20,414
просмотров
просмотров
Buyuk Xitoy devori, ehtimol, qadimiy me'morchilikning eng mashhur yodgorligi bo’lsa kerak. Xitoyning shimoliga 8000 km dan ortiq masofaga cho’zilib, devor Yer yuzidagi tarixning ajralmas qismi hisoblanadi. O'nlab yillar davomida ushbu tuzilmani qurishda yuz minglab ishchilar ishlaganlar.
«Ajdar boshi»
Xaritada Xitoy hukumati tomonidan qurilgan mudofaa devorlarining turli sohalari ko'rsatilgan. Qizig'i shundaki, devorlarning bir qismi zamonaviy Rossiya hududida ham bo'lgan.
Lekin biz devor haqida birlik sifatida gapirishga ko’nikkanimizga sabab – mamlakatdagi nizolarga chek qo’yib, uni birlashtirgan birinchi Xitoy imperatori Tzin Shi Huang, va u shimoldagi davlatlardan himoyalagan, ko’pgina alohida bo'limli mudofaa devorlaridan bitta yagona devorni qura olishga muvaffaq bo’lgan (albatta, hatto unign davrida ham devor to’liq birlashtirilmagan edi – aslida bunga qurilish ketayotgan hudud yo’l bermagan). Qaerdadir yangi devor qo’yishga to’g’ri keldi, bugungi kunda bu joylar atrofida sayyohlar yurishni juda yoqtirishadi, qayerdadir hozirgi kunda ahvoli ancha tushkun bo’lgan eski devorning restavratsiyasi bilan chegaralanishdi, qayerdadir esa umuman eski qismlardan foydalanishga qaror qilindi, ulardan hozirda faqatgina tepaliklar qolgan. Bunda devorning ko’pgina qismlari umumiy mudofaa majmuida umuman foydalanilmay qolgan. Va shu qolgan qismlar ichida qaysi biri haqiqatdan Tzin Shi Xuang hukmronligi davridan
Devorning barcha bo’laklari umumiy uzunligi 21000 km ni tashkil qiladi.
Nefrit darvozalari — Buyuk Xitoy devorining g’arbdagi tugallanish joyi
Buyuk Xitoy devorining oxiri esa uzoq g'arbga joylashgan va ehtimol Tzyuzyuan okrugida joylashgan. Aynan o’sha yerda miloddan avvalgi II asrgacha cho'zilgan eng g'arbiy himoya punktlari topilgan. Ularga "Nefrit darvozalari" deb nomlangan va bir vaqtning o’zida Xitoy chegarasidagi himoya punkti hisoblangan, va tom ma’noda Buyuk Ipak yo'li tushgan va imperator yerlari orqali o’tishlari uchun savdogarlardan soliq olinishi joyi bo’lgan.
Сообщения из Facebook