просмотров
Biz qanchalar ko’p ideal jamiyatli ideal shahar haqida o’qisak ham, qanchalar shunday joy bor bo’lishini istasak ham, baribir buni ertak deb hisoblagan bo’lardik. Balkim utopiya haqiqatda bordir? You!Jurnali Sesis shahri yaqinidagi bir posyolka haqida maqola tayyorlagan. U latviyalik millioner loyihasi bo’yicha qurilgan. Bu yer ertakka juda o’xshaydi. Yer yuzida shu kabi joylar ko’paysa, dunyo yanada yaxshlashardi.
Latviyalik millioner Sesis shahriyaqinida fantastik loyihani amalga oshirdi. 30000 ga tepaliklar bilan qoplangano’rmonni sotib olib “Quyosh shahri” ni qurdi. U yerda o’zgacha qoidalar amalqilib, odamlar umuman boshqacha tarzda hayot kechiradilar.
Loyiha talablariga asosan hududdagibarcha uylar, ular 300 ta, ekologik toza xom ashyolardan qurilgan. Xar bir uyuchun 0.4 dan 1.3 ga gacha yer uchastkalari ajratilgan. U yerda kichik ko’l va o’rmoni bor.
Barcha uylar markazlashgan kanalizasiya bilan ta’minlangan bo’lib, u yuqori tezlikdagi internet va elektro energiya bilan birga maxsis texnika yordamida qarag’ay va archlar ildizlari ostidan o’tkazilgan.
Uylar asosan yerdan olinadigan issiqlik bilan isitiladi. Xar bir uyda 90-100m skvajina teshikli geotermal issiqlik nasosi bo’lib, yer energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiradi. Bu issiqlik energiyasi yil bo’yi uy isitish va suv isitishga etarli bo’ladi. Faqatgina qishning sovuq kunlaridagina aholi, xar bir uyda jihozlangan, kamin yoqishadi.
Xar bir uyning derazasidan qo’shni uy ko’rinib turadi. Bu hududning tepaliklarda joylashgani va savodli loyihalashtirish hisobiga mumkin bo’ldi.
O’rmon shahrida devorlar man etilgan. Bu ekologik toza zona va uning o’z oqibatlari bilana albatta. Unda bugular va boshqa jonzotlar bemalol harakatlanib yuradi va ular yo’liga xech narsa to’sqinlik qilmasligi kerak.
Shu sababdan ham shaharda itlarni zanjirband etib boqish man qilinadi. Ular o’rmon hayvonlarini cho’chitib yuborishlari mumkin. Itlar faqat uy ichida boqilishi mumkin.
“Bunday posyolok qirish g’oyasi menda o’rmondagi xushmanzara, suv yonida joylashgan, shinam o’z uyim bo’lishi istagi paydo bo’lganda yaraldi.
Natijada men Amatsiems ni yaratdim. Bu yerda xozir mening oilam – men, nabiralarim, do’stlarim va hamfikrlarim (atrof muhitva yashash joyi, hayotga qarashlari o’xshaydigan insonlar) yashaydi.
Tan olaman avvaliga loyihani faqat egoistik istaklardan kelib chiqib – o’zim uchun qulay “yashash muhiti” ni – yaratgan edim.
Boshqa davlatlardagi o’xshash posyoloklar misoli va qanday qilib shinam joyda, tabiat va qo’shnilar bilan ahillikda, yovvoyi hayvonlarning hayotini buzmay yashashning o’z shaxsiy qarashlarimdan kelib chiqib posyolokning Ichki qoidalari ishlab chiqilgan edi.
Bu qoidalar mening fikrimga qo’shilib,bu qoidalarni ta’qiq deb hisoblamaydigan, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo’ladigan (tinchlikni saqlashdan to biriktirilgan hududni tozasaqlashgacha) odamlar uchun yaratilgan.
Misol uchun qoidalarga ko’ra posyolok ichida kechki payt shovqin solishga, devorlar qulishga ruxsat berilmaydi, shu bilan birga itlar odamning do’sti bo’lib, zanjirban holda o’tirishi mumkin emasligiga e’tiborni qaratadi.
Mening maqsadim posyolokda tabiyatni maksimal darajada saqlab qolish. Men o’rmonni shahar bog'iga aylantirib yubormaslikka harakat qilaman. Aynan shuning uchun ham ishlov berilgan gazon yonida gullayotgan o’tzor bor.
Kesib tekkislangan gazonda odatda yonarqo’ng’zlar bo’lmaydi. Amatsiemsda esa yozning iliq oqshomlarida o’tlarda yuzlab mitti chiroqlar yonadi.
K’ollardan yozda yashil qurbaqalarning xorlari eshtiladi. Buni men katta sharaf deb bilaman, chunki ular faqat toza muhitda yashaydilar.
Qurib qolgan yoki singan daraxtni men o'rmon yashovchilari, olmaxon, tulki, qizilishton, uchun boshpana sifatida qoldiraman.
Atrof muhit, qollanilayotgan texnologiyava estetika o’rtasidagi balans posyolokning yodda qolarli obrazini yaratib,tabiat va odam o’rtasida uyg’unlik borligini yaqqol ko’rsatadi.
P.S. yodda tuting iste’molni o’zgartirib biz dunyoni o’zgartiramiz!
Сообщения из Facebook