91-yoshlik Germaniyalik gimnastikachi ayol
91-yoshlik Germaniyalik gimnastikachi ayol
Nemis gimnastikachisi, ginnes rekordlar kitobiga kirgan eng yoshi katta gimnastikachi. 91 yoshli ayol nafaqat o’zini sog’lom his qiladi va chiroyli ko’rinadi ham va undan tashqari gimnastika bo’yicha musobaqalarda qatnashadi.

Shuni takidalash kerakki, uning ba’zi mashqlarini yoshlar ham bajara olmas ekan.
Joanna Kaas-1925 yil 20 noyabr kuni Germaniyada gimnastlar oilasida tug’ildi, va yoshligidanoq sport bilan shug’ullanishni boshladi. Gimnastikaga hushi bo’lmagan Joanna Kaas yoshligida gandbol bilan shug’ullangan.
Uning umrini ko’p qismi sport bilan bog’liq bo’lgan - U maktabda jismoniy tarbiya o’qituvchisi bo’lib ishlagan. Joanna Kaas jismoniy ko’rinish uchun 30 yoshidan boshlab gimnastika bilan shug’ullangan.
30 yoshigacha u musobaqalarda qatnashgan, Martin Lyuter Galle-Vittenberg nomli universitetda tahsil olgan va mashqlar o’tqazgan.
Kaas 57 yoshida sport nuroniylari orasida o’z gimnastika mahoratini yana namoyish qila boshladi. Va deyarli 30 yildan bera faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Umuman olganda Joanna har jihatdan ustun. 87 yoshida u dunyoga mashhur bo’lgan. U Youtubeda yulduzga aylandi - U qatnashgan roliklar millionlab tomoshabinlar tomonidan ko’rilgan.
Tajribalarga boy hayoti davomida Joanna sportchi sifatida o’z o’rnini topgan balki murabbiy, metodist va kitob muallifi ham. U 50 yildan bera baxtli hayot kechirmoqda va uning 3 ta farzandlari bor.
U TV yulduziga aylandi-uni har xil ko’rsatuvlarga va shoularga taklif qilishadi. U haqida yirik gazetalar va internet nashriyotlar maqola yozadilar.
Nihoyat uni 2012 yil insoniyat tarixida eng keksa sportchi deb Ginnes rekordlar kitobiga kiritishdi.
Hozirgi paytda faol va quvnoq kampir brusda aqlga sig’mas tryuklar bajarmoqda. U mashqlarni hatto yosh qizlar ham bajara olmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook