Sayyoramizning g’alati va g’aroyib hodisalari
Sayyoramizning g’alati va g’aroyib hodisalari
Yerda juda ko’p qiziqarli narsa bor, ularning ayrimlari juda g’aroyib bo’la turib ilmiy fantastikaga hech qanday aloqadorligi yo’q. Bular olimlar tomonidan ro’yhatga olingan va tasdiqlangan hodisalardir. Ularning ayrimlari hadik tug’dirsa, boshqalari esa o’zining mislsizligi bilan maftun qiladi. Shu o’rinda sizlarni Yer sayyorasining eng g’aroyib sinoatli ma’lumotlari bilan tanishtiramiz.

1. O’girilayotgan qutblar

Oxirgi 20 million yil ichida Yerning magnit qutblari har 100 ming yilda bir o’rnini almashgan. Bu degani, agar tahminan 800 ming yil avval Yerda kompasi bor odam bo’lganda shimol Antarktidada bo’lishi mumkin edi. Olimlarning qat’iy ishonchlariga qaraganda qutlarning almashishiga sabab sayyoramizning metall yadrosi. Xozirgi paytda shimoliy qutb tahminan yiliga 64 km tezlikda siljimoqda.

2. Katta oy: Bizning yo’ldoshimiz o’zgacha kattalikda!

Bizning sayyoramizning yo’ldoshi o’zgacha kattalikda. Oyning diametri Yer diametrining to’rtdan biriga teng keladi. Quyosh tizimidagi bu juftlikdan taqqoslash bo’yicha faqatgina Pluton va uning yo’ldoshi Xarondan iborat juftlik o’tadi xolos. Darvoqe, shu bilan birga oy Yerga juda yaqin joylashgan. Bu juda katta omad. Shu sababga ko’ra, biz quyoshning tutilishini tomosha qilishimiz mumkin.

3. Ko’rshapalaklar migratsiyasi: Bu manzaradan sizni hatto dahshat bosadi.

Sut emizuvchilarning Yerdagi eng keng ko’lamli migratsiyasi qandaydir dahshatli filmga o’hshaydi. Gap ko’rshapalaklar migratsiyasi to’g’risida ketmoqda. Bunday xodisani har yili Kongo davlati va Zambiyaning Kasanka Milliy bog’i hududlarida kuzatish mumkin. Ko’rshapalaklar shu darajada ko’pki, ular bemalol bir daraxtni qurshab, uni qop-qora va g’ij-g’ij qaynayotgan sharpa holatiga keltirguday o’rab olishlari mumkin.

4. Qotil qo’ziqorinlar hujumga shaylanadilar

Sayyoramizdagi eng katta organizm bu moviy kit emas, bu fil ham emas, bu xatto, daraxt ham emas. Bu - qo’ziqorinlar. Qo’ziqorinlarning eng yirik to’ri AQSHda, Oregon shtatida topilgan. Albatta, qo’ziqorinlarning o’zi kichikkina va Yerda o’sadi. Lekin ularni Yer ostida “qo’ziqorinxona” nomi bilan ko’proq tanilgan mitseliylar tizimi birlashtiradi.
1998 yilda olimlar milliy qo’riqxondagi juda ko’p sonli daraxtlarning g’alati tarzda nobud bo’lishini tadqiq qilishga kirishdilar. Keyin ma’lum bo’lishicha, ularni Armillaria ostoyae qo’ziqorinlar koloniyasi nobud qilgan ekan. Bu qo’ziqorinlar 61 ta daraxtni yo’q qildilar. U “qo’ziqorinxona”ning yoshi 1900 yildan 8650 yilgacha bo’lgan!

5. Yerdagi o’zga sayyoralik joy

Bu Marsdan olingan lavhalar emas. Bu Efiopiyadagi Danakil kamgagi. Sayyoramizdagi eng past, eng issiq, eng quruq va eng g’alati joyi. Bu yerda deyarli qaynab turadigan tog’ buloqlari, mislsiz sho’r ko’llar va xar yerlardan zaharli bug’lanishlar chiqadi. Shuning xammasiga qaramay bu yerda hayot bor. Bunday g’ayrioddiy joyda mikroorganizmlarning bir necha koloniyalari yashaydi.

6. Suv osti sharsharasi

Mavrikiy oroli qirg’og’ining janubiy-g’arbiy qismiga qarab, suv ostida joylashgan sharsharani eslatuvchi ajoyib manzarani ko’rish mumkin. Aslida esa bu qumning yuvilishi, balchiq qatlamlari va maxalliy riflarning notabiiy joylashishidan kelib chiqqan sarobdir.

7. Bahaybat kristallar

Meksikada Nayka shahrining ostida tahminan 300 metr chuqurlikda e’tiborga sazovor g’or bor. U deyarli to’laligicha selenit (gipsning bir turi) kristallari bilan to’ldirilgan. Ularning ayrimlari 10 metr uzunlikka yetadi va o’rtacha 50 tonna yuk bosadi. Ajablanarlisi shundaki, bu joy yaqinda, 2000 yilda, tasodifan topilgan. Bu joyga kumush konchilari duch kelib qolganlar.

8. Tirik bulutlar

Goho tez xarakatlanayotgan va o’z shaklini osonligicha o’zgartirayotgan bulutlarni ko’rib qolishingiz mumkin. Aslida bular hech qanday bulutlar emas, albatta. Bu chug’urchiqlar galasi. Qushlar faqat uchibgina yurmay, juda shovqinli chug’urlashadi. Bunday xodisani “murmuratsiya” deb ataydilar.

9. Uzoq yashaydigan suv osti o’ti

Posidoniya – uzoq yashovchi dengiz o’ti. Uni O’rta Yer dengizi sohillari yonlarida topish mumkin. Bugungi kunda u sayyoramizdagi eng qadimiy va qari tirik organizmlardan biri hisoblanadi. Ayrim suv osti o’tloqlarini yoshlari 5000 yildan ortiq. Qiziqarlisi, bu o’tning tabiiy dushmani yo’q, biroq, afsuski inson faoliyati suv osti o’tlarga juda katta zarar yetkazyapti.

10. Qaynayotgan daryo: Kichik jonivorlar uning ichida tiriklayin qaynab pishib qolishi mumkin.

Amazonkaning changalzorlarida xaqiqiy qaynar daryo mavjud. Uning harorati Selsiy bo’yicha 100 gradusga bir necha yuzdan bir gradus etmaydi holos. Shuning uchun ham daryo uzra doimo sirli va tasavvufga to’la tuman hukmronlik qiladi. Kichik jonivorlar bu daryoning ichida tiriklayin qaynab pishib qolishi mumkin!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook