Google Mapsning bahslarga sabab bo’lgan topilmalari
Google Mapsning bahslarga sabab bo’lgan topilmalari
Sputnik xaritalarida uchratmagan narsamiz yo’q. Ayniqsa fantaziyangiz boy bo’lsa. Quyida oddiy odamlar tomonidan topilgan Google Maps xaritalaridan lavha. Ularning ba’zilari yechimini topgan bo’lsada, qolganlari sirligicha qoldi.

Chili tog’laridagi koka-kola

Chili tog’laridagi koka-kola
Zamonaviy sur’atlarni qush uchish balandligidan ko’rish mumkin. Eng mashxuri esa Chilidagi koka-kola kompaniyasining logotipi. U 1986 yilda 70 mingta ichimlik idishidan yasalgan.

Antarktida o’rtasidagi g’alati piramida

Antarktida o’rtasidagi g’alati piramida
Antarktida qorlarida yashiringan ushbu tepalik ko’plab savollar keltirib chiqaradi. Bu qadimiy sivilizatsiyalarning merosi bo’lishi mumkinmi? Ushbu teoriya tarfdorlari o’z davrida Uchinchi reyxni ayanan ana shu piramida jalb qilgan deb hisoblaydi. Boshqalar esa bu piramida afsonaviy Antarktidaning merosi deb hisoblashadi.

Binolar orasidagi kruiz layneri

Binolar orasidagi kruiz layneri
Kapitan aqldan ozib, quruqlikka yo’l olganga o’xshaydi. Ushbu hashamatli layner bu yerda 20 yildan beri odamlarni hayratlantirib turibdi, ayniqsa tungi g’aroyib illyuminatsiyalari yoqilgan paytda. Aslida esa bu Gon Kongdagi savdo markazi.

Bahaybat odamning oyoq izi

Bahaybat odamning oyoq izi
Ushbu ajoyib oyoq izi Konxolt hiyobonining hududida joylashgan. U Gempshir grafligi yaqinida. Ushbu labirint Angliyadagi eng uzun – 115 metrli labirint hisoblanadi.

Bino tomiga bog’langan Gulliver

Bino tomiga bog’langan Gulliver
Dunyodagi eng g’aroyib maydon ispan Valensiyasida joylashgan – qo’lga tushgan Gulliver, uning atrofida bolalar o’ynab yuribdi. Ushbu figura haqiqiy bolalar bog’iga aylangan: tepaliklar, arqon to’rlar, sirli eshiklar va ota-onalar uchun katta o’rindiqlar.

Yovuz qo’shnidan qasos olish quroli

Yovuz qo’shnidan qasos olish quroli
Tarixga qaraganda 2009 yilda qo’shnilar o’rtasidagi aloqa juda yomonlashgan. Hamma o’z qo’shnisini jaxlini chiqarish uchun nimadir o’ylab topgan, ulardan biri “yaramas” so’zini qazib, qo’shnisini ko’rsatib qo’ygan.

Bahaybat o’zga sayyoralik mushuk

Bahaybat o’zga sayyoralik mushuk
Ushbu sur’atga 9000 yildan oshdi. Taxminlarning biriga ko’ra, ushbu iloxiy mushuk boshqa dunyodan mehmon bo’lib kelgan. U Yerning eng quruq joyida – Atakama cho’lida joylashgan, bu yerda odamlar yozishni o’rgangandan beri yomg’ir yog’magan.

Turli davrlar samolyotlari

Turli davrlar samolyotlari
Harbiy va yo’lovchi, eski va yengi samolyotlar – bularning barchasi Belgradning kichik aeroporti yonida ochiq muzeyda joylashgan. Yoqtiruvchilar eksponatlarni yaqinroqdan ko’rsalar bo’ladi: bu yerda 200 dan ortiq uchar apparatlar bor, shu jumladan “Stels” va F-16 Fighting flacon amerika harbiy apparatlari ham.

Art jismga o’xshagan tuz fabrikasi

Art jismga o’xshagan tuz fabrikasi
Bu 50 dan ortiq oila yashaydigan Nigeriyadagi kichik qishloq. Bu yerda hamma loy ko’lmaklardan tuz qazib olish bilan band. Har bir ko’lmak plast suv bilan to’ldirilgan, unga ichida tuz bor maxsus loy solinadi. Tuzli suv tindirilganda uni to’kishadi, filtirlashadi va parlangandan so’ng tuz kristallarini olishadi.

Kiprda bahaybat turk bayrog’i

Kiprda bahaybat turk bayrog’i
Turkiya bayrog’ini Kiprning shimolida ko’rsa bo’ladi. Uning uzunligi yarim kilometr. Uning yonida yozuv, bu Turkiyaning birinchi Prezidenti Turkiyaning 10 yillik yubileyida aytilgan so’zlari “O’zini turkman deb atay oladigan odam qanchalar baxtli!”

Antarktidani Janubiy Amerikadan ajratgan narsa

Antarktidani Janubiy Amerikadan ajratgan narsa
Sayyoraning bahslarga sabab bo’lgan sur’atlaridan biri. Kimdir bu kontinentlarni ajratgan meteorit izi deydi. Nima bo’lganda ham rasmga qarasangiz orollar yaqqol ajralib turganini ko’rishingiz mumkin.

Avstraliyada bahaybat odam

Avstraliyada bahaybat odam
Avstraliyaning Gold Coastidagi kulgili kvadrat odam kosmosdan ham ko’rinadi. Aslida bu suzib yuruvchi bolalar uchun mo’ljallangan ponton, u ko’ngilochar hiyobonning bir bo’lagi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook