просмотров
Sobiq SSSR hududidagi tashlandiq joylar
1. Dubna ostidagi shar
Rossiyadagi Dubna ostidagi o’rmonda diametri 18 metrgayaqin ulkan bo’sh shar topilishi mumkin. Uni o’zingiz topishga qiynalishingizmumkin, ammo mahalliy yashovchilar, mahalliy “diqqatga sazovor joy” gachaqanday yetib boorish mumkinligini doim chin dildan aytib berishlari mumkin.Qush parvozi balandligidan sharni NUJ dek qabul qilish mumkin, ammo haqiqatda,bu kosmik aloqaning parabolik antennasi uchun dielektrik qobiqdir. Qobiqnivertolyotlar bilan tashishgan, ammo tashish vaqtida tros yorilib ketgan.Gumbazni u yerdan chiqarish ancha muammoli harakat deb sanaldi. Aytgancha, umobil strukturaning shisha plastikidan yasalgan. Uning ichida xohlagan shovqinovozi kuchayadi va kuchli aks sado qaytalaydi.
Noxosdan tushirib yuborilgan himoya gumbazi.
2. Xovrinsk kasalxonasi
Moskvadagi o’n bir qavatli tashlandiq, qurilishi tugallanmagan kasalxona. Odatda sayyoradagi eng qo’rqinchli joyi sifatida barcha mavjud bo’lgan rasmiy reytinglarga kiradi.Ko’p tarmoqli kasalxonani 80-yillarda qura boshlaganlar. U 1300 ta joyga mo’ljallangan.Qurilishni barcha korpuslar qurib tugallangandan besh yil o’tgach to’xtatishdi.Taqdir taqozosi bilan, oxirgi o'n yil ichida Xovrin kasalxonasi kasallarniqutqarmaydi, balki battar jarohatlab, hayotdan judo qilyapti. Bu yerda allaqachonbomjlar, narkomanlar va qiziq hissiyotni yaxshi ko’ruvchilar “ro’yxatdan o’tgan”.Bu joydagi favqulodda holatlar va kasallar – tushkun voqelik.
Bu qiziq, ammo korpuslar biologik tahdid belgisini eslatadi.
3. Qrimdagi AES
Shyolkino shahriga yaqin joylashgan qurilishi bitqazilmagan atom stansiyasi. Birinchi loyihaviy hisobotlar 1964 yilda qilingan. Qurilish 1975 yilda boshlangan.Taxminlar bo’yicha,ushbu AES butun Qrim yarimorolini elektr energiyasi bilan ta’minlashi kerak edi.Shuningdek, u bu joylarda keyinchalik sanoat rivojlanishi uchun boshlang’ich qadam bo’lishi kerak edi.
Birinchi reaktor 1989 yilda ishga tushirilishi reja qilingandi, qurilish biron-birkamchiliksiz borayotgan edi. Ammo SSSR ning darz ketgan iqtisodiyoti, Chernobil AES idagi fojia bilan birgalikda qrim loyihasiga nuqta qo’ydi. O’sha vaqtdastansiyaga 500 mlndan ortiq sovet rubllari sarflangan edi, omborxonada material va uskunalar esa yana 250 mln sovet rubllariga edi. Bularning barchasi keyingyillarda o’g’irlandi. Shuni aytish kerakki, qrim AESi Ginnes Rekordlarikitobiga bu turdagi eng qimmat eletkr stansiyasi sifatida kirdi.
Butunlay o'g'irlangan.
4. Balaklava
2003 yildan, 46 yil ichida birinchi marta,Balaklava suvosti qayiqlar bazasi birinchi marta umumiy tomoshaga taqdim etildi.Bugun esa bu faqatgina turistik obyekt sanaladi, va qachonlardir baza Sovetittifoqining eng sirli obyektlaridanbiri bo’lgandi. Ulkan yer osti kompleksida suvosti qayiqlar joylashgan edi.Baza eng kuchli zaryadli atom hujumlariga bardosh bera olardi va u atomurushiga chidamli qilib qurilgan. Baza suvli kanal, quruq dok, va turli xildagiko’pgina omborxonalar va harbiylar uchun korpuslardan tashkil topgan edi.Obyekt 1994 yilda, undan oxirgi suvosti qayig’ini chiqaganlaridan so’ngyopildi. Ko’p yillar ichida sovet ittifoqi faxri shunchaki o’g’irlanib kelingan.
Bugunda ushbu obyektga barcha xohlovchilar tashrif buyurishi mumkin.
5. Obyekt 221
Sevastopoldan nariroqda, yuqorida ko’rsatilgan suvosti qayiqlarni ta’mirlash bazasidan tashqari, qachonlardir Sovet ittifoqidagi yana birta sirli obyektini ko’rish mumkin. Gap bunker – obyekt 221 haqida ketyapti.Uning ko’p nomlari bor edi, ammo ularning barisi ostida qora dengiz flotiningzaxiradagi boshqarish markazi yashiringan. Obyektni Morozovka qishlog’ida toppish mumkin. Bu haqiqiy yerosti shahri edi. Uni 1977 yilda qurishni boshlashdi. Obyekt 200 metr chuqurlikda joylashgan, va u yerda 4 qavatlikorpuslar mavjud. Kompleks yerosti qismining umumiy maydoni – 17 mingkv.m.Bugungi kunda obyekt butunlay talangan va bankrotga bo’lgan.
Сообщения из Facebook