unga yana murojaat qilamiz va suv sathining aksariyat ko’tarilishi paytida tushlik yoki kechki ovqatingizni tugatishingizni maslahat beramiz. Ishoning, sizning yaqinlaringiz pastga tushish uchun restorandan zinapoyaga chiqish paytida bu manzaradan hayratlanishadi. Hozirgacha siz oshxona vaboshqa manzaralardan bahra olgansiz. Restoran aynan o’sha kimsasiz orol-qoyaga aylandi, va uni qirg’oqdan o’n metrlab masofa ajratib turadi.
Bu yerning qo’rqinchli joyi yo’q, chuqurlik ham katta emas. Suv sathi haddan tashqari ko’tarilganda, mustaqil ravishda qirg’oqqa borayotganda, albatta kiyimlarni ho’llab qo’yish mumkin. Qayiqdan foydalanishingiz ham mumkin, unda sizni mahalliy yashovchilardan birontasi bajonidil bir necha dollar evaziga qirg’oqqa etib qo’yishi mumkin.
Endi qirg’oqdan restoran umuman boshqacha ko’rinishga ega…
Aytgancha, yodingizda bo’lsin, suv sathi ko’tarilish va pasayish grafigi har xil kunlarga to’g’ri keladi, hatto qo’shni orollarda vaqti bilan qattiq farq qilishi mumkin, chunki u kalendar kunlari davomiyligiga emas, oy bosqichlariga bog’liq…
Bu yerdagi narxlar boshqa zanzibarlik restoran narxlaridan ko’ra 1,5 barobar baland. Ovqatdan tashqari pivo va alkogol ichimliklar, hamda ancha mazali kokteyllar ham bor.
Сообщения из Facebook