Tog’lardan yaxshiroq yana nima bo’lishi mumkin? Faqatgina zabt etilmagan tog’ va uning cho’qqisi. Maqsadga erishgandan keyin nima qoladi? Yana zabt etilmagan tog’ va cho’qqilarni zabt etish. Ushbu maqolamizda dunyoning eng zabt etilishi qiyin bo’lgan tog’ cho’qqilari haqida ma’lumotlar beriladi.
Monblan, Frantsiya/Italiya
Texnik jihatdan qaraganda, Monblan zabt etilishi qiyin bo’lgan cho’qqi hisoblanmaydi. Bu yerga juda ko’p alpinistlar tashrif buyuradilar. Shuning uchun turli baxtsiz hodisalar tufayli bu yerda 8000 ga yaqin alpinist halok bo’lgani uchun, ham bu yer xavfli deb hisoblanadi.
Chogori yoki K2, Pokiston/Xitoy
Chogori yoki K2 - balandligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan bu tog’ cho’qqisi zabt etilishi bo’yicha eng murakkabi va hayot uchun juda xavflidir. Chogori tog’iga har bir muvaffaqiyatli chiqishga bitta halok bo’lish hodisasi to’g’ri keladi. K2 ga ekspeditsiyalar asosan yoz oylarida jo’naydilar.
Serro-Torre, Argentina/Chili
Serro-Torre tog’ining suratini ko’rib, unga chiqish mushkulligining sababini darrov bilish mumkin. Judayam tik tog’ning cho’qqisi sovuq havo sababli qalin muz qatlami bilan qoplanadi. Cho’qqiga ilk muvaffaqiyatli chiqish 1974 yildagina amalga oshdi.
Annapurna, Nepal
Arnapurna tog’ining cho’qqisida hammasi bo’lib 157 odam ko’tarila olgan, 60 nafar alpinist esa cho’qqiga yeta olmay yo’lda halok bo’lgan. Shularni hisobga olganda, bu tog’dagi o’lim holati 38% ni tashkil etadi, bu K2 cho’qqisidagi o’limlar korsatgichining foizidan ham ko’p. Annapurnaning Janubiy yonbag’ri cho’qqiga ko’tarilishdagi eng xavfli yo’l hisoblanadi.
Eyger, Shvetsariya
Shvetsariyadagi Eyger tog’ining cho’qqisi zabt etilishi o’ta qiyin bo’lgan uchun yomon nomga ega bo’lib qolgan. Uning shimoliy tomondagi devori 1650 metr balandlikni tashkil etadi. Ushbu qiyalikning o’zida 64 nafar alpinist halok bo’lgan. Eygerga ilk bor muvaffaqiyatli chiqish 1854 yilda amalga oshirilgan.
Сообщения из Facebook